Ananas
Qiyofa

Ananas (Ananas) – ananasdoshlar (Bromeliaceae) oilasiga mansub oʻtlar turkumi (urugʻi). 5 – 6 turi maʼlum. Asosan, Amerika qitʼasining tropik hududlarida va Osiyoning Filippin, Tayvan orollarida oʻsadi. Barglari qalin, uzun, xanjarsimon. Ekiladigan ananas (Sativus) Amerika va Tayvandan boshqa joylarda ham oʻsadi. Bu toʻrning mevasi qubba shaklidagi toʻp mevadan iborat, ogʻirligi 2 – 5 kg, tusi sargʻish, xushxoʻr. Hoʻl meva yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. Baʼzi turlarining barglaridan ipaksimon nozik tolalar ham olinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |