Andrzej Duda
Andrzej Sebastian Duda | |
---|---|
polyakcha: Andrzej Sebastian Duda | |
10-Polsha Prezidenti | |
Mansab davri 2015-yil 6-avgustdan | |
Hukumat boshligʻi |
Ewa Kopacz Beata Szydło Mateusz Morawiecki Donald Tusk |
Oʻtmishdoshi | Bronisław Komorowski |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
16-may 1972-yil Krakov |
Mukofotlari | |
Vebsayti | prezydent.pl |
Andrzej Sebastian Duda (talaffuzi: Andjey Sebastian Duda; 16-may 1972-yil, Krakov, Polsha) – 2015-yil 6-avgustdan Polsha Prezidenti. Yevropa Parlamenti deputati. 2015-yil 24-mayda Polsha davlati rahbari etib saylangan[1][2]. Konservativ "Huquq va adolat" partiyasi (2015-yilgi saylov natijalariga koʻra hukmronlik qilgan) aʼzosi boʻlgan[3], 2014-2015 yillarda esa bu partiyadan Yevroparlament deputati boʻlgan[4][5].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1972 yil 16 mayda Krakovda tugʻilgan[6].
1996-yilda Krakovdagi Yagellon universitetining huquq va boshqaruv fakultetini tamomlagan[7]. 1997-yil fevral oyida Yagellon universitetining sud protsessual kafedrasida ilmiy va oʻqituvchilik faoliyatini boshladi. 2001-yil oktyabr oyida Yagellon universitetining maʼmuriy huquq kafedrasi xodimlariga qoʻshildi. 2005-yil yanvar oyida Yagellon universiteti huquq va boshqaruv fakulteti Maʼmuriy huquq kafedrasi mudiri Yan Zimmermann rahbarligida yozilgan doktorlik dissertatsiyasi asosida huquq fanlari doktori ilmiy darajasini oldi[8].
2006-yildan 2007-yilgacha Adliya vazirligida Davlat kotibi oʻrinbosari boʻlgan. Polsha prezidenti Lex Kachinski devoni sobiq davlat kotibi (2008-2010), "Qonun va adolat" partiyasidan Krakov shahar kengashi deputati (2010-2011), Seym aʼzosi (2011-2014). Polshada 2014-yil 25-mayda boʻlib oʻtgan Yevroparlamentga saylov natijalariga koʻra, mandat oldi va Seym aʼzoligidan isteʼfoga chiqdi.
2014-yil 6-dekabrda u Polsha prezidentligiga oʻz nomzodini koʻrsatish uchun partiyadan ruxsat oldi. 2015-yil 30-martda uning arizasi Milliy saylov komissiyasida roʻyxatga olingan.
2015-yil 10-mayda boʻlib oʻtgan Polshadagi prezidentlik saylovlarida eng koʻp ovoz (34,76%) toʻpladi va Polshaning amaldagi prezidenti Bronislav Komorovski bilan birga ikkinchi turga chiqdi[9]. 2015-yil 24-mayda boʻlib oʻtgan saylovning ikkinchi bosqichi natijalariga koʻra, Anjey Duda 53% ovoz toʻplab, Polsha prezidenti etib saylandi[10].
2016-yil 22-yanvarda Anjey Duda Polsha Transplantatsiya Jamiyati 12-simpoziumining ochilishida donorlik kartasini imzolab, oʻlgan taqdirda oʻz organlarini topshirishni tayinladi va barcha polyaklarni ham shunday qilishga chaqirdi[11].
2020-yilda 51,03% natija bilan ikkinchi muddatga qayta saylandi.
2022-yilning 22-noyabrida Bloomberg agentligi Polsha prezidenti Anjey Duda pranker tomonidan oʻzini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sifatida koʻrsatganni tan olgani haqida xabar bergan edi[12].
2016-yil 20-mayda Duda koʻchalar, binolar va boshqa jamoat obyektlari nomlarida kommunizm „yoki boshqa totalitar tuzum“ni targʻib qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. 1944-1989-yillarda Polshadagi hokimiyat tizimini eslatuvchi" elementlarni yoʻq qilishga chaqirdi[13][14]. Polshada Qizil Armiya yodgorliklari buzila boshlandi[14].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stara Planina ordeni (2016)
Oq burgut ordeni (2015)
Polshaning Uygʻonish davri ordeni Buyuk xochi (2015)
Portugaliya xizmatlari uchun Buyuk xoch (2008)
Muqaddas Olav ordenining Buyuk xochi (Norvegiya, 2016)
Buyuk Vitautas ordeni oltin zanjiri (Litva, 2019)
1-darajali Knyaz Yaroslav Donishmand ordeni, (2021, Ukraina)
Oltin Olimpiya ordeni (2022)
Vytis xochi ordeni Buyuk xochi (2023, Litva)
Seul shahrining faxriy fuqarosi (2018)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ TASS: Mejdunarodnaya panorama – Glava izbirkoma Polshi: prezidentom strani izbran Andjey Duda
- ↑ Dane osoby z wykazu osób publicznych. Andrzej Duda, 2015-04-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-04-19
- ↑ Twój Prezydent. Andrzej Duda
- ↑ „Uroczystości inauguracji Prezydenta RP Andrzeja Dudy“ (pl). prezydent.pl (2015-yil 6-avgust). Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ id, t.html Nasz prezydent elekt Andrzej Duda to mój bratanek – nto.pl
- ↑ Wantuch, Dominika. „Agata Kornhauser-Duda. Pierwsza Dama w stylu zachodnim“. Gazeta Wyborcza (2015-yil 25-may). Qaraldi: 16-iyul 2016.
- ↑ id, t.html Andrzej Duda: spóźniony pociąg do polityki[sayt ishlamaydi]
- ↑ Nauczyciele
- ↑ „В Польше 24 мая состоится второй тур президентских выборов“. ТАСС (2015-yil 11-may). 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Глава избиркома Польши: президентом страны избран Анджей Дуда“. ТАСС (2015-yil 25-may). 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Глава Польши пожертвовал свои органы после смерти“. Корреспондент.net (2016-yil 24-yanvar). 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
- ↑ Piotr Skolimowski. Russian Pranksters Trick Poland’s President Into Missile Talk // Bloomberg. — 2022. — 22 noyabr. Архивировано 22 noyabr 2022 года.
- ↑ „Президент Польши подписал закон о декоммунизации публичного пространства“ (ru). Коммерсантъ (2016-yil 20-may). 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-fevral.
- ↑ 14,0 14,1 Алексей Витвицкий. „Дуда подписал поправки, предусматривающие снос советских памятников“ (ru). РИА Новости (2017-yil 17-iyul). 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ofitsialniy sayt.
- Biografiya Andjeya Dudi.
- Andjey Duda, kandidat v prezidenti Polshi ot oppozitsionnoy partii „Pravo i spravedlivost“//Peredacha radiostansii „Exo Moskvi“.
- Andjey Duda: vizov ili shans dlya Rossii. (Wayback Machine saytida 2020-07-16 sanasida arxivlangan)
- Chego jdat ot novogo prezidenta Polshi. (Wayback Machine saytida 2015-07-01 sanasida arxivlangan)