Antonín Dvořák
Antonin Dvoryak | |
---|---|
Dvořák 1882-yilda | |
Tavalludi |
8-sentyabr 1841[1][2][3][4][5][6][7] |
Vafoti |
1-may 1904[1][2][8][3][4][5][6][7] Praga, Avstriya-Vengriya |
Fuqaroligi | Kingdom of Bohemia va Cisleithania |
Mashhur ishlari | Antonín Dvořák kompozitsiyalari ro'yxati |
Otasi | František Dvořák |
Onasi | Anna Dvořáková |
Antonín Dvořák (talaffuzi: Antonin Dvorjak; 1841.8.9, Praga yaqinidagi Nelagozeves qishlogʻi — 1904.1.5, Praga) — chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya fan va sanʼat akademiyasining aʼzosi (1890), Praga konservatoriyasining professor (1891) va direktori (1901-yildan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892—95). Dvořák merosida 10 opera (1870—1903), 9 simfoniya (1865— 93), simfonik poemalar, bir nechta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida "Avliyo Lyudmila" oratoriyasi (1886), "Madhiya" kantatasi (1873) alohida oʻrin tutadi. "Yangi dunyodan" nomli 9-simfoniyasi (1893)da Dvořák Yevropa simfonizm" anʼanalarini yangi — chex va Amerika xalqlari kuy va usullari bilan boyitdi. Dvořák ijodi chex mumtoz kompozitorlik ijodiyotining eng yuqori choʻqqisidir. Yorqin milliy ruh bilan sugʻorilgan, xilma-xil kuy va ritmlarga boy Dvořák musiqasi oʻzining hayotbaxshligi, romantik joʻshqinligi bilan ajralib turadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |