Kontent qismiga oʻtish

Andalusiya togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Andalusiya togʻlari (Kor-dilera-Betika) — Ispaniya janubidagi togʻlar tizimi. Uzunligi 630 km. Balandligi 3478 m gacha (Mulasen togʻi), va bu Pirenei yarim oroldagi eng baland nuqta. Togʻlar kristalli jinslar hamda ohaktoshlardan tashkil topgan. Karst hodisalari rivojlangan. Temir rudasi konlari topilgan. Togʻ yon bagʻirlarida dub va karagʻay oʻrmonlari bor, makvis changalzorlari bilan band boʻlgan toshloqlar koʻp. Sitrus plantatsiyalari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil