Kontent qismiga oʻtish

Andijonyogʻmoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Andijonyogʻmoy" Aksiyadorlik Jamiyati — oziq-ovqat sanoati korxonasi, Andijon shahrida joylashgan. "Oʻzyogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Paxta chigitidan moy, xoʻjalik sovuni, shulxa, kunjara va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1907—1954 yillarda Andijon yogʻ zavodi, 1954—1994 yillarda Andijon yogʻ-moy kombinati, 1994-yil dekabrdan hoz. nomda va ochiq turdagi ak-siyadorlik jamiyati. 1907-yil "T. K. Solovev va uning kompaniyasi" xususiy firmasi tomonidan tashkil etilgan (sutkasiga 50 t chigitni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan). 1930—1931 yillar qisman qayta jihozlash ishlari oʻtkazilib, chigitdan tuk ajratib oluvchi sex va bugʻ qozoni, ta’mirlash sexi, laboratoriya qurildi, ish quvvati sutkasiga 200 t chigitni qayta ishlashga yetkazildi. 1949-yildan uzluksiz ekstraksiya usuli bilan yogʻ olish oʻzlashtiriddi. 1960-yilda sovun sexi ishga tushirilgach, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari uch baravar oshdi. 1962-yildan yogʻni soapstokdan yog' kislotalarini distillyatsiya usuli orqali olish sexi ishga tushirildi, natijada sovun sifatini yaxshilashga erishildi. 1983—1993 yillarda korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexlari zamonaviy xorijiy texnologik liniyalar bilan jihozlandi. 1975—1996 yillarda korxonaning quvvati sutkasiga 540 t chigitni qayta ishlashga va 85 t xoʻjalik sovuni ishlab chiqarishga yetkazildi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil