Amir Abrashi
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Amir Malush Abrashi | ||
Tavallud sanasi | 27-mart 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Bischofszell, Shveysariya | ||
Boʻyi | 1.73 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Grasshoppers | ||
Raqami | 6 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2005 | Bischofszell | ||
2003—2005 | → Weinfelden-Bürglen (ijara) | ||
2005—2007 | FC Winterthur | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2008 | FC Winterthur II | 16 | (2) |
2008—2011 | FC Winterthur | 58 | (4) |
2010—2015 | Grasshopper | 127 | (6) |
2015—2021 | SC Freiburg | 93 | (4) |
2019 | SC Freiburg II | 1 | (0) |
2021 | → FC Basel (ijara) | 10 | (0) |
2021- | Grasshoppers | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2008 | Shveysariya U17 | 2 | (0) |
2008—2009 | Shveysariya U19 | 20 | (2) |
2010—2012 | Shveysariya U21 | 18 | (0) |
2012 | Shveysariya U23 | 4 | (0) |
2013- | Albaniya | 42 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-sentyabr 2021-yil uchun) |
Amir Malush Abrashi (1990-yil 27-martda tugʻilgan) — albaniyalik professional futbolchi, Shveysariyaning „Grasshoppers“ klubi va Albaniya terma jamoasida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abrashi Shveysariyaning Bischofszell shahrida tugʻilgan. Ota-onasi alban, Kosovoning Gjakova shahridan. Amir tugʻilishidan oldin Shveysariyaga koʻchib oʻtishgan. Faoliyatini 2002-yilda 12 yoshida oʻzining tugʻilgan shahri „FC Bischofszell“ klubida boshlagan. Bir yil oʻtgach, „Weinfelden-Bürglen“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki yil faoliyat oʻtkazdi. Keyin yana oldingi klubi „FC Bischofszell“ga qaytdi. Biroq, qaytib kelganidan bir oy oʻtgach, 16 yoshida Abrashi oilasi bilan Winterturga koʻchib oʻtdi va u mahalliy „Wintertur“ klubiga qoʻshildi[1].
Wintertur
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zaxira jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yosh toifadagi jamoalari bilan ajoyib oʻyin koʻrsatganidan soʻng, Abrashi birinchi marta 2006—2007-yilgi mavsum oxirida zaxiraga chaqirildi va debyutini 2007-yilning 16-mayida GC Biaschesi qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Oʻn kundan soʻng FC Chur 97ga qarshi oʻyin uchun tarkibga kiritilgan edi. Safarda jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[2]. Oʻrinbosarlar jamoasidagi ilk mavsumini 14 oʻyinda ikkita gol urib yakunladi.
Katta toifadagi jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abrashining oʻrinbosarlar jamoasidagi ajoyib oʻyini asosiy jamoa ustozi Matias Waltherning eʼtiborini tortdi, 18 yoshli futbolchini 2008-yilning 27-aprelida „La Chaux-de-Fonds“ga qarshi oʻyin uchun oʻz tarkibiga kiritdi. Abrashi 67-daqiqada maydonga tushdi. Safarda jamoa 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Abrashi 2008—2009-yilgi mavsumda 24 ta oʻyin oʻtkazgan va bir marta gol urdi. Bu gol 2008-yilning 8-avgustida La Chaux-de-Fonds mehmoni boʻlib oʻtgan oʻyinda (0:2) kiritilgan[3]. 2009—2010-yilgi mavsumda ham oʻz oʻrnini saqlab qoldi, ligada 28 oʻyin oʻtkazdi va 3 gol urdi, Wintertur chempionatda 3-oʻrinni egalladi[4].
Abrashi ligada 55 ta liga va 3 ta kubok oʻyinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Keyin „Grasshopper Club Zürich“ ga yoʻl oldi.
Grasshoppers
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil iyul oyida Abrashi „Grasshopper Club Zürich“ga bir yillik ijaraga yuborildi[5].
Abrashi 17-oktyabr kuni Shveysariya kubogi 2-turida Gumefens/Sorensga 0:12 hisobidagi gʻalabali oʻyinda „Grasshopper“dagi birinchi golini urdi[6]. Grasshopper bilan birinchi mavsumida barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda, jumladan ligada 27 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi. Jamoa chempionatda 7-oʻrinni egalladi[7].
SC Freiburg
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 3-iyunda Abrashining SC Freiburg jamoasiga oʻtish muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlagani eʼlon qilindi[8]. Klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi va 6-raqamli futbolkani oldi[9].
1. FC Nürnbergga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va jamoa 6:3 hisobida gʻalaba qozondi[10]. Jamoadagi ilk golini 11-sentabr kuni „Freiburg“ning „1. FC Kaiserslautern“ga qarshi uchrashuvida (2:0) kiritdi[11]. Keyinchalik jamoaning yarim himoyasidagi muhim oʻyinchiga aylandi, butun mavsum davomida 33 liga oʻyinida ishtirok etdi, jamoa ligada gʻalaba qozonib, Bundesligaga chiqishdi[12].
Bazel klubiga ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning 27-yanvarida Abrashi Shveysariyaning „Bazel“ klubiga ijaraga oʻtdi[13].
Grasshoppersga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 23-iyunda Amir ikki yillik shartnoma asosida Grasshoppersga qaytdi[14].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shveysariya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Abrashi Shveysariya yoshlar terma jamoasida jami 40 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan[15].
Albaniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albaniya terma jamoasi futbolchisi boʻlish uchun nafaqat Abrashining oʻzi, balki Kosovodan boʻlgan ota-onasi ham Albaniya pasportiga ariza topshirishlari kerak edi[16]. 2013-yilning 24-mayida Abrashi oʻsha paytdagi albaniyalik toʻrt nafar xalqaro oʻyinchi: Jürgen Gjasula, Ilir Berisha, Azdren Llullaku va Vullnet Basha bilan birga Albaniya fuqaroligini oldi[17].
2016-yil 21-may kuni Abrashi Albaniyaning UEFA Yevro-2016 uchun dastlabki 27 kishilik tarkibiga kiritildi[18][19]. Abrashi A guruhidagi barcha oʻyinlarda toʻliq oʻynadi
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | YCHL | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
FC Winterthur II | 2006—2007 | 1. Liga Classic | 14 | 2 | — | — | 14 | 2 | ||
2007—2008 | 16 | 2 | — | — | 16 | 2 | ||||
Jami | 30 | 4 | — | — | 30 | 4 | ||||
FC Winterthur | 2007—2008 | Swiss Super League | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 3 | 0 | |
2008—2009 | 24 | 1 | 0 | 0 | — | 24 | 1 | |||
2009—2010 | 28 | 3 | 3 | 1 | — | 31 | 4 | |||
Jami | 55 | 4 | 3 | 1 | — | 58 | 5 | |||
Grasshoppers | 2010—2011 | Swiss Super League | 27 | 1 | 4 | 3 | 2 | 0 | 33 | 4 |
2011—2012 | 15 | 0 | 1 | 0 | — | 16 | 0 | |||
2012—2013 | 27 | 3 | 6 | 0 | — | 33 | 3 | |||
2013—2014 | 32 | 0 | 4 | 1 | 4 | 0 | 40 | 1 | ||
2014—2015 | 26 | 2 | 3 | 0 | 4 | 1 | 33 | 3 | ||
Jami | 127 | 6 | 18 | 4 | 10 | 1 | 155 | 11 | ||
SC Freiburg | 2015—2016 | 2. Bundesliga | 33 | 3 | 1 | 0 | — | 34 | 3 | |
2016—2017 | Bundesliga | 20 | 1 | 1 | 0 | — | 21 | 1 | ||
2017—2018 | 12 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 15 | 0 | ||
2018—2019 | 10 | 0 | 0 | 0 | - | 10 | 0 | |||
2019—2020 | 13 | 0 | 0 | 0 | - | 13 | 0 | |||
2020—2021 | 5 | 0 | 0 | 0 | - | 5 | 0 | |||
Jami | 93 | 4 | 3 | 0 | 2 | 0 | 98 | 4 | ||
SC Freiburg II | 2019—2020 | Regionalliga Südwest | 1 | 0 | - | — | 1 | 0 | ||
Jami faoliyati | 295 | 18 | 24 | 5 | 12 | 1 | 342 | 24 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Albaniya | 2013 | 4 | 0 |
2014 | 8 | 0 | |
2015 | 4 | 0 | |
2016 | 8 | 0 | |
2017 | 3 | 0 | |
2018 | 0 | 0 | |
2019 | 2 | 1 | |
Jami | 29 | 1 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Albaniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Abrashining har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2019-yil 25-mart | Estadi Nacional, Andorra-la Velyaa, Andorra | Andorra | 3-0 | 3-0 | UEFA Yevro-2020 saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grasshoppers
- Shveysariya kubogi: 2012—2013
- Shveysariya Superligasi: Ikkinchi oʻrin 2012—2013, 2013—2014
SC Freiburg
- 2. Bundesliga: 2015—2016
Shveysariya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin: 2011-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Winterthur: „Wir sind definitiv stärker als in Tirana“ — News Sport: Fussball Der Landbote
- ↑ ABRASHI, Amir, in: kicker-Almanach 2017, München: Copress Verlag, ISBN 978-3-7679-1104-8, Seite 334.
- ↑ „La Chaux-de-Fonds vs. Winterthur 0 – 2“. Soccerway (8-avgust 2008-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Challenge League (Phase 2)“ (olmoncha). football.ch. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Zürich vs. Grasshopper 2 – 0“. Soccerway (25-iyul 2010-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Gumefens/Sorens vs. Grasshopper 0 – 12“. Soccerway (17-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
- ↑ SFV. „Schweizer Cup (1/4 - Final)“ (olmoncha). SFV (2011). Qaraldi: 3-mart 2011-yil.
- ↑ „Amir Abrashi ist der vierte Neuzugang“ (olmoncha). SC Freiburg (3-iyun 2016-yil). 2015-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ „Zyrtare, Amir Abrashi kalon te Freiburg“ (albancha). Top Channel (3-iyun 2016-yil). 12-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ „Freiburg vs. Nürnberg 6 – 3“. Soccerway (27-iyul 2015-yil). Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ Adi Metaliu. „Abrashi e Memushaj shënojnë gola deçiziv“ (albancha). Super Sport Albania (11-sentabr 2015-yil). 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ „Niederlechner schießt Freiburg zur Meisterschaft“ (olmoncha). Swr.de (8-may 2016-yil). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ Kübler. „Amir Abrashi wechselt per Leihe zum FC Basel - SC Freiburg - Badische Zeitung“ (olmoncha). www.badische-zeitung.de (27-yanvar 2021-yil). 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
- ↑ „AMIR ABRASHI BACK AT GC“. Grasshoppers (23-iyun 2021-yil). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „BBC Sport - London 2012 Olympics - Amir Abrashi : Switzerland, Football“. Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
- ↑ „Patriot werde ich sicher nicht mehr“ (olmoncha). 20min.ch (9-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Presidenti Nishani dekreton 5 kuqezinj, gati për kombëtaren“ (albancha). Panorama Sport (24-may 2013-yil). Qaraldi: 28-mart 2019-yil.
- ↑ Fatjon Pandovski. „De Biasi leaves out Albanian top scorer Salihi“. UEFA (21-may 2016-yil). Qaraldi: 30-may 2016-yil.
- ↑ „De Biasi shpall listën zyrtare të Euro 2016“. FSHF.org (31-may 2016-yil). Qaraldi: 31-may 2016-yil.
- ↑ Amir Abrashi Soccerway saytida. Qaralgan sana: 18-noyabr 2017-yil.
- ↑ 21,0 21,1 „Amir Abrashi“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
- ↑ Amir Abrashi – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- ↑ „Football : Amir Abrashi“. Football Database (20-iyun 2016-yil). Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ „Amir Abrashi - national football team player“. EU-football.info. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amir Abrashi National-Football-Teams.com saytida
- football.ch profile
- Amir Abrashi profile (Wayback Machine saytida 2017-12-01 sanasida arxivlangan) FSHF.org da
- Amir Abrashi — Euro 2016 profile FSHF.org da