Anatoliy Polosin
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anatoliy Fedorovich Polosin | ||
Tavallud sanasi | 1935-yil 30-avgust | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
Vafot sanasi | 1997-yil 11-sentabr | ||
Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
Ampluasi | Himoyachi |
Anatoliy Fedorovich Polosin (1935-yil 30-avgust, Toshkent – 1997-yil 11-sentyabr, Moskva) – sovet futbolchisi, Sovet va Rossiya futbol murabbiyi. SSSR sport ustasi (1978), Moldaviya SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1984), Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anatoliy Polosin 1935-yil 30-avgustda Toshkentda tugʻilgan. U Moskvaning „Dinamo“, Moskva GTSOLIFK, „Shaxtyor“ (Qaragʻanda), „Metallurg“ (Temirtau), „Metallurg“ (Chimkent), „Cementnik“ (Semipalatinsk) jamoalarida oʻynagan.
U eng yaxshi murabbiy sifatida tanilgan. Olti marta oʻz jamoalarini oliy ligaga olib chiqqan va KPSS aʼzosi boʻlgan[1]. Uning oʻynagan jamoalari orasida Simferopolning „Tavriya“, Odessaning „Chernomorets“ va Yaroslavlning „Shinnik“ jamoalarii bor edi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Polosin 1980-1981 va 1986-yillarda Tavriya klubida ishlab, ligada 120 va SSSR kubogida 15 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. 1980-yilning noyabr oyida jamoani SSSR Oliy ligasiga olib chiqqan. Jamoa 10-noyabr kuni oʻz maydonida Xabarovsk SKAni 3:0 hisobida magʻlub etib, Birinchi ligada gʻolib chiqadi[3].
U 1987—1991-yillarda Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy boʻlgan[4].
Ukrainada xizmat koʻrsatgan murabbiy va Moldovada xizmat koʻrsatgan murabbiy nomiga sazovar boʻlgan[1]. Katta futbol uchun Valeriy Karpin va Igor Dobrovolskiylarni ochdi[5].
Anatoliy Federovich 1995-yilning boshida Tulaning „Arsenal“ klubini boshqarib, 1-sentyabrgacha bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Uning butun faoliyati davomida Tula klubi 27 uchrashuv oʻtkazib, 12 gʻalaba qozongan, 7 ta magʻlubiyat va 8 marta durang qayd etilgan. Ushbu uchrashuvlarda klub futbolchilari 43 ta gol urib, 32 ta gol oʻtkazib yuborishgan[6].
1997-yilgi Rossiya chempionatida „Shinnik“ yuqori oʻrinlar uchun kurashgan, bu esa unga Yevropa musobaqalariga kirishga imkon bergan[7]. Polosin mavsumni yakunlamay[7], sogʻligʻi sababli klubni tark etgan va yurak operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishga qaror qiladi[8]. Uning ketishi chempionatning 21-turidan soʻng, klub turnir jadvalida 13-oʻrinni egallab turgan paytda roʻy bergan[9].
1997-yili 4-sentyabrda Anatoliy Fedorovich Moskva Transplantologiya institutida operatsiya qilingan. Ammo, 11-sentyabrda hushiga kelmay vafot etadi[8].
1997-yil 14-sentyabrda Rossiya Premer-ligasining barcha oʻyinlari Anatoliy Polosin[8] xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi. „Shinnik“ 1997-yilgi Rossiya chempionati mavsumini yakunlab, 4-oʻrinni egallagan va Intertoto kubogiga yoʻllanma oladi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Афиногентов 2000.
- ↑ „Полосин Анатолий Фёдорович“ (ru). История Таврии. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
- ↑ „35 лет назад симферопольская "Таврия" завоевала путевку в элиту советского футбола“. Крымский спорт (2015-yil 10-noyabr). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Persatuan Sepakbola Seluruh Indonesia“. Football Association Of Indonesia. 2010-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Тренер от Бога“. 2012-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Главные (старшие) тренеры тульских команд мастеров «Труд», «Шахтер», «Металлург», «Машиностроитель», «ТОЗ», «Арсенал»“ (ru). ФК «Арсенал» Тула. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-sentyabr.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Виктор Поляк. „Свой человек“ (ru). Советский спорт (2001-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Умер Анатолий Полосин“. Спорт-Экспресс (1997-yil 13-sentyabr). 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Все тренерские отставки российских чемпионатов“. Советский спорт (2000-yil 6-iyun). 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.