Kontent qismiga oʻtish

Angren gres

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angren gres, Angren issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik inshoot. Angren shahri yaqinida 1957-63 yillarda qurilgan. Stansiyada har birining quvvati 60,5 MVt boʻlgan 8 turboagregat bor. Oʻrnatilgan quvvati 484 MVt. Asosiy yoqilgʻisi — Angren koʻmir konidan qazib olinadigan qoʻngʻir koʻmir. GRES Ohangaron daryosidan suv bilan taʼminlanadi, Olmaliq — Ohangaron sanoat zonasiga hamda Toshkent viloyatidagi xoʻjaliklar va sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib beradi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubidagi viloyatlarini birlashtirgan Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga ulangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil