Kontent qismiga oʻtish

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiyasi — AQSh prezidenti va vitse-prezidentining tantanali qasamyod va inauguratsiya marosimi. Anʼanaga koʻra, u Vashingtondagi Kapitoliy oldida ommaviy ravishda oʻtkaziladi. 1933-yilga qadar, inauguratsiya 4-mart sanasida boʻlib oʻtardi. Konstitutsiyaga yigirmanchi tuzatish kiritilganidan keyin — 20-yanvarda boʻlib oʻtadigan boʻldi. Ilk inauguratsiya 1789-yil 30-aprelda New York federal zalida boʻlib oʻtgan. Qoʻshma Shtatlarning hozirgi poytaxti Vashingtonda inauguratsiya marosimi ilk marotaba 1801-yil 4-martda prezident Thomas Jefferson ish boshlaganda tashkil qilingan.[1]