Kontent qismiga oʻtish

Antonina Xlebushkina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antonina Pavlovna Xlebushkina
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-dekabr 1914-yil
Samarqand viloyati
Vafoti 18-noyabr 1995-yil (80 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi КPSS
Mukofotlari

Antonina Pavlovna Xlebushkina — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yilda Samara viloyatida tug‘ilgan. KPSS aʼzosi.

1926-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol ishtirok etgan. 1926-1995-yillarda badavlat dehqonlarning farzandlariga enaga, Tojikiston va Oʻzbekiston SSRda oʻqituvchi, Toshkent shahridagi Markaziy bolalar turistik-ekskursiya stansiyasi direktori, Oʻzbekiston SSR Toshkent shahridagi 22-sonli bolalar uyi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Poytaxtimizdagi 22-Mehribonlik uyining taniqli bitiruvchilari orasida O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari vaziri Po‘lat Nug‘monov, O‘zbekiston xalq artisti Tamara Yunusova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Olga Sultonova, Flora Kaydani kabi mashhur shaxslar yetishib chiqgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1987-yil 16-dekabrdagi Farmoni bilan yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni kommunistik tarbiyalash, o‘qitish, fuqarolik rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun Antonina Pavlovna Xlebushkinaga „Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni“ berilgan, „Lenin“ ordeni va „O‘roq va bolg‘a“ oltin medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11- va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

„Lenin komsomol mukofoti“ (1986), ,Xalqaro mukofot va „Lev Tolstoy“ oltin medali (1987) laureati.

Antonina Pavlovna Xlebushkina 1995-yilda Toshkentda vafot etgan va Do‘mbrobod qabristoniga dafn etilgan.