Amazonka pasttekisligi
Qiyofa
Amazonka pasttekisligi -Janubiy Amerikada, yer sharidagi eng katta payettekislik. Maydoni 5 mln. km² dan ziyod. Gviana togʻligi bilan Braziliya togʻligi oraligʻida, And togʻlaridan Atlantika okeanigacha choʻzilgan. Janubiy Amerika platformasining sineklizasi (botigʻi) uchlamchi davrning dengiz, koʻldaryo yotqiziqlari bilan toʻlishi natija-sida paydo boʻlgan. Amazonka pasttekisligining katta qismi ekvatorial iqlimli, 1500-3000 mm yogʻin tushadi. Amazonka pasttekisligi doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Sharqiy qismida yil qurgʻoqchil va namgarchil fasllarga boʻlinadi. Aholi siyrak. Neft, marga-nes, gematit konlari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |