Kontent qismiga oʻtish

Antarktika (qutb)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antarktika — Yer sharining Janubiy kutb oblasti. A.ga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuning-dek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi. A. tabiiy-geografik chegarasi taxminan 50 — 60° j.k.dan oʻtadi. A. maydoni 52,5 mln. km². A.da materik sayozligi boshqa materiklarga nisbatan chuqurroq (500 m), tik materik yon bagʻri chuq. 4000 — 5000 m li (eng chuquri 8428 m, Janubiy Sandvich novida) keng botikdar shaklida davom etadi. Botiqlar suv osti togʻ tizimlari bilan bulingan. Bu tizmalarning baʼzi choʻqqilari okean yuzasidan koʻtarilib, kichikroq orollarni hosil qilgan (Buve, Kroze, Kergelen, Xerd, Makuori; Janubiy Georgiya, Janubiy Sandvich, Janubiy Orkni o. guruhi).A. antarktika va subantarktika mintaqasida joylashgan. A. iqlimi uning yuqori kengliklarda joylashgan-ligi, shuningdek okean ustidagi antitsi-klonlarning oʻzaro munosabati bilan bel-gilanadi. Siklonlarning shimoliy qismida gʻarbiy shamollar, janubida esa sharqiy sha-mollar kuchli. A. oblastining atmosfera sirkulyatsiyasi okean sirkulyatsiya tizi-mini yuzaga keltiradi. A. shimoliy qismida kuchli A. oqimi, janubida aylanma siklon oqimlari hukmron. Qitadan shimoliga tomon dengiz muzlari va aysberglar iliq suvlargacha oqib chiqadi va eriydi. Qishda dengiz muzliklari 1000 km ken-glikgacha ham tarqaladi, yezda esa qirgʻoq atroflarida harakatlanadi. Yiliga ays-berglar koʻrinishida oʻrtacha 2000 km3 chu-chuk muzlar okeanga tushadi. A.ning ust-ki suvlari temperaturasi qishda — 1,8° dan 2° gacha, yozda 2° dan 3,5° gacha, shoʻrligi 34% atrofida. A. suvlari jonli organizmga boy. A. oʻsimlik va hayvonot dunyosi alohida Antarktika biogeografik ob-lastini tashkil etadi. Xalqaro-huquqiy shartnomaga asosan A.dan butun dunyo mamlakatlari umumiy va teng miqyosda, faqat tinchlik maqsadida foydalanishlari mumkin. Harbiy tadbirlarning barchasi (harbiy bazalar qurish, harbiy mashqlar oʻtkazish, yadro qurollarini sinab koʻrish, radioaktiv moddalar tash-lash) taqiqlanadi. Shartnoma tufayli bu yerda erkin ilmiy tadqiqot ishlari olib borish mumkin. A. xalqaro boshqaruvdan xolis.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil