Anvar Abdushukurov
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Anvar Abdushukurov. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Anvar Abdushukurov“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Abdushukurov qaydlar • oʻchirish |
Anvar Abdushukurov | |
---|---|
Tavalludi |
7-iyul 1942-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Anvar Abdushukurov (toʻliq ismi: Anvar Kabirovich Abdushukurov; 1942-yil 7-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik kimyogar olim, kimyo fanlari doktori, professor[1][2]. U „Organik kimyo“ fanining rivojiga hissa qoʻshgan[3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Abdushukurov 1942-yil 7-iyul Toshkent shahrida tavallud topgan. 1969-yilda Toshkent davlat universiteti kimyo fakultetini tugatgan. 1969-yildan boshlab ushbu universitetda ishlab kelmoqda. Olim kimyo fakulteti organik kimyo kafedrasi katta laboranti (1969—1974), kichik ilmiy xdim (1974—1980), katta ilmiy xodim (1980—1986), kimyo fakulteti kasaba uyushmasi qoʻmitasining byuro aʼzosi va raisi (1975—1999), assistent (1986—1989), katta oʻqituvchi (1989—1990), dotsent (1991—2008), maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini (2000—2006), organik kimyo kafedrasi professori (2009-yildan)[4].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yildan boshlab xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi kimyo fani boʻyicha ilmiy metodik kengash aʼzosi. Olim „Aromatik birikmalarni xloratsetillash“ mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan va xloratsetillash mahsulotlari asosida yangi, adabiyotda nomaʼlum boʻlgan 200dan ortiq ketoefirlarni sintez qilish metodikasini ishlab chiqqan va ularning tuzilishlarini aniqlagan. Anvar Abdushukurov ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga qoʻllash maqsadida sintez qilingan moddalarning biologik faolligini „Oʻsimliklarning eksperimental biologiyasi“, „Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi“ institutlari olimlari bilan hamkorlikda oʻrgangan. Sinov natijalariga koʻra, bu moddalarning gerbitsidlik va fungitsidlik xossalarga ega ekanligi birinchi bor aniqlangan va XI Mendeleyev syezdida biologik faollikka ega boʻlgan yangi sinf aniqlanganligi jahon olimlari tomonidan eʼtirof etilgan. Fenollarni xloratsetillash mahsulotlari asosida yangi preparat „Fentsetat“ni sintez qilingan va uning gʻoʻzaning gommoz va ildiz chirish kasalligini yoʻqotishini aniqlangan va bu modda uchun patent olgan. Olim 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlar, shu jumladan, 25 ta metodik qoʻllanma, 160 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. Olim ilmiy maktab yaratgan va ilmiy-tadqiqotlari bilan organik kimyo faniga katta hissa qoʻshgan akademik Isaak Platonovich Sukervanikning shogirdi va shu maktabning davomchisi boʻlib, shu yoʻnalishdagi ishlarni kengaytirishga, ularning amaliy ahamiyatini oshirishga, ilmiy natijalarni xalq xoʻjaligiga joriy qilishda ishtirok etgan[4][5][6].
Anvar Abdushukurov Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash, ularni xavfsiz zararsizlantirishning yangi usullarini topishda ishtirok etgan[7].
2022-yil 22 va 23-sentyabr kunlari Anvar Abdushukurov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlab, „Kimyoning rivojida fundamental, amaliy tadqiqotlar va ularning istiqbollari“ mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Абдушукуров А.К.“. 7universum.com. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Олий аттестация комиссияси“. oak.uz. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
- ↑ „Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi“. 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „O'ZBEKISTONNING TANIQLI OLIMLARI ENSIKLOPEDIYASI“. 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
- ↑ „Анвар Кабирович Абдушукуров“ (uz). Arxiv.uz. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
- ↑ „Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti“. nuu.uz. 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
- ↑ „АБДУШУКУРОВ АНВАР КАБИРОВИЧ таваллудининг 80 йиллигига бағишланган КИМЁНИНГ РИВОЖИДА ФУНДАМЕНТАЛ, АМАЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР ВА УЛАРНИНГ ИСТИҚБОЛЛАРИ“. 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.