Kontent qismiga oʻtish

Andrew Redmayne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrew Redmayne
Redmayne playing for Sydney FC in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrew James Redmayne[1]
Tavallud sanasi 13-yanvar 1989-yil (1989-01-13) (35 yosh)
Tavallud joyi Gosford, Avstraliya
Boʻyi 1.94 m (6 ft 4 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sydney FC
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005–2006 NSWIS
2006–2008 AIS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007–2008 AIS 17 (0)
2008–2010 Central Coast Mariners 3 (0)
2010–2012 Brisbane Roar 2 (0)
2012–2015 Melbourne City 48 (0)
2015–2017 Western Sydney Wanderers 31 (0)
2017– Sydney FC 132 (0)
Milliy terma jamoa
2008–2009 Avstraliya U20 25 (0)
2010–2011 Avstraliya U23 6 (0)
2019– Avstraliya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 26-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 25-sentyabr uchun)

Andrew James Redmayne (1989-yil 13-yanvarda tugʻilgan) - avstraliyalik professional futbolchi, A-liga chempionati "Sidney" FC klubida va Avstraliya erkaklar terma jamoasi tarkibida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Redmayne Gosfordda dunyoga kelgan va oʻzining professional faoliyatini Central Coast Mariners jamoasida boshlashidan oldin Avstraliya Futbol Instituti sport dasturida yoshlar futbol jamoasida oʻynagan. 2010-yilda Brisben Roarga koʻchib oʻtgandan soʻng, Redmayne 2012-yilda Melburn Heartga (hozirgi Siti) koʻchib oʻtadi. 2015-yilda esa u Vestern Sidney Uonderersga oʻtadi.

Redmayne Avstraliya terma jamoasi safida U-20, U-23 va katta yoshdagi futbolchilar toifasida maydonga tushgan.

Redmayne Avstraliyadagi Yangi Janubiy Uels shtatining markaziy sohilidagi Gosford shahrida tugʻilgan.

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Redmayne dastlab "Yangi Janubiy Uels" sport institutida va Avstraliya sport institutida yoshlar jamoasi safida futbol oʻynagan. NSWIS boʻyicha Angliyaga qilgan safari natijasida Redmayne "Arsenal" da qisqa sinovdan oʻtdi. Angliyaga koʻchib oʻtish boʻyicha bergan taklifiga qaramay, "Arsenal" uning oʻrniga 15 yoshli Wojciech Szczęsny bilan shartnoma imzolaganidan keyin u oʻz taklifini qaytarib oldi. Uning AIS klubidagi faoliyati esa Viktoriya Premer-ligasidagi oʻtkazilgan ikki mavsumni oʻz ichiga oladi[2].

Central Coast Mariners klubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Redmayne Central Coast Mariners yoshlar jamoasida

Redmayne 2007-2008-yilgi mavsumda A-Liga uchun oʻz shahrining "Central Coast Mariners" klubi bilan shartnoma imzoladi. Redmayne "Central Coast Mariners" klubi safidagi debyut uchrashuvini 2008-yilning sentyabrida o‘tkazdi va ushbu Pert Glori ustidan gʻalaba qozonilgan bahsda u jarohat olgan jamoadoshi Mark Bosnichning o‘rniga maydonga tushdi. Redmayne klubdagi ilk uchrashuvini oʻtkazganidan bir hafta oʻtgach, Adelaida Yunayted klubi bilan 3:3 hisobida durang oʻynadi[3].

Redmayne 2010-yil yanvar oyida Vellington Feniksga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahs, uning dengizchilar safidagi so‘nggi o‘yini boʻldi[4].

Brisben Roar klubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 18-yanvarda u Marinersda muntazam oʻyin vaqtini topa olmaganidan keyin Brisben Roarga qoʻshilishi haqida xabar berdi. Redmeyn klubdagi debyutida 80-daqiqada darvozabon Maykl Teoklitosning oʻrniga maydonga tushdi va oʻz maydonida "Gold Kost Yunayted" jamoasini 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi[5]. U 2011-12-yilgi A-Ligadagi toʻliq mavsumning soʻnggi oʻyinida Brisbane Roar klubi uchun ikkinchi marta maydonga tushdi va ushbu bahsda yana Gold Coast United ustidan gʻalaba qozondi[6].

Melburn Heart klubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 21-yanvarida Melburn Heart Redmayneni 2012-2013-yilgi A-Liga mavsumi uchun birinchi transferi sifatida e'lon qildi. 2013-yil yanvar oyida u "Nyukasl Jets" ustidan qozonilgan gʻalabada "Melburn Heart" dagi debyutini oʻtkazdi va keyinchalik klubda birinchi tanlov "oʻyinchisi"ga aylandi[7].

Xalqaro karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Redmayne 2011-yilda

Katta terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Redmayne Avstraliya terma jamoasiga birinchi marta 2019-yil iyun oyida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun, 2019-yilgi A-Liga Grand Finalidagi oʻyinidan keyin chaqirilgan edi. U oʻrtoqlik uchrashuvida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi va aynan oʻsha bahsda Avstraliya terma jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi[8].

2022-yil 13-iyun kuni Redmayne FIFA Jahon chempionati pley-off bosqichi doirasida Peruga qarshi oʻyinning 120-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Shundan soʻng penaltilar seriyasida Redmayne Peruga qarshi bahsni muvaffaqiyatli oʻtkazdi va Avstraliyaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanmasini ta'minlash uchun muhim boʻlgan penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi[9]. Oʻyindan soʻng bergan intervyusida Redmayne bu taktika bir necha oylar mobaynida rejalashtirilganligini ta'kidladi[10].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Osiyo Umumiy
Liga turi Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
AIS 2007 Victorian Premier League 12 0 0 0 0 0 12 0
2008[11] 5 0 0 0 0 0 5 0
AIS 17 0 0 0 0 0 17 0
Central Coast Mariners 2008–09[12] A-League 2 0 0 0 0 0 2 0
2009–10[12] 1 0 0 0 0 0 1 0
Central Coast Mariners 3 0 0 0 0 0 3 0
Brisbane Roar 2010–11[12] A-League 1 0 0 0 0 0 1 0
2011–12[12] 1 0 0 0 0 0 1 0
Brisbane Roar 2 0 0 0 0 0 2 0
Melbourne City 2012–13[12] A-League 13 0 0 0 0 0 13 0
2013–14[12] 24 0 0 0 0 0 24 0
2014–15[12] 11 0 1 0 0 0 12 0
Melbourne City 48 0 1 0 0 0 49 0
Western Sydney Wanderers 2015–16[12] A-League 23 0 3 0 0 0 26 0
2016–17 8 0 3 0 0 0 11 0
Western Sydney Wanderers 31 0 6 0 0 0 37 0
Sydney FC 2016–17 A-League 1 0 0 0 0 0 1 0
2017–18 28 0 5 0 6 0 39 0
2018–19 29 0 5 0 5 0 39 0
2019–20 27 0 1 0 2 0 30 0
2020–21 25 0 0 0 0 0 25 0
2021–22 16 0 4 0 6 0 26 0
2022–23 1 0 3 0 0 0 4 0
Sydney FC 127 0 18 0 13 0 164 0
Career total 218 0 25 0 13 0 262 0
Avstraliya
Yil Oʻyinlar Gollar
2019-yil 1 0
2020-yil 0 0
2021-yil 1 0
2022-yil 2 0
Jami 4 0

Brisben Roar

  • A-Liga Premer-ligasi: 2010–11
  • A-Liga chempionati: 2010–11, 2011–12

Sidney FK

  • A-Liga Premer-ligasi: 2016–17, 2017–18, 2019–20
  • A-Liga chempionati: 2016–17, 2018–19, 2019–20
  • FFA kubogi: 2017

Avstraliya U20

  • U-19 yoshlar oʻrtasidagi AFF chempionati: 2008-yil

Individual

  • PFA A-Ligasining eng yaxshi jamoasi: 2017–18
  • A-ligada yilning eng yaxshi darvozaboni: 2019–20
  • A-League All Star: 2022[13]
  1. „FIFA U-20 World Cup Egypt 2009™: List of Players: Australia“. FIFA (2009-yil 6-oktyabr). 2009-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „2007 Victorian Premier League (Foxtel Cup) Results“. Ozfootball. Qaraldi: 2014-yil 3-oktyabr.
  3. „A-League 2008/2009 – Round 7 between Adelaide United and Central Coast Mariners at Hindmarsh Stadium“. FootballNews.com.au (2008-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  4. „Ifill bags a double as Phoenix beat Mariners“. The Sydney Morning Herald (2010-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  5. Monteverde, Marco. „Ruthless Roar celebrate A-League Premier's Plate with 4–0 win over Gold Coast United on return to Suncorp Stadium“. Herald Sun (2011-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  6. Pace, Daniel. „Stunning late strike from George Lambadaridis helps Brisbane Roar to victory over Gold Coast United“. Fox Sports (Australia) (2012-yil 25-mart). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  7. Monteverde, Marco. „Former second choice Roar keeper Andrew Redmayne faces old teammates on sunday“. Herald Sun (2013-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  8. Wilson, Jacob. „Redmayne: 'It's a moment I'll remember forever'“. Socceroos.
  9. „Australia vs. Peru - Football Match Summary - June 13, 2022 - ESPN“ (en). ESPN.com. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
  10. „How the Socceroos 'planned' Redmayne's heroics months in advance“ (en). socceroos.com.au. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  11. „2008 Victorian Premier League Results“. Ozfootball. Qaraldi: 2014-yil 3-oktyabr.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 12,6 12,7 „Andrew Redmayne (Western Sydney Wanderers)“. Ultimate A-League.
  13. Harrington, Anna. „ALM young guns get shot against Barcelona“. The Canberra Times (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 20-may.