Kontent qismiga oʻtish

Ankorij

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ankorij — AQShdagi shahar, Alaska shtatida. Aholisi 226 ming kishi (1990). Tinch okeanning Alaska qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllari tuguni Alaskaning savdo-moliya markazi; yogʻochsozlik, oziq-ovqat (baliq qayta ishlanadi), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 universitet, Arktika indeyslari va eskimoslar muzeyi bor. Ankorijga 1915-yilda asos solingan. 1964-yil halokatli zilziladan keyin qayta tiklangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil