Kontent qismiga oʻtish

Amr ibn Ubayd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amr ibn Ubayd (699-761) - moʻʼtazila oqimi asoschilaridan biri. Balxda tugʻilgan. Otasi bilan Basraga koʻchib borib, Hasan al-Basriydan taʻlim olgan. Baʻzi oʻrta asr ilohiyotchilari islomdan moʻʼtazila oqimining ajralib chiqishiga Vosil ibn Ato emas, balki Amr ibn Ubayd sababchi deb hisoblaydilar. Aslida esa, moʻʼtazilaning aqlga tayanuvchi alohida oqim boʻlishi Vosil ibn Atoning xizmatidir. Ammo Amr ibn Ubayd ham isteʻdodli shaxs sifatida moʻʼtazila taʻlimotini shakllantirishga sezilarli hissa qoʻshgan.