Kontent qismiga oʻtish

Aniqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aniqlik — 1) mashinasozlikda- tayyorlanadigan buyumlar (detallar, uzellar, mashina asboblari)ning oldindan belgilangan parametrlarga, chizmada berilganiga, texnik shartlarga, standartlarga mos kelish darajasi. Har qanday texnologik jarayonda muayyan xatolik boʻladi, shuning uchun mutlaq Aniqlikga erishib boʻlmaydi. Aniqlikshakli, oʻlchami, oʻzaro joylashish aniqligi kabi xillarga boʻlinadi. Yoʻl qoʻyiladigan Aniqlik(dopusklar) tizimiga muvofiq detallarning oʻlchamlariga chegaraviy oʻlchamdan ogʻish (qoʻyim) bilan Aniqlikkiritiladi; 2) avtomatik boshqarish tizimi (ABT)da — boshqarish jarayonining talab etil-ganga yaqinlashishi darajasini belgi-lovchi eng muhim koʻrsatkichlardan biri. Boshqarish jarayonining talab etilgandan ogʻishi boshqarish ob’ekti va ABT dinamik xossalaridan, ABTga kiradigan oʻlchash hamda ijro qurilmalarining xatoliklari, baʼzi elementlarning ichki shovqinlari va tashqi xalaqitlaridan kelib chiqadi; 3) oʻlchashda — oʻlchash natijalarining oʻlchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi; 4) oʻlchash asboblarida- oʻlchash as-boblari koʻrsatgan qiymatning maxsus asbob yordamida oʻlchangan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil