Kontent qismiga oʻtish

Amu (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amu
Muallif(lar) Asqad Muxtor
Muharrir(lar) S. Rahmonov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986-yil
Sahifalar soni 320 bet

Amuoʻzbek yozuvchisi Asqad Muxtor qalamiga mansub roman. 1986-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan. Asar voqealari Afgʻoniston hududida kechadi. Asarda Sovet Ittifoqi tomonidan Afgʻonistonga xizmat safariga yuborilgan oʻzbek irrigatorining taqdiri va uning atrofida kechadigan voealar markaziy oʻrinni egallaydi. Romanda oʻz hududlarini sugʻorishda, choʻlquvarlikda Amudaryo suvlaridan foydalanayotgan sovet irrigatorlarining yutuqlari ulugʻlanadi. Bundan tashqari asarda afgʻonistonliklarga katta vaʼdalar berib, oxir-oqibat aldab ketuvchi ingliz irrigatori obrazi ham bor, u Britaniya josusi sifatida tasvirlangan.

Asosiy qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Sobirjon/Sobir Toʻxtaboyev (oʻzbek gidrogeolog irrigatori)
  2. Gʻulomali Korgar (afgʻonistonlik irrigator, Sobirjonning doʻsti)
  3. Doktor Suhayl (afgʻonistonlik olim)
  4. Avrangzeb (doktor Suhaylning oʻgʻli, mujohidlar toʻdasiga qoʻshilib qoladi)
  5. Ronald Bayrsbi (ingliz irrigatori, josus)
  6. Zulayho (Sobirjon sevgan qiz)

1. „Асқад Мухтор. Аму (роман)“. 2. „Amu: roman“. 3. „Аму : роман / Amu : roman“. 4. „Amu : roman / Asqad Mukhtor.“.