Antigenlar
Antigenlar — maʼlum sharoitda immun javob berish va maxsus antitelolar ishlanib chiqishi, yot hujayralarni yemirib limfotsitlar hosil boʻlishi, immunologik holat yoki tolerantlik shak-llanishiga sabab boʻladigan turli moddalar. Antigenlarning eng muhim xususiyati antigenlik va oʻziga xoslikdir. Xususiyatiga koʻra Antigenning toʻla va qisman, shuningdek eriydigan (oqsillar yoki ular komplekslarining boshqa moddalar bilan suvdagi eritmasi), korpuskulyar (bakteriyalar, hayvon hujayralari), kuchli va kuchsiz, tabiiy va sunʼiy hamda getero-, izo-, autoantigenlar farq qilinadi. Antigenni oʻrganish (ayniqsa toʻqimalar mutanosibligini) aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish, infeksion jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek oʻsmalarni aniqlash va davolashda juda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |