Aorta anevrizmasi
Aorta anevrizmasi | |
---|---|
A-normal aorta B-aorta koʻkrak qismi anevrizmasi (yurak orqasidagi sohada) C-aorta qorin qismi anevrizmasi | |
Mutaxassislik | Qon tomir jarrohligi |
Turlari | Aorta sohasiga koʻra |
Tashxis usullari | Angiografiya (Aortagrafiya) |
Aorta anevrizmasi aorta qon tomirining normal oʻlchamidan 1,5 martadan ortiq kengayishi (dilotatsiyasi) hisoblanadi.[1] Anevrizmalar odatda yorilgungacha hech qanday klinik belgilar bermaydi.[2] Baʼzan qon aylanish buzlishi hisobidan qorin, bel yoki oyoq sohalarida ogʻriq sezilishi mumkin.[3] AA uchrash ehtimolligi 2 dan 12% gacha boʻlib, 65 yoshdan oshgan erkaklarning taxminan 8% ida uchraydi.[4] AAA bilan bogʻliq oʻlim darajasi Qoʻshma Shtatlarda yiliga taxminan 15000 va Buyuk Britaniya hamda Irlandiyada yiliga 6000 dan 8000 gacha. 2001 va 2006-yillar oraligʻida Amerika Qoʻshma Shtatlarida taxminan 230000 bemorda AAA sababli jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi. Etiologiya yaʼni kasallik kelib chiqish sababi haligacha muammoligicha qolmoqda, shu sababli bu borada doimiy tadqiqotlar olib borilyapti. Hozirgacha aniqlangan sabablarga jarohatlar, infektsiya va yalligʻlanish kasalliklari kiradi. Xavf omillariga esa tamaki chekish, keksa yosh, dislipidemiya, gipertenziya va koronar arteriya kasalliklari kiradi. Kasallikning patofiziologiyasi: yalligʻlanish "kaskad"ini boshlab beradigan boshlangʻich omil proteazalar hisoblanib, proteazalar hujayradan tashqari matritsa oqsilining parchalanishi yakunda arterial insult va arterial tomir devorining zaiflashishiga olib keladi.[5] Anevrizmalar koʻpincha qorin aortasida joylashadi, ammo koʻkrak aortasida ham joylashishi mumkin. Aorta anevrizmasi aorta devorining zaifligidan kelib chiqadi va aorta yorilishi xavfini oshiradi. Yorilish sodir boʻlganda, katta miqdordagi ichki qon ketish paydo boʻladi va koʻp hollarda oʻlim bilan yakunlanadi. Kasallikning profilaktikasiga chekish kabi xavf omillarini kamaytirish orqali erishiladi. AAAni davolash ochiq yoki endovaskulyar jarrohlik yoʻli bilan amalga oshiriladi. Aorta anevrizmasi 2013-yilda dunyo boʻylab 152 000 ga yaqin oʻlimga olib keldi, 1990-yilda bu koʻrsatkich 100 000 taga koʻp boʻlgan edi.[6]
Klassifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aorta anevrizmalari aortada joylashishiga qarab tasniflanadi.
- Aorta ildizi anevrizmasi yoki Valsalva sinusining anevrizmasi.
- Koʻkrak qafasi ichidagi aortaning koʻkrak qismi anevrizmasi: bu oʻz navbatida yana koʻtariluvchi, aorta yoyi yoki tushuvchi anevrizmalar sifatida tasniflanadi.
- Qorin boʻshligʻi aorta anevrizmasi, "AAA" yoki "uchlik A", aorta anevrizmasining eng keng tarqalgan shakli, qorin boʻshligʻidagi aorta segmentida anevrizma kuzatiladi. Torakoabdominal aorta anevrizmalarida kengaygan sohalar ham torakal (koʻkrak), ham qorin qismida topiladi.
- Torakoabdominal aorta anevrizmalari koʻkrak va qorin boʻshligʻidagi aortaning bir qismini yoki bor uzunligi boʻyicha kuzatilishi mumkin.[7]
Simptomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpincha aorta anevrizmalari yorilmaguncha simptomlari yuzaga chiqmaydi. Anevrizma hajmi kattalashganda, qorin ogʻrigʻi va bel ogʻrigʻi kabi alomatlar rivojlanishi mumkin. Anevrizma nerv ildizlarini siqishi hisobiga oyoq ogʻrigʻi kuzatilishi mumkin. Anevrizmalar yuzaga kelganda davo choralari amalga oshirilmasa, borgan sari anevrizma kattalashishi, devori esa yupqalashishi mumkin. Qon tomirdagi oqim oʻzgarishi hisobidan anevrizma sohasida qon laxtasi hosil boʻladi. Baʼzi holatlarda bu jarayon ogʻir oqibatlarga yaʼni laxta parchalanib, qon oqimi bilan tarqalishi va emboliyaga olib kelishi mumkin.[8] Anevrizmalarni fizik tekshiruvlarda topish mumkin. Tashxisni tasdiqlash va anevrizmaning anatomik darajasini aniqlash uchun instrumental tekshiruvlar amalga oshiriladi. Aorta yoyi anevrizmasi kuzatilgan bemorlarda boʻgʻiq ovoz yuzaga keladi (hiqildoq mushaklarini innervatsiya qiluvchi nervus laringeus reccurensning aorta anevrizmasi tomonidan bosilib qolishi hisobiga yuzaga keladi).
Abdominal anevrizma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aortaning qorin qismi anevrizmasi (AAA) koʻkrak qafasi qismi anevrizmasiga qaraganda tez-tez uchraydi. Buning sabablaridan biri, aorta devorida mavjud boʻlgan bosimga qarshilik koʻrsatuvchi oqsil elastin qorin aortasida koʻkrak aortaga nisbatan kamroq boʻlishidir. Yana boshqa sababi esa, qorin aortasida vaso vasorum yaʼni aorta devorini oziq moddalar bilan taʼminlaydigan qon tomirlari mavjud emas. Koʻpchilik AAA aortadagi uchta qavatni (tunica intima, tunica media va tunica adventitsia) ham zararlanishi bilan kechadi va bunday anevrizmalar haqiqiy (chin) anevrizmalar deyiladi. AAAning tarqalishi yoshga qarab ortadi, tashxis qoʻyish vaqtida oʻrtacha yoshi 65-70 ni tashkil qiladi. AAAlar koʻpchilik hollarda ateroskleroz bilan bogʻliq, ammo ularning shakllanishida boshqa omillar ham ishtirok etadi.[7] AAA yorilishi xavfi uning diametri bilan bogʻliq; Agar anevrizma taxminan 5 sm ga yetsa, yillik yorilish xavfi jarrohlik aralashuvi hisobiga yanada oshadi. Shuningdek, anevrizmalarning yorilish xavfi uning shakliga ham bogʻliq; "Fusiform" (uzun) deb ataladigan anevrizmalar "sakkulyar" (qisqaroq, bulbous) anevrizmalarga qaraganda kamroq yorilishga moyil hisoblanadi, ikkinchi holatda anevrizma sohasi kichikligi sababli, aynan shu devor sohasida taranglik koʻproq boʻladi.[9] Anevrizma yorilishdan oldin kindik ustida katta, pulsatsiyalanuvchi massa shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Anevrizmadagi turbulent oqimdan shovqin eshitilishi mumkin. Anevrizma yorilib ketgandan soʻng, u kuchli, doimiy va orqaga tarqaladigan qorin ogʻrigʻining klassik belgilari bilan namoyon boʻladi.[9] Qorin boʻshligʻi aortasi anevrizmasining tashxisi ultratovush yordamida tasdiqlanishi mumkin. Qorin boʻshligʻida erkin suyuqlik mavjudligi bilan yorilish koʻrsatilishi mumkin. Qorin boʻshligʻining kontrastli kompyuter tomografiyasi AAA tashxisini qoʻyish va davolash usullarini tanlash uchun eng yaxshi tekshiruv usuli hisoblanadi.[10] Bemorlarning faqat 10-25% operatsiya hisobiga tirik qolishi mumkin. Qo'shma Shtatlardagi yorilish anevrizmasidan yillik oʻlim taxminan 15 000 ni tashkil qiladi. Oʻlim asosan qorin boʻshligʻi anevrizmalariga bogʻliq, koʻkrak va torakoabdominal anevrizmalar umumiy sonning 1% dan 4% gacha qismini tashkil qiladi.
Aorta yorilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aorta anevrizmasi devor zaifligidan yorilishi mumkin. Aorta yorilishidan soʻng shoshilinch jarrohlik amaliyotiga oʻtqazilishiga qaramasdan, koʻp hollarda jarayon oʻlim bilan yakunlanadi. (oʻlim koʻrsatkichi yuqori). Ayniqsa haftaning dam olish kunlarida aorta anevrizmasi yorilishi natijasida oʻlim koʻrsatkichi, ish kunida qabul qilingan bemorlar orasidagi oʻlim koʻrsatkichidan doimo yuqori boʻladi. Bu jarrohlik aralashuvining qanchalik tezkorlik bilan olib borilishiga bogʻliq (dam olish kunlarida jarrohlik aralashuvi kechikishi bilan bogʻliq).[11]
Xavf omillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xavf omillari guruhiga quyidagilar kiradi:
Koronar arteriya kasalligi
Gipertenziya
Loeys-Ditz sindromi
Giperxolesterinemiya
Gipergomosisteinemiya
Koʻtarilgan C-reaktiv oqsil
Tamaki chekish
Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish
Periferik qon tomir kasalligi
Marfan sindromi
IVO Ehlers-Danlos turi
Ikki tavaqali aorta qopqog'i
Sifilis
IgG4 bilan bogʻliq kasallik
Homiladorlik
Surunkali obstruktiv uyqu apnoaesi
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aorta anevrizmasini davolash jarrohlik (ochiq yoki endovaskulyar) usuli bilan amalga oshiriladi. Operativ jarrohlik aorta anevrizmasining yakuniy davosidir. Terapevtik muolajalar odatda kichikroq anevrizmalar yoki keksa, zaif bemorlar (operativ amaliyotga bardosh bera olmaydiganlar) uchun moʻljallangan.
Terapevtik davo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aorta anevrizmasida terapevtik davo qon bosimini qatʼiy nazorat qilish bilan olib boriladi. Bu oʻz-oʻzidan aorta anevrizmasini davolamaydi, ammo yuqori qon bosimini nazorat qilish orqali gipertenziya sababli anevrizmaning yanada kengayishi oldi olinadi. Kichikroq anevrizmalar yoki zaif bemorlarda uchraydigan aorta anevrizmasida tibbiy davolash chekishni toʻxtatish, qon bosimini nazorat qilish, statinlar va ba'zan beta-blokerlarni qoʻllashni oʻz ichiga oladi. Anevrizma hajmini kuzatish uchun muntazam ravishda (yaʼni har 6 yoki 12 oyda) ultratovush tekshiruvi oʻtkaziladi. Optimal tibbiy davolanishga qaramay, katta anevrizmalari boʻlgan bemorlarda anevrizmaning oʻsishi davom etishi va jarrohlik aralashuvisiz anevrizmada yorilish xavfi boʻlishi mumkin.[12]
Jarrohlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aorta anevrizmasini jarrohlik amaliyoti aralashuvi bilan davolash terapevtik davo yordam bermaganda yoki anevrizma yorilish xavfi yuqori boʻlganda amalga oshiriladi. Misol uchun, ogʻir yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan keksa bemorda kichik anevrizma operativ usulda davolanmaydi. Kichkina anevrizmaning yorilish ehtimoli anevrizmani jarrohlik aralashuvi bilan davolash jarayonida kelib chiqadigan yurak asoratlaridan koʻra kamroq boʻladi. Shu sababli kichik anevrizmalar terapevtik muolajalar bilan davolashga harakat qilinadi. Jarrohlik aralashuvida yorilish xavfi ikki barobarga oshadi. Birinchidan, protsedura (jarrohlik amaliyoti) davomida va undan keyin darhol yuzaga keladigan muammolar xavfi ("peri-protsedura" asoratlari) hisobga olinadi. Ikkinchidan, protseduraning samaradorligi e'tiborga olinishi kerak, ya'ni protsedura bemorni uzoq muddat davomida anevrizma yorilishidan samarali himoya qiladimi va protsedura uzoq davom etadimi. Kamroq invaziv protsedura (masalan, endovaskulyar anevrizmani tuzatish) bemor uchun qisqa muddatli xavf bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (protseduradan keyingi asoratlar kamroq), ammo uzoq muddatli kuzatuvda ikkilamchi protseduralar zarur boʻlishi mumkin. Anevrizmaning diametri, uning oʻsish tezligi, Marfan sindromi, Elers-Danlos sindromi yoki shunga oʻxshash biriktiruvchi toʻqima kasalliklarining mavjudligi yoki yoʻqligi va boshqa yondosh kasalliklar umumiy davolashda muhim omillar hisoblanadi. Katta, tez kengayadigan yoki simptomatik anevrizmani operativ davolash talab qilinadi, chunki uning yorilish ehtimoli koʻproq. Sekin-asta kengayib boruvchi aorta anevrizmalaridan keyin muntazam diagnostik testlar (masalan: KT yoki ultratovush tekshiruvi) oʻtkazilishi mumkin. Qorin boʻshligʻi anevrizmalari uchun anevrizmalarini davolashning amaldagi koʻrsatmalari anevrizmaning diametri 5 sm (2 dyum) dan katta boʻlishi. Biroq, 60–76 yoshdagi bemorlarga oid soʻnggi ma'lumotlar diametri 5,5 sm (2 dyum) dan kam boʻlgan qorin bo'shligʻi anevrizmalarini terapevtik davolashni taklif qiladi.[13]
Ochiq jarrohlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ochiq jarrohlik usulida qorin boʻshligʻi yoki qorin boʻshligʻi va koʻkrak qafasidagi kesma orqali aortaning kengaygan qismini topiladi, soʻngra kengaygan aortani almashtirish uchun sintetik (Dakron yoki Gore-Tex) greft (naycha) kiritiladi. Naycha arotani ust tomoni sogʻlom qismlarida joylashtirilladi (anevrizma sohasi nayning ostida qoladi). Naycha aortaning "sogʻlom" qismlariga fiksatsiyalanadi (tikiladi).[14] [15]
Endovaskulyar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aorta anevrizmalarini endovaskulyar davolash ochiq jarrohlik amaliyotiga qaraganda minimal invaziv usul hisoblanadi. Bu har bir oyoqning yuqori qismidagi kichik kesmalar orqali aortaga endovaskulyar stentni joylashtirishni oʻz ichiga oladi. Ochiq jarrohlik bilan solishtirganda, EVAR qisqa muddatda yuzaga keluvchi oʻlim xavfi kamroq va kasalxonada qolish muddati qisqaroq, lekin har doim ham amalga oshirish uchun qulay jarrohlik usuli hisoblanmaydi.[16][17] Bu ikki jarrohlik amaliyoti natijalari oʻrtasida farq deyarli yoʻq.[18] Ammo, EVARdan soʻng takroriy muolajalar kerak boʻladi.[19]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Johnston KW, Rutherford RB, Tilson MD, Shah DM, Hollier L, Stanley JC (March 1991). "Suggested standards for reporting on arterial aneurysms. Subcommittee on Reporting Standards for Arterial Aneurysms, Ad Hoc Committee on Reporting Standards, Society for Vascular Surgery and North American Chapter, International Society for Cardiovascular Surgery". Journal of Vascular Surgery. 13 (3): 452–458. doi:10.1067/mva.1991.26737. PMID 1999868.
- ↑ Kent KC (November 2014). "Clinical practice. Abdominal aortic aneurysms". The New England Journal of Medicine. 371 (22): 2101–2108. doi:10.1056/NEJMcp1401430. PMID 25427112.
- ↑ Upchurch GR, Schaub TA (April 2006). "Abdominal aortic aneurysm". American Family Physician. 73 (7): 1198–1204. PMID 16623206.
- ↑ Stather PW, Sidloff DA, Rhema IA, Choke E, Bown MJ, Sayers RD (March 2014). "A review of current reporting of abdominal aortic aneurysm mortality and prevalence in the literature". European Journal of Vascular and Endovascular Surgery. 47 (3): 240–242. doi:10.1016/j.ejvs.2013.11.007. PMID 24368205.
- ↑ Anagnostakos J, Lal BK (March 2021). "Abdominal aortic aneurysms". Progress in Cardiovascular Diseases. 65: 34–43. doi:10.1016/j.pcad.2021.03.009. PMID 33831398. S2CID 233192017.
- ↑ GBD 2013 Mortality Causes of Death Collaborators (January 2015). "Global, regional, and national age-sex specific all-cause and cause-specific mortality for 240 causes of death, 1990-2013: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2013". Lancet. 385 (9963): 117–171. doi:10.1016/S0140-6736(14)61682-2. PMC 4340604. PMID 25530442.
- ↑ 7,0 7,1 Mathur A, Mohan V, Ameta D, Gaurav B, Haranahalli P (April 2016). "Aortic aneurysm". Journal of Translational Internal Medicine. 4 (1): 35–41. doi:10.1515/jtim-2016-0008. PMC 5290913. PMID 28191516.
- ↑ Mathur A, Mohan V, Ameta D, Gaurav B, Haranahalli P (April 2016). "Aortic aneurysm". Journal of Translational Internal Medicine. 4 (1): 35–41. doi:10.1515/jtim-2016-0008. PMC 5290913. PMID 28191516.
- ↑ 9,0 9,1 "Abdominal Aortic Aneurysms". The Lecturio Medical Concept Library. 16 October 2020. Retrieved 2021-06-25.
- ↑ Vu KN, Kaitoukov Y, Morin-Roy F, Kauffmann C, Giroux MF, Thérasse E, et al. (June 2014). "Rupture signs on computed tomography, treatment, and outcome of abdominal aortic aneurysms". Insights into Imaging. 5 (3): 281–293. doi:10.1007/s13244-014-0327-3. PMC 4035490. PMID 24789068.
- ↑ Groves EM, Khoshchehreh M, Le C, Malik S (August 2014). "Effects of weekend admission on the outcomes and management of ruptured aortic aneurysms". Journal of Vascular Surgery. 60 (2): 318–324. doi:10.1016/j.jvs.2014.02.052. PMC 4121436. PMID 24709439.
- ↑ Aggarwal S, Qamar A, Sharma V, Sharma A (2011). "Abdominal aortic aneurysm: A comprehensive review". Experimental and Clinical Cardiology. 16 (1): 11–15. PMC 3076160. PMID 21523201.
- ↑ "Mortality results for randomised controlled trial of early elective surgery or ultrasonographic surveillance for small abdominal aortic aneurysms. The UK Small Aneurysm Trial Participants". Lancet. 352 (9141): 1649–1655. November 1998. doi:10.1016/S0140-6736(98)10137-X. PMID 9853436. S2CID 24733279.
- ↑ Cinà CS, Abouzahr L, Arena GO, Laganà A, Devereaux PJ, Farrokhyar F (July 2004). "Cerebrospinal fluid drainage to prevent paraplegia during thoracic and thoracoabdominal aortic aneurysm surgery: a systematic review and meta-analysis". Journal of Vascular Surgery. 40 (1): 36–44. doi:10.1016/j.jvs.2004.03.017. PMID 15218460.
- ↑ Khan SN, Stansby G (October 2012). "Cerebrospinal fluid drainage for thoracic and thoracoabdominal aortic aneurysm surgery". The Cochrane Database of Systematic Reviews. 10: CD003635. doi:10.1002/14651858.CD003635.pub3. PMC 7173760. PMID 23076900.
- ↑ Thomas DM, Hulten EA, Ellis ST, Anderson DM, Anderson N, McRae F, et al. (2014). "Open versus Endovascular Repair of Abdominal Aortic Aneurysm in the Elective and Emergent Setting in a Pooled Population of 37,781 Patients: A Systematic Review and Meta-Analysis". ISRN Cardiology. 2014: 149243. doi:10.1155/2014/149243. PMC 4004021. PMID 25006502.
- ↑ Biancari F, Catania A, D'Andrea V (November 2011). "Elective endovascular vs. open repair for abdominal aortic aneurysm in patients aged 80 years and older: systematic review and meta-analysis". European Journal of Vascular and Endovascular Surgery. 42 (5): 571–576. doi:10.1016/j.ejvs.2011.07.011. PMID 21820922.
- ↑ Paravastu SC, Jayarajasingam R, Cottam R, Palfreyman SJ, Michaels JA, Thomas SM (January 2014). "Endovascular repair of abdominal aortic aneurysm". The Cochrane Database of Systematic Reviews (1): CD004178. doi:10.1002/14651858.CD004178.pub2. PMID 24453068.
- ↑ Ilyas S, Shaida N, Thakor AS, Winterbottom A, Cousins C (February 2015). "Endovascular aneurysm repair (EVAR) follow-up imaging: the assessment and treatment of common postoperative complications". Clinical Radiology. 70 (2): 183–196. doi:10.1016/j.crad.2014.09.010. PMID 25443774.