Anatoliy Dyo
Anatoliy Vasilevich Dyo | |
---|---|
Tavalludi |
1926-yil Spassk-Primorskiy, Uzoq Sharq oʻlkasi, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Anatoliy Vasilevich Dyo (1926-yil, Spassk-Primorskiy, Uzoq Sharq oʻlkasi, SSSR – ?[1]) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxoz rahbari. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anatoliy Vasilevich Dyo 1926-yilda Uzoq Sharq oʻlkasining Spassk-Primorskiy shahrida (hozirgi Primorsk oʻlkasining Spassk-Dalniy shahri) tugʻilgan. Uning millati koreys[3].
1937-yilda vujudga kelgan vaziyat sabab uning oilasi Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumaniga koʻchirib oʻtkazilgan. U 1942-yilda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida oʻrta maktabni tugatgach, Dimitrov kolxoziga ishga joylashdi. 1943-1946-yillarda mehnat armiyasida xizmat qilgan[3]. .
Kolxozga qaytib, 1946—1956-yillarda brigada boshligʻi, haydovchi, mexanizator boʻlib ishladi. 1950-yilda uning rahbarligidagi bir guruh kolxozchilar 10,1 gektar maydonning gektaridan 93,1 sentnerdan yashil kanop poyasidan hosil oldilar.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi Farmoni bilan „1950-yilda kolxozlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini majburiy yetkazib berish va shartnoma tuzishni bajarganliklari, sugʻoriladigan yerlarda yashil kanop poyasidan yuqori hosil olganliklari, natura shaklida toʻlovlar amalga oshirilganligi, MTSning ishi va 1951-yil bahorgi ekish uchun barcha ekinlarni urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ unga Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berildi.
Anatoliy Vasilevich Dyo 1956-yilgacha kolxozda haydovchi, mexanizator boʻlib ishlagan. 1957-yilda koreyslar reabilitatsiya qilingandan soʻng, u Sochiga koʻchib oʻtdi va Xostinskiy avtoparkida haydovchi boʻlib ishladi. Uning keyingi taqdiri haqida hech qanday maʼlumot yoʻq[3].
Anatoliy Vasilevich Dyo Lenin ordeni (1951-yil) va bir nechta medallar bilan taqdirlangan .
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Дё Анатолий“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Anatoliy Dyo“ (ru). Герои страны. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.