Amudaryo qishlogʻi
Amudaryo qishlogʻi | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Xorazm viloyati |
Tuman | Xonqa tumani |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 220801[1] |
Avtomobil kodi | 90 |
Amudaryo qishlogʻi – Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10 ta qishloq fuqarolar yigʻinidan biri hisoblanadi. Amudaryo qishlogʻining umumiy yer maydoni 6160 km.kv tashkil etadi. Qishloqda yashovchi aholining umumiy soni 5200 dan ortiq. Amudaryo qishlogʻi bir qancha millatlarni birlashtiradi. Amudaryo qishlogʻida o'zbeklardan tashqari koreyslar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Koreyslarning foizi Amudaryo qishlogʻida yashovchi umumiy aholining 15 foizini tashkil etadi. Qishloqda yashovchi oʻzbeklar umumiy aholining 84 foizini boshqa millat vakillari 1 foizni tashkil etadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avvallari qishloq yerlari toʻkayzor va qamishzor boʻlgani uchun aholi uni Moshtoʻqay deb atagan. 1960-yillarda bu yerlar oʻzlashtirila boshlandi va 1964-yilda sholichilikka asoslangan Al-Xorazmiy nomidagi xoʻjalik tashkil etildi va qishloqqa Amudaryo nomi berildi.[2] Qishloq Amudaryo daryosining yaqinida joylashganligi uchun Amudaryo qishlogʻi nomini oladi.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amudaryo qishlogʻining sharq tomonidagi ozgina yerlari Bog'ot tumani bilan kesishgan boʻlsa gʻarb tarafda Namuna qishlogʻi bilan shimolda Amudaryoga tutashgan va janubda Shovot kanali bilan chegaradosh hisoblanadi.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amudaryo qishlogʻida sholichilikni rivojlanishida koreyslarning hissasi katta. Bulardan Kim Nikolay Vasilevich yaqqol ajralib turadi. U fidokorona mehnatlari uchun „Sovet Mehnat Qahramoni“ unoviga sazavor boʻlgan va bu yerdagi sholichilik savxozini boshqargan.
Infratuzilma obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amudaryo qishlogʻida 10 da ortiq savdo majmualari, 1 ta shifoxona, 1 ta kollej, 2 ta maktab va yana shuncha maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yuritadi.[2] Qishloqda al-Xorazmiy haykali va alloma nomidagi muzey ham bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/
- ↑ 2,0 2,1 Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.