Android Cupcake
Android Cupcake | |
---|---|
Ishlab chiquvchi | |
Ilk e’lon qilinishi | 27-aprel, 2009-yil |
Soʻnggi versiyasi | 1.5 |
So’nggi test versiyasi | 1.5 |
Paket menedjerlari | Google Play |
Yadro tipi | Monolitik (Linux) |
Oldingisi | Android 1.1 |
Keyingisi | Android 1.6 „Donut“ |
Android Cupcake — Google tomonidan ishlab chiqilgan Android operatsion tizimining uchinchi versiyasi boʻlib, Android 1.1ning oʻrinbosari hisoblanadi. Versiya 2009-yil 27-aprelda ommaga taqdim qilindi va 2009-yil 15-sentabrda Android Donut versiyasi chiqqunga qadar eʼtibor markazida boʻldi.
Android Cupcake HTC Dreamda taqdim etilgan jismoniy klaviaturadan voz kechib, virtual klaviaturani taqdim qildi. Cupcake operatsion tizimda oldindan oʻrnatilgan ilovalarning xususiyatlarini yaxshiladi; videolarni YouTubega toʻgʻridan toʻgʻri yuklash imkoni, xuddi shunday rasmlarni Picasaga, Gmailda umumiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash imkoni va yangi JavaScript mexanizmi, nusxalash, joylashtirish imkoniyatlari veb brauzerda yangilandi. Android Cupcake Androidning qandolatchilik mavzusidagi nomlash sxemasidan foydalangan birinchi yirik versiyasi boʻldi, ushbu nomlash sxemasi 2019-yilda Android 10 taqdim etilguncha davom etdi[1].
2010-yil iyul oyiga kelib Android Cupcakeʼda ishlaydigan qurilmalar soni Android operatsion tizimida ishlaydigan faol qurilmalarning chorak qismidan kamrogʻini tashkil etdi[2]. Keyingi oylarda foydalanuvchilarning Android Cupcakeʼni oʻrnatishlari koʻrsatkichi pasayishni boshladi, 2011-yil yanvariga kelib Android Cupcakeʼdan foydalanadigan qurilmalar 4,7 foizini tashkil etdi[3]. 2017-yil 30-iyunga kelib Google Cupcakeʼdagi Google Playni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil dekabrda Android oʻz manbalarini yangilab, „cupcake“ versiyasini ommaga ochiqladi. Ushbu versiya Bluetooth stereoni qoʻllab quvvatlardi va Androidning elektron pochta foydalanuvchilari bilan bogʻliq bir nechta muammolarni hal qilardi. Shu vaqtga kelib, HTC Dream Android Cupcake versiyasini yangilanish sifatida qabul qilishi haqida xabarlar paydo boʻldi[5]. Cupcake versiyasi chiqarilgandan keyin har oy yangilanib bordi va 2009-yilning yanvar oyida ekran klaviaturasi va bloknot ilovasi qoʻshildi[6]. Fevral oyida HTC Magic Cupcake bilan ishga tushirilgan va ayniqsa jismoniy klaviyaturasi mavjud boʻlmagan birinchi qurilma sifatida taqdim etildi[7].
Android Cupcake 2009-yil 27-aprelda rasman ommaga taqdim etildi[8]. Cupcake chiqarilgandan keyingi kunlarda HTC Dream Android Cupcake uchun simsiz yangilanishni qabul qila boshladi[9].
Tizim xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bluetooth
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bluetooth stereo qoʻshildi va avtomobil ichki funksiyalarini Bluetooth orqali qoʻllab-quvatlash muammolari hal qilindi[10]. Android Cupcakeʼda avtomatik ulanish funksiyasi qoʻshildi[11]. Audio/videolarni masofadan boshqarish imkonini beruvchi Bluetooth profillari qoʻshildi[12][13].
Klaviatura
[tahrir | manbasini tahrirlash]iPhonedagi kabi virtual klaviatura qoʻshildi. Virtual klaviatura HTC Magicga oʻxshash jismoniy klaviaturasi mavjud boʻlmagan qurilmalar uchun juda muhim hisoblanadi[14]. Virtual klaviatura avtomatik tuzatish, oldindan taxmin qilish, lugʻatlarni tahrirlash kabi funksiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi[15].
Foydalanuvchi interfeysi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Android Cupcakeʼning foydalanuvchi interfeysiga biroz oʻzgartirishlar kiritildi, jumladan shaffoflik[16].
Vidjetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Endilikda bosh ekranga vidjetlarni qoʻshish mumkin. Taqvim, musiqa ijrochisi vidjetlari operatsion tizim tomonidan oldindan oʻrnatiladi. Dasturchilar oʻz vidjetlarini yarata olishadi[14].
Boshqa xususiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Android Cupcakeʼda MMS joʻnatmalari[10], yuklanishlarni toʻxtatish va davom ettirish[10], MPEG-4 va 3GP video formatlarini qoʻllab-quvvatlash, SD card fayl tizimini tekshirish kabi boshqa xususiyatlar qoʻshildi. Android operatsion tizimining asosiy yadrosi Linux 2.6.27 versiyaga yangilandi.[11]
Ilova xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Google Play Store
[tahrir | manbasini tahrirlash]Android Cupcakeʼda Google Play Storega qidirish uchun turkum va filtrlar qoʻshildi[17].
Kamera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanuvchilar videolarni kameradan toʻgʻridan toʻgʻri YouTubega yuklasha oladi[18], suratlarni esa Picasaga[11]. Kamera ilovasini ishga tushirish vaqti yaxshilandi[13].
Kontaktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kontaktlarga foydalanuvchi rasmlarini yuklash imkoniyati qoʻshildi[19]. Kontaktlar ilovasi bilan Google Talk oʻrtasida integratsiya oʻrnatildi[16]. Qoʻngʻiroqlar jurnali aniq sana va vaqt belgilarini koʻrsatadi[20].
Gmail
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gmail ilovasida umumiy harakatlar, masalan bittada koʻp xabarlarni arxivlash yoki oʻchirish kabi imkoniyatlar qoʻshildi[11].
Veb brauzer
[tahrir | manbasini tahrirlash]Android Cupcakeʼning veb brauzeri JavaScriptning Squirrelfish mexanizmidan foydalanadi va sahifada nusxalash, joylashtirish va qidirish funksiyalarini ishlatadi[15]. Kitob belgisi va qidiruv tarixi xususiyatlarini ham oʻz ichiga oladi[20].
Dasturchilar uchun API
[tahrir | manbasini tahrirlash]Android Cupcake dasturchilar foydalanishi uchun API taqdim qiladi. Android 1.1 va Cupcake oʻrtasida 1000 dan ortiq oʻzgarishlari kiritildi[21]. Dasturchilar quyidagi imkoniyatlarga ega:
- Bosh ekran vidjetlarini yaratish[14]
- Audio va videolarni ijro qilish va yozib olish uchun API`lardan foydalanish[11]
- Klaviaturaga oʻzgartirish kiritish[16]
Android Cupcake OpenGL grafik API`larini ham qoʻllab-quvvatlaydi[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gartenberg, Chaim „Even Android 11 is cake“. The Verge (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Powell, Adam „How to have your (Cup)cake and eat it too“. Android Developers Blog (2010-yil 12-iyul). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Kimmey, Nate „Android Platform Version Chart Updated: Froyo Dominates, Éclair Still Strong, Cupcake And Donut On The Way Out“. Android Police (2011-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Whitwam, Ryan „Google is ending support for the Android Market on Android 2.1 and earlier“. Android Police (2017-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Ziegler, Chris „Google secretly crafts Android codename "cupcake," fixes and features aplenty“. Engadget (2008-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Ziegler, Chris „Android Cupcake in all its keyboard-having glory, T-Mobile plays dumb“. Engadget (2009-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Sadun, Erica „Android, take two: HTC Magic to launch sans keyboard“. Ars Technica (2009-yil 17-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Oryl, Michael „Android 1.5 "Cupcake" SDK and firmware now available“. Android Authority (2009-yil 27-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Herrman, John „T-Mobile Pushing Android 1.5 'Cupcake' Update to Select G1s“. Gizmodo (2009-yil 30-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Trenholm, Richard „Android 1.5 SDK: What's new, Cupcake?“. CNET (2009-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Shankland, Stephen „Google touts Android 1.5 features to coders“. CNET (2009-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Hamelin, Ron „Meet Andy: Android's History In A Nutshell“. Android Police (2010-yil 29-iyul). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 13,0 13,1 „Android 1.5 Platform Highlights“. Android Developers (2009-yil 26-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Burnette, Ed „Top 5 features in Android 1.5 (Cupcake)“. ZDNet (2009-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 15,0 15,1 Kumparak, Greg „Android "Cupcake" build nearly golden brown: Preview SDK released, feature list finalized“. TechCrunch (2009-yil 13-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Android: a 10-year visual history“. The Verge (2011-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ La, Lynn; Mitroff, Sarah; Dolcourt, Jessica „Every Android version from the T-Mobile G1 to Android Pie“. CNET. Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Paul, Ryan „Google unwraps Cupcake, announces preview of Android 1.5“. Ars Technica (2009-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ Hanson, Matt; McCann, John „Android through the ages: from Cupcake to Pie and everything in between“. TechRadar (2018-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ 20,0 20,1 Ionescu, Daniel „Android Gets Updated to Version 1.5“. PC World (2009-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
- ↑ Burnette, Ed. Hello, Android: Introducing Google's Mobile Development Platform. Raleigh: Pragmatic Bookshelf, January 7, 2009 — 14-bet. ISBN 9781934356494.