Kontent qismiga oʻtish

Anas ibn Nadr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anas ibn Nadr (arabcha : ﺍﻧﺲ ﺑﻦ ﻧﻀﺮ) Islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan biri. U ansorlarning Banu Xazraj qabilasidan boʻlib, Anas ibn Molikning amakisi[1].

Anas ibn Nadr Badr jangida qatnasha olmagan va bundan juda afsuslangan.

Uhud jangida Anas ibn Nadr mushriklarga qarshi kurashishga muvaffaq boʻlgan. „Sirot Ibn Hishom“da aytilishicha, mushriklar Muhammad vafot etdi deb fitna chiqargan bu jangda ibn Nadr jangni toʻxtatgan sahobalarga duch kelib shunday degan: „Turinglar, kerak boʻlsa oʻlinglar chunki Muhammad vafot etdi va shahid ketdi“. Uning jasadi saksondan ortiq qilich va oʻq yaralari bilan topilgan. Faqat singlisi uning tanasini barmoqlaridan tanidi[2][3][4].