Andoza:Xushsifat maqola

Shamsiyabonu binti Abulfayzxon (chigʻatoycha: شمسیه بنت ابو الفيض خان) — Buxoro amirligi malikasi. Buxoro davlatida hukmron boʻlgan sulolalar — Ashtarxoniylar va Mangʻitlar xonadoni vakili. Kelib chiqishi bir tarafdan chingiziylar, ikkinchi tarafdan sayyidlarga borib taqalgani sababli uning avlodlari ismi oldiga „sayyid“ soʻzi qoʻshib yozilgan. Tarixda „Xoni shahid“ nomi bilan mashhur Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxonning (1711–1747) qizi, Buxoro amirligi hukmdorlari Amir Shohmurodning (1785–1800) rafiqasi va Amir Haydarning (1800–1826) onasi. Malikaning asl ismi Shamsiyabonu boʻlib, u baʼzi manbalarda Shamsmoh, Bonu Shams va Yulduzbegim nomlari bilan ham tilga olinadi. Shamsiyabonu buvisi Sitorai Mohi xossaning bunyodkorlik va xayriya ishlarini davom ettirgan, tasarrufida boʻlgan yerlarni Buxoro davlatining oliy hukmdorlari alohida eʼtibor qaratgan Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi Mozori sharif oliy madrasasi foydasiga vaqf qilgan. Shamsiyabonu shaxsi, uning tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan. U haqida qisqacha naql qilingan oʻz davrining manbalarigina mavjud. (Davomi...)