Kontent qismiga oʻtish

Amir masti qobuziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amir masti qobuziy (15-asr oxiri, Hirot — 16-asr boshlari, Buxoro) — sozanda, bastakor, hofiz. Abdurahmon Jomiyning shogirdi. A. M. Q.ning gʻoyat xushovoz ekanligini payqagan Jomiy, unga moslab „Imoma“ nomli maxsus naqsh bastalagan va bu asarni ijro etish yoʻllarini A. M. Q. ga oʻrgatgan. Darvish Alining „Tuhfat us-surur“ida bayon eti-lishicha, A. M. Q. keyinchalik Hirotdan Buxoroga koʻchib oʻtgan. Bu yerda u Buxoro hofizlariga ustozlik qilgan. Buxoroning Shayx Ahmad, Hofiz Maxmud, Nasafiy, Hofiz Turdi, Hofiz Qosim, Hofiz Xasan Darbozai Obiy, Hofiz Poyondai Muhammad singari mashhur sanʼatkorlari A. M. Q.ning shogirdlari.[1]

  1. "Amir masti qobuziy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil