Andrew Lincoln
Andrew Lincoln | |
---|---|
Lincoln 2018-yilda San Diego Comic-Con bilan intervyuda | |
Tavalludi |
Andrew James Clutterbuck 14-sentyabr 1973-yil |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktyor, aktivist |
Faoliyat yillari | 1994–hozirgi kungacha |
Mashhur ishlari |
Love Actually (2003) The Walking Dead (2010–2018, 2022) |
Turmush oʻrtogʻi | Gael Anderson (2006) |
Bolalari | 2 |
Andrew James Clutterbuck (1973-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) – Andrew Lincoln nomi bilan mashhur ingliz aktyori. Uning dastlabki yirik roli BBCning „This life“ (1996-1997) dramasida Egg personaji boʻlgan. Lincoln keyinchalik „Channel 4 sitcom Teachers“ (2001-2003)da Simon Casey, „Love Actually“ (2003) Rojdestvo mavzusidagi romantik komediya filmida Mark va ITV „Afterlife“ (2005-2006) teleserialida doktor Robert Bridge rollarini ijro etgan.
2010-yildan boshlab Lincoln AMCning „The Walking Dead“ post-apokaliptik qoʻrqinchli teleserialidagi bosh qahramon Rick Grimes obrazi uchun eʼtirofga sazovor boʻldi. Rick Grimes obrazi uchun Lincoln 2015 va 2017-yillarda televideniyedagi „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Saturn mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2018-yilda "The Walking Dead" filmining aktyorlar tarkibini tark etdi, lekin 2022-yilda serial finalida va „The Walking Dead: The Ones Who Live in 2024“ning spin-offida Rick rolini takrorladi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lincoln 1973-yil 14-sentyabrda Londonda tugʻilgan[2][3], ingliz muhandisi va janubiy afrikalik hamshiraning oʻgʻli. Uning oilasi, u 18 oylik boʻlganida Cottinghamga, Yorkshirning Sharqiy Riding shahriga, keyin esa sakkiz yoki toʻqqiz yoshida Somersetdagi Bath shahariga koʻchib oʻtdi. U Beechen Cliff maktabida oʻqigan va u yerda 14 yoshida „Oliver!“ maktab spektaklida „The Artful Dodger“ rolini oʻynagan[4]. U yozni Londondagi Milliy yoshlar teatrida oʻtkazdi va aktyorlik faoliyatiga qiziqib qoldi[5]. Maktabni tugatgandan soʻng, u Royal Academy of Dramatic Art (RADA) drama maktabida tahsil oldi va „Andrew Lincoln“ni sahna nomi qilib ishlata boshladi[6].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilda Lincoln „Channel 4 Drop the Dead Donkey“ serialining „Births and Deaths“ epizodida oʻzining televizion debyutini qildi[7]. 1995-yilda drama maktabini tugatgandan koʻp oʻtmay, u BBCning „This Life“ dramasidagi asosiy qahramonlardan biri Edgar Egg Cooke rolini ijro etgan va bu uning faoliyatidagi ilk bosh rolda ishtiroki boʻlgan.[8]. U Britaniyaning „The Woman in White“ va „Canterbury Tales“ kabi teleserial va dramalarida, shu qatorida „Channel 4 Sitcom Teachers“ filmida sinovdan oʻtgan oʻqituvchi Simon Casey rollarini ham ijro etdi. U shuningdek, „Afterlife“ filmida universitet oʻqituvchisi va psixologi Robert Bridge orazini gavdalantirgan va 2010-yilda Richard Armitage bilan „Sky 1“ serialining „Strike Back“ filmida rol oʻynagan. Lincoln „Human Traffic“ va „Gangster No1“ kabi bir nechta filmlarda suratga tushgan va Pascal Chaumeilning „Heartbreaker“ filmida Vanessa Paradis bilan birga rol ijro etdi. Xususan, 2003-yilda „Love Actually“ filmidagi Mark roli unning koʻplab eʼtiroflarga sazovor boʻlishga sabab boʻlgan[9].
Lincoln 1999-yilda[10] „Hushabye Mountain“, 2000 va 2001-yillarda „Blue/Orange“[11][12], 2006-yilda „The Late Henry Moss“[13], 2009-yilda „Parlor Song“ spektakllarida[14], shuningdek, radio spektakllarida ham ishtirok etgan[15]. U turli hujjatli filmlar, reklamalar va hukumat kompaniyalari ovoz berish bilan shugʻullangan[16]. 2004-yilda „Eng yaxshi yangi rejissyor (fantastik)“ nominatsiyasida BAFTA nominatsiyasini olgan „Teachers“ filmining uchinchi seriyasida ikkita epizodga rejissyorlik qilgan.
2010-yil aprel oyida Linkoln AMCning „The Walking Dead“ post-apokaliptik seriyasining qahramoni Rick Grimes rolini oʻynadi[17][18]. Grimes zombi apokalipsiyasi oʻrtasida komadan uygʻongan sherif oʻrinbosari boʻlgan. U goʻsht yeydigan zombilar va dushman odamlarga qarshi kurashishgan oila va doʻstlar guruhining yetakchisiga aylanadi[19]. 2010-yilda Lincoln shou bilan olti yil va yana qoʻshimcha ikki yilga uzaytirish imkoni mavjud shartnomani imzoladi[20][21]. Lincoln soʻnggi marta 2018-yil 4-noyabrda shouda paydo boʻldi, avvalroq esa u bolalari bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni xohlashini maʼlum qilgan edi. The New York Times gazetasining yozishicha, Lincolnning „The Walking Dead“ filmidagi roli uni „dunyodagi eng yirik pop yoʻnalishidagi franchiza yulduzlaridan biriga“ aylantirdi[22][23]. Lincoln „The Walking Dead“ filmini tark etganidan soʻng, u oʻzining Rick Grimes rolini badiiy filmlar trilogiyasida takrorlashi rejalashtirilgan edi. Biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli filmlar kechiktirildi[24]. Keyinchalik ular Lincoln va Danai Gurira ishtirokidagi 6 soatlik shou bilan almashtirildi[25].
Lincoln Rick Grimes obrazi uchun turli mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan; u 2015-yil[26] va 2017-yillarda[27] televideniyedagi „Eng yaxshi aktyor“ yoʻnalishida Saturn mukofotini qoʻlga kiritdi. 2012 va 2015-yillarda TVLine Lincolnni 3-mavsumning toʻrtinchi epizodidagi („Killer Within“)[28] va 5-mavsumning oʻn beshinchi epizodidagi („Try“) ijrosi uchun „Hafta ijrochisi“ sifatida tan olindi[29].
2019-yilda Lincoln „Penguin Bloom“ dramasida rol ijro etdi, bu uning 2010-yildan beri „The Walking Dead“ filmidan tashqari birinchi ijrosi edi[30].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil 10-iyunda Lincoln Jethro Tullning flautchisi va vokalisti Ian Andersonning qizi Gael Andersonga turmushga chiqdi. Ularning Matilda (2007-yilda tugʻilgan) va Artur (2010-yilda tugʻilgan) ismli ikki farzandi bor[31][32].
U Bathda tahsil olgan, u yerda „Exeter City“ jamoasining sobiq menejeri Paul Tisdale bilan bolalikdan doʻst boʻlgan. 2017-yilda Linkoln shunday dedi: „Mening eng eski va eng yaqin doʻstlarimdan biri Paul Tisdale. Men uning butun faoliyatini juda qiziqib kuzatdim va u bilan juda ham faxrlanaman“[33].
Siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lincoln 2014-yilda Robin Hood soligʻini qoʻllab-quvvatlovchi videoda paydo boʻldi[34]. Videoda ishtirok etgan boshqalar bilan bir qatorda u jamoatchilikni chorani qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi va uning „Yevropa boʻylab odamlar tomonidan aql bovar qilmaydigan qoʻllab-quvvatlanishini“ taʼkidladi[35].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlardagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film | Rol | Izoh | Manba |
---|---|---|---|---|
1995-yil | Boston Kickout | Ted | ||
1998-yil | Understanding Jane | Party Stonehead 1 | ||
1999-yil | A Manʼs Best Friend | Man | Qisqa metrajli film | |
Human Traffic | Felix | |||
2000-yil | Gangster No. 1 | Maxie King | ||
Offending Angels | Sam | |||
2003-yil | Love Actually | Mark | ||
2004-yil | Enduring Love | TV Producer | ||
2006-yil | These Foolish Things | Christopher Lovell | ||
Hey Good Looking! | Paul | |||
Scenes of a Sexual Nature | Jamie | |||
2010-yil | Heartbreaker | Jonathan | ||
Made in Dagenham | Mr Clarke | |||
2020-yil | Penguin Bloom | Cameron Bloom |
Teleseriallardagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol | Izoh | Manba |
---|---|---|---|---|
1994-yil | Drop the Dead Donkey | Terry | Qism: „Births and Deaths“ | |
1995-yil | N7 | Andy | Uchmagan uchuvchi | |
1996-yil | Over Here | Cappy | 2ta qism | |
Bramwell | Martin Fredericks | Qism: „The Return of the Betrayer“ | ||
1996–1997-yillar | This Life | Edgar „Egg“ Cooke | 32ta qism | |
1997-yil | The Woman in White | Walter Hartright | 2ta qism | |
2000-yil | Bomber | Captain Willy Byrne | Televizion film | |
2000–2001-yillar | Shipwrecked | Narrator (ovoz bergan) | 27ta qism | |
2000-yil | A Likeness in Stone | Richard Kirschman | Televizion film | |
2001–2003-yillar | Teachers | Simon Casey | 20ta qism; shuningdek, 2ta qismda boshchilik qilgan | |
2003-yil | Trevor's World of Sport | Mark Boden | Qism #1.1 | |
State of Mind | Julian Latimer | 3ta qism | ||
The Canterbury Tales | Alan King | Qism: „The Man of Law's Tale“ | ||
2004-yil | Lie with Me | DI Will Tomlinson | 2ta qism | |
Whose Baby? | Barry Flint | Televizion film | ||
2005–2006-yillar | Afterlife | Robert Bridge | 14ta qism | |
2007-yil | This Life + 10 | Edgar „Egg“ Cooke | Televideniye uchun maxsus | |
2009-yil | Wuthering Heights | Edgar Linton | 2ta qism | |
The Things I Havenʼt Told You | DC Rae | Televizion film | ||
Moonshot | Michael Collins | |||
2010-yil | Strike Back | Hugh Collinson | 6ta qism | |
2010–2018-yillar, 2020, 2022-yillar |
The Walking Dead | Rick Grimes | 111ta qism | |
2014-yil | Tigers About the House | Narrator (voice) | 4ta qism | |
2017-yil | Red Nose Day Actually | Mark | Televizion qisqacha | |
Robot Chicken | Rick Grimes (voice) | Qism: „The Robot Chicken Walking Dead Special: Look Whoʻs Walking“ | ||
2018-yil | Fear the Walking Dead | Rick Grimes | Qism: „What's Your Story?“ | [36][37] |
2022-yil | Guillermo del Toro's Cabinet of Curiosities | Edgar Bradley | Qism: „The Murmuring“ | |
2024-yil | The Walking Dead: The Return | Himself | TV uchun maxsus | |
The Walking Dead: The Ones Who Live | Rick Grimes | Bosh rol, shuningdek, ijrochi prodyuser va hamkor ijodkor | [38] | |
TBA | Cold Water | John | Suratga olinmoqda[39] |
Teartdagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol | Manzil | Spiker |
---|---|---|---|---|
1998-yil | Sugar Sugar | Joe | Bush Theatre | Simon Bent |
1999-yil | Hushabye Mountain | Danny | Hampstead Theatre | Jonathan Harvey |
2000–2001-yillar | Blue/Orange | Bruce | Cottesloe Theatre (2000) Duchess Theatre (2001) |
Joe Penhall |
2002-yil | Free | Alex | Loft (Lyttelton Theatre) | Simon Bowen |
2006-yil | The Late Henry Moss | Ray | Almeida Theatre | Sam Shepard |
2009-yil | Parlour Song | Dale | Almeida Theatre | Jez Butterworth |
2020-yil | A Christmas Carol | Ebenezer Scrooge | The Old Vic | Jack Thorne |
Video oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol | Izoh | Manba. |
---|---|---|---|---|
2021-yil | Fortnite Battle Royale | Rick Grimes | Oʻxshashlik | [40] |
2024-yil | Call of Duty: Modern Warfare III | Ijro etiladigan personaj (DLC); Ovoz va oʻxshashlik | [41] |
Ovoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol | Izoh | Manba |
---|---|---|---|---|
2024-yil | A Better Paradise Volume One: An Aftermath | Dr Mark Tyborn | [42] |
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Yoʻnalish | Natija | Nominant | Manba |
---|---|---|---|---|---|
2004-yil | British Academy Television Awards | Best New Director (Fiction) | Nominatsiya | Teachers | |
Phoenix Film Critics Society Award | Best Ensemble Acting | Nominatsiya | Love Actually | ||
Empire Awards | Best Newcomer | Nominatsiya | |||
2007-yil | Golden Nymph Award | Outstanding Actor – Drama Series | Yutuq | Afterlife | |
2010-yil | IGN Summer Movie Award | Best TV Hero | Yutuq | The Walking Dead | |
2011-yil | Saturn Awards | Best Actor on Television | Nominatsiya | ||
Scream Awards | Best Horror Actor | Nominatsiya | |||
2012-yil | Satellite Awards | Best Ensemble – Television (Special Achievement Award) | Yutuq | ||
2013-yil | Saturn Awards | Best Actor on Television | Nominatsiya | ||
Critics' Choice Television Award | Best Actor in a Drama Series | Nominatsiya | |||
TV Guide Award | Favorite Actor | Nominatsiya | |||
2014-yil | People's Choice Awards | Favorite Sci-Fi/Fantasy TV Actor | Nominatsiya | ||
Favorite TV Anti-Hero | Yutuq | ||||
2015-yil | Saturn Awards | Best Actor on Television | Yutuq | ||
Fangoria Chainsaw Awards | Best TV Actor | Nominatsiya | |||
2016-yil | Saturn Awards | Best Actor on Television | Nominatsiya | ||
Teen Choice Awards | Choice TV Actor: Fantasy/Sci-Fi | Nominatsiya | |||
2017-yil | People's Choice Awards | Favorite Sci-Fi/Fantasy TV Actor | Nominatsiya | ||
Saturn Awards | Best Actor on Television | Yutuq | [43] | ||
2018-yil | Saturn Awards | Best Actor on Television | Nominatsiya | [44] | |
People's Choice Awards | Best TV Actor | Nominatsiya | |||
2019-yil | Saturn Awards | Best Actor on Television | Nominatsiya | [45] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Maas, Jennifer „'The Walking Dead: Dead City' Shifts to June Premiere, AMC Sets Timeline for 'Daryl Dixon' and Andrew Lincoln-Danai Gurira Spinoffs“ (en-US). Variety (2023-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ „BFI | Film & TV Database | Lincoln, Andrew“. British Film Institute. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
- ↑ Roz Lewis.. „Andrew Lincoln: My family values“. The Guardian (2014-yil 26-sentyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Steve Fennessy. „The Walking Dead's Andrew Lincoln Lives Up to A Challenge“. Men's Health. 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Caroline Bishop. „Andrew Lincoln“. Official London Theatre (2009-yil 8-aprel). 2014-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Andrew Lincoln“. The Scotsman (2004-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ „Andrew Lincoln bio“. AndrewLincoln.net. 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bloodied Andrew cuts finger off“. Metro International (2008-yil 7-aprel). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Shirley Li (13 November 2013). „'Love Actually,' to Andrew Lincoln, is perfect: The actor looks back, 10 years later“. Entertainment Weekly. 22 April 2014da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Matt Wolf. „Review: 'Hushabye Mountain'“. Variety (1999-yil 9-may). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Billington, Michael. „Blue/Orange“. The Guardian (2000-yil 15-aprel). 2016-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Philip Fisher. „Blue/Orange review“. The British Theatre Guide. 2014-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Billington, Michael „The Late Henry Moss“. The Guardian (2006-yil 20-yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „This actor's life: Andrew Lincoln is an altogether different animal in his latest stage role“. The Independent (2009-yil 26-mart). 2010-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Stoppard Radio Season“. The British Theatre Guide. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The actors behind voice-overs“. The Independent (2006-yil 2-fevral). 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
- ↑ Barton, Steve „The Walking Dead: A Look at Andrew Lincoln as Police Officer Rick Grimes“. DreadCentral.com (2010-yil 15-iyun). 2012-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
- ↑ Miska, Brad „TV: Rick Grimes Officially Cast in AMC's 'The Walking Dead'“. Bloody-Disgusting.com. 2010-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
- ↑ „The Walking Dead“. AMC. 2015-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
- ↑ Benji Wilson.. „Andrew Lincoln on starring in the TV adaptation of Walking Dead“. The Daily Telegraph (2010-yil 28-oktyabr). 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Goldberg, Lesley. „Robert De Niro's Making How Much?! TV Is Becoming an ATM for Top Talent“. The Hollywood Reporter (2016-yil 17-noyabr). 2017-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rick Grimes makes final stand on 'The Walking Dead,' but he'll be back in new movies“. USA TODAY.
- ↑ Tassi, Paul „Andrew Lincoln Finally Explains The One Reason He's Leaving 'The Walking Dead'“. Forbes.
- ↑ „Walking Dead's Rick Grimes Movies Still Planning To Release in Theaters“. ScreenRant (2020-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
- ↑ Acuna, Kirsten „'TWD' stars Andrew Lincoln and Danai Gurira surprised fans at Comic-Con to reveal the long-awaited Rick Grimes movie will be a 6-hour show instead“. Insider. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
- ↑ AccuWeather „Charlotte producer Michael Plumides wins a Saturn Award“. charlotteobserver.
- ↑ AM, Christian Saclao 06/30/17 AT 12:22 „'The Flash' Star Candice Patton Shows Off Her Saturn Award On Instagram“. International Business Times (2017-yil 30-iyun).
- ↑ TVLine, Team „TVLine's Performer of the Week: Andrew Lincoln“. TVLine (2012-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
- ↑ Stolworthy, Jacob. „The Walking Dead season 7 episode 1 review: Just too bleak to enjoy“ (en-GB). Independent Print Ltd. (2016-yil 24-oktyabr). 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-dekabr.
- ↑ Fleming, Mike Jr. „'Walking Dead's Andrew Lincoln Joins Naomi Watts In 'Penguin Bloom'“. Deadline.com (2019-yil 25-iyul).
- ↑ „Interview: Andrew Lincoln, actor“. The Scotsman (2010-yil 26-iyun). 2014-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Wellman, M „Gael Anderson Wiki: 4 Facts To Know About Andrew Lincoln's Wife“. Panda Gossips. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
- ↑ „Flashback: Exeter City 3–3 Yeovil Town: A stunning comeback witnessed by Walking Dead star Andrew Lincoln“. DevonLive (2017-yil 29-avgust). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ Denham, Jess. „Bill Nighy and Andrew Lincoln star in video supporting Robin Hood tax“. The Independent (2014-yil 18-fevral). 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
- ↑ Erb, Kelly. „Harry Potter, Walking Dead Celebs Release 'Robin Hood Tax' Film“. Forbes (2014-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
- ↑ „Andrew Lincoln - Rotten Tomatoes“. www.rottentomatoes.com.
- ↑ „Andrew Lincoln | TV Guide“. TVGuide.com.
- ↑ Maas, Jennifer „'The Walking Dead' Movie Replaced by Limited Series Starring Andrew Lincoln, Danai Gurira“ (en-US). Variety (2022-yil 22-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
- ↑ Shepphard, Jordan „ITV thriller filming in Glasgow’s Dennistoun as The Walking Dead actor stars in Cold Water“. Glasgow Live (2024-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
- ↑ Delaney, Mark „Fortnite Rick Grimes Skin Is The Newest Walking Dead Crossover“. GameSpot. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ BEELER-BEISTAD, LAUREN „Call of Duty Fans Aren't Happy About Rick Grimes Skin“. Gamerant. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ https://www.absurdventures.com/abetterparadise
- ↑ Siegel, Lucas „Marvel, Star Wars, The Walking Dead win big at 2017 Saturn Awards“. Syfy Wire (2017-yil 29-iyun). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
- ↑ McNary, Dave „'Black Panther,' 'Walking Dead' Rule Saturn Awards Nominations“. Variety (2018-yil 15-mart). 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ Mancuso, Vinnie „'Avengers: Endgame', 'Game of Thrones' Lead the 2019 Saturn Awards Nominations“. Collider (2019-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Andrew Lincoln haqida turkum mavjud |
- Andrew Lincoln IMDbda
- Andrew Lincoln Facebook sahifasi