Amorf tillar
Qiyofa
Morfologik tipologiya | |
---|---|
Soʻz tartibi |
Amorf tillar (yun. „amorphos“ – shaklsiz) – affikslar bilan soʻz yasalishi va soʻz oʻzgarishi boʻlmagan tillar. Soʻzlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi soʻzlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda amorf tillar kamchilikni tashkil etadi, ammo barcha tillarda unga xos unsurlar uchraydi (mas, hind-yevropa, turkiy, fin-ugor va boshqalar). Amorf tillar ga eng yaqin tillar – xitoy, Vetnam, eve va boshqa Amorf tillarda mustaqil soʻzlar yordamchi soʻz vazifasida ham keladi. Masalan, xitoy tilida ge (arava), shong (ust) soʻzlari qoʻshilib – geshong (aravaning usti yoki arava ustida) hosil boʻladi. Bu xususiyat tibet-birma tillarida kuchli.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |