Kontent qismiga oʻtish

Andrey Kozlov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Kozlov
Tavalludi
Andrey Anatoliyevich Kozlov

25-dekabr 1960-yil (1960-12-25) (63 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi rejissyor, prodyuser va teleboshlovchi

Andrey Anatoliyevich Kozlov (1960-yil 25-dekabr, Lugansk, SSSR) – rossiyalik teleboshlovchi, rejissyor va prodyuser, „Chto? Gde? Kogda?“ oʻyini magistri. „Chto? Gde? Kogda?“ xalqaro klubi prezidenti. „Igra-TV“ telekanalining bosh prodyuseri. 1991-yildan beri „Breyn-ring“ koʻrsatuvining doimiy boshlovchisi. Rossiya televideniyesi akademiyasining aʼzosi[1].

Andrey Anatoliyevich Kozlov 1960-yil 25-dekabrda Lugansk shahrida tugʻilgan („Igra-TV“ telekanalining maʼlumotlariga koʻra, Germaniyadan SSSRga uchib ketayotgan samolyotda)[2].

Onasi Irina Aleksandrovna Kozlova (2013-yil sentabr oyida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan[3]) savdoda rahbar boʻlib ishlagan[4], otasi Anatoliy Kozlov esa harbiy, polkovnik boʻlgan. Andreyning Aleksandr ismli ukasi va Galina ismli singlisi ham bor[3]. Buvisi Mariya Nikitichna teatr aktrisasi boʻlib, Ukraina xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan. U nabirasini repetitsiyalar va spektakllarga olib borgan, sahna ortida olib yurgan. Andrey sahnada chiqishlar qilishni orzu qilar va havaskor sifatida kichik loyihalarda ishtirok etardi. Maktabdan soʻng Boris Shchukin nomidagi teatr institutiga hujjat topshirdi va oʻqishga kirdi. U oʻqishga kirgani haqida ota-onasiga xabar berdi, lekin ular kelib, uni uyiga olib ketishdi.

U Donetsk universitetining kimyo fakultetiga oʻqishga kirdi, universitetda oʻqish mobaynida talabalar kechalarini oʻtkazdi, 3 yil davomida Donetsk televideniyesida muxbir boʻlib ishladi[4].

21 yoshida Donetsk universitetining kimyo fakultetini tamomladi, keyin 30 yoshgacha (1990) Jdanov metallurgiya institutida kimyo fanidan dars berdi[4][5]. 1990-yildan boshlab Moskvada yashay boshladi[3].

Bilimdon sifatidagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aleksandr Druz, Andrey Kozlov va Leonid Timofeev Bokudagi Millatlar kubogida (2007-yil)

1984-yil noyabr oyida u oʻzi doimiy ravishda tomosha qilib boradigan „Chto? Gde? Kogda?“ koʻrsatuviga ushbu loyihada ishtirok etish maqsadida maktub yoʻlladi. Keyin esa u kastinga taklif qilingani haqida javob xati oldi. U 1986-yil 23-fevralda kastingga keldi hamda 6, 7 va 8-mart kunlari koʻrsatuvni suratga olish ishlarida tomoshabin sifatida ishtirok etdi[3].

Andrey televideniyedagi birinchi oʻyinini 1989-yilda oʻtkazdi[2]. 2008-yilda u oʻyin magstri darajasiga ega boʻldi. U „Chto? Gde? Kogda?“ oʻyinidagi faoliyati davomida uch marotaba „Billur boyqush“ mukofotini (1992, 1994, 2008), bir marta „Brilliant boyqush“ mukofotini (2008) va „Klubning eng yaxshi sardori“ (2001) unvonini qoʻlga kiritdi. 2008-yil 27-dekabrda mavsumning soʻnggi oʻyinida u Superblits raundining barcha uchta savoliga javob bera olgan oʻyinchi sifatida „Volkswagen Phaeton“ avtomobili sovrinini yutib oldi.

2014-yil 15-martda u „Chto? Gde? Kogda?“ xalqaro klublar assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi (Natalya Stetsenko oʻrniga).

2016-yilning yozida u bir guruh sanʼatkorlar va Mudofaa vazirligi vakillari bilan Suriyaga tashrif buyurdi hamda u yerda „Chto? Gde? Kogda?“ va „Breyn-ring“ intellektual oʻyinlarini oʻtkazdi. Buning uchun u „Suriyadagi harbiy operatsiya ishtirokchisi“ medali bilan taqdirlandi[6].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Turmush oʻrtogʻi – Anna Kozlova[7].
  • Ikkita qizi va nabiralari bor[4].
  • Ukrainalik teleboshlovchi Igor Kondratyukning qarindoshi, oʻgʻlining choʻqintirgan otasi[4].

Televizion karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey Kozlov 1990-yildan beri televideniyeda ishlaydi.

Rejissyor sifatidagi loyihalari:

  • „Lyubov s pervogo vzglyada“ (1991—1993)
  • „Breyn-ring“ (1993—2019); (ijodiy guruh tarkibida 2010-yilda TEFI mukofoti laureati)[1]
  • „Programma peredach“
  • „Ispolnenie jelaniy, ili Kak potratit million“ (2000)
  • „Kulturnaya revolyutsiya“ (2001—2017)[8]; (ijodiy guruh tarkibida 2002 va 2006-yillarda TEFI mukofoti sovrindori)[1]
  • „Pesni XX veka“
  • „Moy dom, moy gorod, moya strana“
  • „Jizn prekrasna“
  • „Chelovek v bolshom gorode“
  • „Mi i nauka. Nauka i mi“

Boshlovchilik qilgan loyihalari:

  • „Breyn ring“ (1991-yildan beri Rossiya televideniyesida; shuningdek, Ozarbayjonda xalqaro televizion turnir)
  • „Ispolnenie jelaniy, ili Kak potratit million“[9]
  • „Programma peredach“
  • „Moy dom, moy gorod, moya strana“[10][11]

U Igra-TV kanalining bosh prodyuseri va bosh direktorining birinchi oʻrinbosari.

2022-yilda Kozlov filmlarda ham debyuti qildi. U „Oboyudnoe soglasie“ teleserialida rol oʻynadi[12].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol
2022-yil Oboyudnoe soglasie Viktor Ivanovich Nesterenko, tergovchi
  • II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2021) – ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik samarali faoliyati uchun[13].
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tashakkurnomasi (2024) – ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etgani uchun.
  1. 1,0 1,1 1,2 „Козлов Андрей Анатольевич“ (deadlink). Фонд «Академия Российского Телевидения». 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
  2. 2,0 2,1 „Продюсерский центр ИГРА-ТВ: Козлов Андрей Анатольевич“. 2012-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Andrey Kozlov: „Mejdu sʼemkami programm mne nujno parit nogi i stavit gorchichniki“ – tele.ru
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Андрей Козлов: «Люди говорят, что я не дурак» — Досуг — WomanHit.ru“. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
  5. „Ответы Андрея Козлова на вопросы посетителей сайта «Игра-ТВ»“. 2008-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Андрей Козлов: Для победы не все средства хороши“. Банк Русский Стандарт. 2020-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  7. „Андрей Козлов, жена — Мужья и жены звезд“. 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
  8. „Андрей Козлов: "Трудно сказать, кто кого оглупляет – телевидение зрителей или наоборот"“. Собеседник (2018-yil 19-aprel). 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  9. „На РТР начнут бросаться деньгами“. Комсомольская правда (2000-yil 9-iyun). 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
  10. „Знаток Бялко разыграл среди студентов чаепитие с ВВП“. Комсомольская правда (2003-yil 13-iyun). 2018-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  11. „Владимир Путин — телеперсона сезона!“ (deadlink). Совершенно секретно. Версия (2003-yil 25-iyun). 2003-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  12. „«Это мистика»: Андрей Козлов из «Что? Где? Когда?» вернулся из Крыма другим человеком“. Экспресс-газета (2022-yil 26-mart). 2024-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
  13. „Указ Президента Российской Федерации от 5 июня 2021 года № 340 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.