Anodlash
Qiyofa
Anodlash, elektr-kimyoviy oksid-lash — elektroliz vositasida metall buyumlar sirtida shu metall oksidlaridan iborat parda hosil qilish. A.da elektrolitga botirilgan buyum tok man-baining musbat zaryadlangan elektrodiga (anodiga) ulanadi. Mas, mis ishqor eritmasida oksidlovchi ishtirokida anodlanganda Na2Cu03 tarkibli beqaror birikma eritmasi hosil boʻladi. Bu bi-rikma parchalanganda mis §-oksid aj-ralib chiqib, buyum sirtida kristalla-nadi. Metall buyumlar sirti elektrolit toʻldirilgan vannalarda anodlanadi. Elektrolit sifatida ishqor, kislota yoki tuz ishlatilishi mumkin. Oksid parda metall buyum sirtini korroziyadan saqlaydi va unga husn beradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |