Antikensammlung Kiel
Antikensammlung Kiel — bu qadimgi kolleksiya boʻlib, u Kiel universitetining klassik arxeologiya boʻlimi tomonidan saqlanadigan antiqa buyumlar toʻplamidir.Aynan bu kolleksiya saqlanadigan hudud muzeyga aylantirilgan. Bu Shlezvig-Golshteyn shtatidagi oʻziga xos yagona muzey boʻlib, bu muzey kulolchilik kolleksiyalarini, shuningdek, klassik haykallar va bunday haykallarning quymalarini ham oʻz ichiga oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyning fondi 19-asrda universitet arxeologiya oʻqituvchisi Piter Vilgelmning kolleksiyasi orqali shakllantirilgan.U Otto Jan tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. 1840-yilda Piter Vilgelm Germaniyaning shimolida mahalliy va klassik ahamiyatga ega boʻlagan arxeologiya muzeyi uchun mablagʻ toʻplashni boshlagan va keyingi yili unga muzey tashkil etilishi uchun obyekt berilgan.Shu bilan birga unga mahalliy aholi oʻz xohishlari bilan turli qadimiy buyumlarni hadya qilishgan.Ushbu hadyalar orasida katta ahamiyatga ega boʻlgan Parfenon haykallarining quymalari mavjud edi..Aynan shu tufayli ham muzeyning dunyodagi ahamiyati katta. 1842-yilda Piter Vilgelm Kiel shahriga kelgan. Kiel oʻsha paytda Daniya davlatining bir qismi boʻlgan.Piter Vilgelmga muzey tashkil qilinishi uchun Kiel qal’asi cherkovidagi asosiy joy taqdim etildi..Maqsad ushbu cherkov binosini quyma galereyaga aylantirish edi. Bu cherkov 1838-yilda yongʻin natijasida vayron boʻldi.. Vayron boʻlgan cherkov oʻrnida 1843-yil 18-yanvarda muzey ochildi.
Muzeyda direktor lavozimini anʼanaviy tarzda universitetning Klassik arxeologiya kafedrasi mudiri bajaradi.
- 1842-1894: Piter Vilgelm Forchhammer
- 1895-1903: Artur Milxxofer
- 1904-1907: Ferdinand Noak
- 1909-1919: Bruno Sauer
- 1920-1925: Avgust Frikkenxaus
- 1925-1946: Eduard Shmidt
- 1946-1947: Roland Xempe
- 1948-1968: Vilgelm Kraiker
- 1968-1990: Konrad Shauenburg
- 1990-2006: Bernxard Shmalts
- 2007-2010: Frank Rumsheyd
- 2012 yildan hozirgi kungacha: Annett Haug
Kuratorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1985 yildan: Yoaxim Raeder