An Gin Bon
An Gin Bon | |
---|---|
Tavalludi |
6-yanvar 1921-yil Uzoq Sharq Respublikasi, Primorsk viloyati, Olginskiy tumani, Xangodudya qishlog'i (Burang) |
Vafoti | 2000-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
An Gin Bon (1921-yil 6-yanvar, Uzoq Sharq Respublikasi, Primorsk viloyati, Olginskiy tumani, Xangodudya qishlog'i (Burang) - 2000-yil bahori[1]) - Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxoz a'zosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953)[2][3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]An Gin Bon 1921-yilda Primorsk viloyatidagi Xangodyudya qishlog'ida (boshqa ma'lumotlarga ko'ra Burang qishlog'ida) dehqon oilasida tug'ilgan. Boshlang‘ich maktabning beshinchi sinfini tamomlagan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Toshkent viloyatiga surgun qilinadi. Mehnat faoliyatini 1938-yilda Quyi Chirchiq tumanidagi “Avangard” kolxozida oddiy kolxozchi sifatida boshlagan. 1950—1982-yillarda Quyi Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, mudir boʻlib ishlagan.
1951-yilda An Gin Bon jamoasi 5,2 gektar maydonning har gektaridan o‘rtacha 113,8 dona yashil jut poyasini yig‘ib oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1953-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan u Lenin ordeni va “O‘roq va Bolg‘a” oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1950—1953-yillarda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan yana 24 nafar koreys ham Dimitrov kolxozida mehnat qilgan.
An Gin Bon Xalq xo'jaligi yutuqlari Butunittifoq ko'rgazmasida bir necha bor qatnashgan va sovrindor bo'lgan.
Uzoq yillik mehnat faoliyatidan keyin 1982-yilda nafaqaga chiqqan. An Gin Bon 2000-yilning bahorida vafot etdi. Quyi Chirchiq tumanidagi sobiq Dimitrov nomidagi kolxoz (hozirgi Beruniy MFY) qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Музалевский М. В. Герои Социалистического Труда. Биобиблиографический словарь. — М.: РИЦ «Кавалер», 2008. — Т. 2. — 200 с.
- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Ан Гын Бон“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
- ↑ Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Ан Гын Бон YouTubeda
- 6-yanvarda tugʻilganlar
- 1921-yilda tugʻilganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Quyi Chirchiq tumani Dmitrov nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlanganlar
- Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlanganlar
- 2000-yilda vafot etganlar