Anuel AA
Anuel AA | |
---|---|
Tavalludi |
Emmanuel Gazmey Santiago 1992-yil 26-noyabr Karolina, Puerto-Riko |
Janrlar | Latin trap • reggaeton • hip hop |
Kasbi | reper • qo'shiqchi |
Faoliyat yillari | 2011–hozirgacha |
Emmanuel Gazmey Santiago (1992-yil 26-noyabrda tugʻilgan), professional Anuel AA sifatida tanilgan, Puerto-Rikolik reper va qo'shiqchi. Uning musiqasida koʻpincha yoshligida mashhur boʻlgan qoʻshiqlarning namunalari mavjud. U Puerto-Rikolik hamkasblari Cosculluela, Ivy Queen va amerikalik reper 6ix9ine bilan huquqiy muammolari va janjallari tufayli lotin musiqa olamida bahsli shaxs sifatida koʻriladi. Emmanuel Karolina (Puerto-Riko) shahrida oʻsgan, u oʻn toʻrt yoshida musiqa yozishni boshladi va toʻrt yil oʻtgach, 2010-yilda uni onlayn tarzda internetga yuklashni boshladi, keyinchalik amerikalik reper Rick Rossning „Maybach Music Group“ Lotin boʻlimi bilan sharnoma imzoladi. Uning 2016-yilgi „Real Hasta la Muerte“ miksteypi omma orasida mashxur boʻldi, ammo uning muvaffaqiyati oʻsha yili Puerto-Rikoda noqonuniy oʻqotar qurol saqlagani uchun 30 oylik qamoq jazosi bilan yakunlandi. U oʻzining debyut albomining toʻliq qismini qamoqda boʻlganida yozgan va shu vaqt ichida lotin musiqa janri mashhurlikka erishgan.
Anuel AA oʻzining „Real Hasta la Muerte“ deb nomlangan debyut albomini 2018-yil 17-iyulda, qamoqdan chiqqan kuni chiqardi. Albom tanqidchilar tomonidan ijobiy kutib olindi va tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Kelgusi olti oy ichida u Billboard Hot Latin songsda paydo boʻlib, eng yaxshi Latino sanʼatkorlaridan biri sifatida oʻz mavqeini mustahkamladi. 2019-yil avgust oyida u Daddy Yankee, Karol G, Ozuna va J Balvin bilan hamkorlikda yaratgan „China“ qoʻshigʻini chiqardi va bu butun dunyoda muvaffaqiyat qozondi. Undan keyin Shakira bilan birgalikda „Me Gusta“ xit qoʻshigʻini va ikkinchi albomi „Emmanuel“ni 2020-yil 29-mayda chiqardi. 2020-yil noyabr oyida Anuel AA Instagramda bayonot berdi va uning yaqinda musiqa olamida nafaqaga chiqqanligi, oila va munosabatlar muammolari haqida yangi qoʻshiq chiqardi. U Ozuna bilan birgalikda Los Dioses albomini chiqardi. Uning uchinchi studiyaviy albomi Las Leyendas Nunca Mueren 2021-yil 26-noyabrda chiqdi. Albom 16ta singlni oʻz ichiga olgan.
2021-yil dekabr oyida Anuel UFC bilan hamkorlik qilgan birinchi latin sanʼatkori boʻldi. „Real Hasta La Muerte“ UFC-269 asosiy kardning muhim lahzalari uchun „UFC Fight Replay“ homiysi boʻldi. UFC bilan shartnomada Anuel AAning vizual tasvirlari, logotipi va uchinchi albomi Las Leyendas Nunca Muerenning badiiy konsepsiyasini oʻz ichiga oladi.
2022-yil 18-fevralda Anuel 2022-yilgi NBA All-Star Mashhurlar basketbol shou oʻyinida ishtirok etdi.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anuel AA Puerto-Rikoning Karolina shahrida oʻsgan. Uning otasi afro-puerto-rikolik, onasi esa oq tanli puerto-rikolik. Anuel AA aralash irq boʻlgani uchun bolaligidanoq irqchilikni boshdan kechirganini aytadi[1]. Uning otasi José Gazmey Sony Music Entertainment kompaniyasining A&R departamentining Puerto-Riko boʻlimi vitse-prezidenti edi[2]. Anuel AA bolaligida otasi Héctor Lavoe va Fania All-Stars kabi sanʼatkorlar bilan studiyada ishlagan. Otasi Anuel AA oʻn besh yoshga toʻlganida ishdan ayriladi, Rolling Stone jurnali uni „koʻcha bolasi“ deb taʼriflaydi.
Karyera boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U oʻsib ulgʻayganida Tupak Shakurni kiyinish uslubiga taqlid qilishga intilgan, ayniqsa zargarlik buyumlariga urgʻu bergan. U Puerto-Rikolik reper Kasper bilan bolalikdan doʻst boʻlib, u bilan birga „Te Bote“ trekini chiqargan[3]. Loyihalardagi tarbiyasi uning musiqasiga qanday taʼsir qilgani haqida gapirar ekan, Anuel AA shunday dedi: „Mening musiqam mening qalbim, soʻzma-soʻz gapiradi. Bu maʼnaviy. Unda juda koʻp his-tuygʻular, juda koʻp ogʻriqlar bor.“ U oʻn toʻrt yoshida musiqa yozishni boshladi va 2010-yilda 18 yoshida uni internetga joylashtira boshladi. Uning musiqasi millionlab eshitishlar va tomoshalarni toʻpladi va oxir-oqibat amerikalik reper Rick Rossning eʼtiborini tortdi, u Maybach Music Groupning Lotin boʻlimi bilan shartnoma imzoladi. Uning „Real Hasta La Muerte“ miksteypi 2016-yil fevral oyida chiqarilgan va tanqidchilardan ijobiy baho olgan[4].
China muvaffaqiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil iyul oyida Anuel AA Daddy Yankee, Karol G, Ozuna va J Balvin bilan hamkorlikda „China“ qoʻshigʻini chiqardi. Qoʻshiq Shaggyning 2000-yildagi „It Wasnʼt Me“ qoʻshigʻidan namuna boʻlib, Anuel AA bolaligidan eslab qolgan, u „klassikni qayta tiklash“ niyatida oʻzi tinglagan bir qancha eski qoʻshiqlaridan tanlab olgan. ". U XXL jurnaliga bergan intervyusida, „men katta bolalar bilan klubga borganimda, ular bu qoʻshiqni qoʻyishdi va hamma aqldan ozishardi“[5][6]. „China“ Billboard’ning Hot Latin qoʻshiqlari chartida ikkinchi oʻrinda debyut qildi. 2022-yil sentabr holatiga koʻra Youtubeda „China“ klipini 1.9 milliard marotaba tomosha qilingan.
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Real Hasta la Muerte (2018)
- Emmanuel (2020)
- Las Leyendas Nunca Mueren (2021)
- Las Leyendas Nunca Mueren 2 (TBA)
- Los Dioses (& Ozuna) (2021)
Turlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Real Hasta la Muerte Tour Part 1 (2018)
- Real Hasta la Muerte Tour Part 2 (2019)
- Culpables Tour (& Karol G) (2019)
- Emmanuel Tour (2019-2020)
- Las Leyendas Nunca Mueren Tour (2022)
Filmography
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom | Ro'l | Eslatma |
---|---|---|---|
2021-2022 | 30 Days With: Anuel | Anuel AA | YouTube Originals |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Exposito, Suzy „Anuel AA Would Like to Reintroduce Himself in New 'Emmanuel' LP“. Rolling Stone (19-iyun 2020-yil). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
- ↑ Leandra, Victoria „Why Latin Trap Pioneer Anuel AA Is Currently Obsessed with Ed Sheeran“. Vice (20-avgust 2019-yil). Qaraldi: 16-aprel 2020-yil.
- ↑ Flores, Griselda „Anuel AA & Casper Magico Make Magic With New Collab 'Sola & Vacía': Exclusive“. Billboard (16-aprel 2020-yil). Qaraldi: 16-aprel 2020-yil.
- ↑ Suarez, Gary „The Return of Latin Trap's Most Notorious Star, Anuel AA“. Vice (27-iyul 2018-yil). Qaraldi: 16-aprel 2020-yil.
- ↑ Bustios, Pamela. „'China' Debuts at No. 2 on Hot Latin Songs Chart for Anuel AA, Daddy Yankee, Karol G, Ozuna & J Balvin“. Billboard (31-iyul 2019-yil). Qaraldi: 1-avgust 2019-yil.
- ↑ Torres, Bianca. „Hip-Hop Junkie: Anuel AA Sees Parallels Between Himself and Meek Mill“. XXL (22-iyul 2019-yil). Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.