Kontent qismiga oʻtish

Amin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amin (arab. – ishonchli, halol):

1) Muhammad alayhissalomga paygʻambarlik vahiyi kelmasidan burungi davrda u zotning nihoyatda halol, rostgoʻy boʻlganliklari tufayli xalq tomonidan berilgan laqab (Muhammad Amin, yaʼni Muhammad halol, ishonchli).

2) Amir Temur va temuriylar davrida asosan moliya va qishloq xoʻjaligini boshqarish ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldor boʻlib, davlat devoni tomonidan tayinlangan.

3) Buxoro amirligi va Turkiston general-gubernatorligida bir yoki bir necha kichik qishloqni boshqaruvchi hamda xalq tomonidan saylangan amaldor. Buxoro amirligida Amin amlokdorga, Turkiston general-gubernatorligida esa boʻlis (volost) boshligʻiga boʻysoʻngan. Aminning asosiy vazifasi aholidan oʻlpon va soliq yigʻish, aholi ustidan nazorat qilish, suv taqsimlash (Amini ob) edi. Bozorda mol sotuvchilardan bozor haqi yigʻuvchi amaddor ham Amin deyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil