Kontent qismiga oʻtish

Anabar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anabar
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 939
Maydoni 100 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Mintaqa Saxa
Anabar

Anabar — Saxa (Yakutiya) Respubli-kasidagi daryo. Uzunligi 939 km, havzasining maydoni 100 ming km². Oʻrta Sibir yassi-togʻligining shimolidan boshlanib, dastlab tilogʻochli oʻrmon-tundradan oqadi. Quyi oqimida A. vodiysi kengayadi va Shimoliy Sibir pasttekisligini kesib oʻtib, Laptevlar dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 610 m³/sek. Sentabr oxirida muz-lab, iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Katta irmoqlari: Kichik Kuonamka va Uja. A.da ryapushka, omul kabi baliklar bor. Quyi qismida kema qatnaydi. A. havzasida olmos konlari topilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil