Amiri shikor
Qiyofa
Amiri shikor, ov amiri — Turkiston xonliklarida saroy mansabi. Maʼlumki, ov hukmdorlar hayotida muhim oʻrin tutgan. Amiri shikor xon va sultonlar ovlarini tashkil qilib turishi lozim boʻlgan. Shikorgoh atrofidagi qishloqlarning aholisi oʻz oti, qurol-aslahasi bilan kelib, xon va sultonlarning ov qilishiga yordam berishini va undan tashqari ularni qoʻnib qolganlarida qoʻnar joy, oziq-ovqat bilan taʼmin etishni tashkil qilish Amiri shikor zimmasiga yuklangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |