Kontent qismiga oʻtish

Antisfen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antisfen (miloddan avvalgi taxminan 450 — taxminan 360, Afina) — yunon faylasufi, kiniklar maktabi asoschisi, Sokrat shogirdi. Platonning gʻoyalar toʻgʻrisidagi taʼlimoti dushmani. A. taʼlimoti asosan amaliy yoʻnalishda boʻlgan; u ehtiyojlardan voz kechishga, zohidlarcha hayot kechirishga daʼvat qilgan. Anʼana-viy din va anʼanaviy davlatni rad etgan. Uningcha, oqil kishi biron-bir davlatga tegishli boʻlmay, butun dunyo tabaasi (fuqarosi)dir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil