Anna Kingsford
Anna Kingsford | |
---|---|
Tavalludi |
Anna Bonus 16-sentyabr 1846-yil |
Vafoti |
22-fevral 1888-yil (41 yoshda) London, England |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland va Birlashgan Qirollik |
Taʼlimi | Medical degree |
Kasbi | Olim, huquqshunos |
Turmush oʻrtogʻi | Algernon Godfrey Kingsford |
Bolalari | 1 qiz |
Imzosi | |
Anna Kingsford (qizlik familyasi: Bonus; (1846-yil 16-sentabr – 1888-yil 22-fevral) tibbiyot olimi hamda huquqshunos, asosan, ayollar huquqlari himoyachisi edi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Elizabeth Garrett Andersondan keyingi oʻrinda tibbiyot boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan ilk ingliz ayollaridan deb eʼtirof etiladi.Parijda ilmiy darajasini davom ettirdi. 1880-yilga kelib, olti yillik oʻqishni tugatish barobarida ilmiy ishini ham tugatdi. Uning yakuniy dissertatsiyasi, L’Alimentation Végétale de l’Homme deb nomlanib vegetarianizmning afzalliklariga bagʻishlangan. Ingliz tilida ''The Perfect Way in Diet''(1881) nomi bilan boshqa davlatlarda ham nashr etilgan[2]. Oʻsha yili Food Reform Society deb nomlangan jamiyatga asos solgan va vegetarianizm haqida turlicha maʼruzalar eshittirish uchun Buyuk Britaniya boʻylab sayohat qilgan[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kingsford Meryland Pointda, Stratfordda, avval Sharqiy Londonning bir qismi, keyin esa Essexda, boy savdogar John Bonus va uning rafiqasi Elizabeth Ann Schröder oilasida dunyoga kelgan[3]. Uning akasi John Bonus (1828-1909) ham shifokor va vegetarian edi[4]. Boshqa akalari Henry (1830–1903) va Albert (1831–1884) otalarining yuk tashish biznesida ishlagan va bu biznesni davom ettirishgan. Kichik akasi Edward (1834-1908) Buckinghamshiredagi Hulkott tashkiloti rahbari boʻldi va ukasi Jozeph (1836-1926) general-mayor lavozimida faoliyat olib borgan[4].
Izlanishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1873-yilda Kingsford yozuvchi Edward Maitland bilan uchrashdi va u materializmni rad etishini aytdi. Kingsfordning erining roziligi bilan ikkalasi hamkorlik qila boshladilar. Maitland tibbiyotni oʻrganishga qaror qilganida Parijdagi safarga ham hamroh boʻldi. Oʻsha paytda Parij fiziologiyani oʻrganishda inqilob markazi boʻlgan, uning koʻp qismi hayvonlar, xususan, itlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida va asosan anarsthetic oʻtkazilgan. Parijda u oʻz hamkori bilan hayvonlardan tajriba uchun foydalanmaslik boʻyicha koʻplab namoyishlar hamda tushuntirishlar olib borgan. U yerda „fiziologiyaning otasi“ deb taʼriflangan Claude Bernard (1813-1878) bilan hamkorlikda ishlashga, oʻz fikrlaariga, qadriyatlariga uni ergashtirishga erishgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jigarrang itning ishi
- Ekofeminizm
- Oltin shafaqning germetik ordeni
- Izabel de Shtayger
- Hayvon huquqlari himoyachilari roʻyxati
- Luiza Lind-af-Xagebi
- Teosofiya va xristianlik
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Rappaport, Helen. "Kingsford, Anna, " Encyclopedia of Women Social Reformers, 2001.
- ↑ Rudacille, pp. 31, 46
- ↑ Maitland 1896, p. 1.
- ↑ 4,0 4,1 Pert, Alan. (2007). Red Cactus: The Life of Anna Kingsford. Books & Writers. p. 6, p. 114. ISBN 978-1740184052
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Works by Anna Kingsford at Project Gutenberg
- Works by or about Anna Kingsford at Internet Archive
- Works by Anna Kingsford at LibriVox (public domain audiobooks)