Amansio Ortega
Amansio Ortega | |
---|---|
Amancio Ortega Gaona | |
Tavalludi |
28-mart 1936-yil Lion viloyati, Ispaniya |
Fuqaroligi | Ispaniya |
Turmush oʻrtogʻi | Rosaliya Mera (1966-1986), Flora Peres (2001-yildan) |
Bolalari |
Sandra Ortega Mera Mark Marta |
Veb-sayti | www.faortega.org |
Amansio Ortega Gaona (ispancha: Amancio Ortega Gaona; 28-mart 1936-yil, Lion viloyati, Ispaniya) — tadbirkor, milliarder, Zara, Massimo Dutti[1], Bershka, Oysho, Pull & Bear, Uterque[2], Stradivarius kabi brendlarni oʻz ichiga olgan Inditex yirik korporatsiyasi rahbari[3][4]. Shuningdek, Ortega uy-joy, bank, turizm, gaz sanoatiga ham[3] sarmoya kiritgan. Futbol ligasida ulushi ham bor[5]. 2012-yilda Bloomberg uni Yevropaning eng boy kishisi[1] deb eʼlon qildi. 2013-yilda Forbes jurnalining dunyo boylari roʻyxatida 57 milliard dollar boyligi bilan 3-oʻrinni egalladi[6]. 2014-yilda uning boyligi 64 mlrd. dollarga yetdi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amansio kambagʻal xizmatchilar oilasida tugʻilgan. Yoshligidan kiyim doʻkonida tashuvchi boʻlib ishlagan[7]. Shu yerda Rosaliya Mera bilan tanishadi va keyinchalik (1966-yili) turmush quradi. 14 yoshida oilasi bilan boshqa shaharga koʻchib oʻtadi. Bu yerda bir italyan modelyeriga yordamchi boʻladi[8]. 1960-yili kiyim doʻkonlaridan birida menejer boʻladi[7]. 1972-yili u oʻz tikuvchilik fabrikasini ochadi[7]. 1975-yilda rafiqasi bilan “Zorba” nomli kiyim doʻkoniga asos soladi[7][9]. Keyinroq bu doʻkon “Zara” deb nomlandi[9]. 10 yildan soʻng Amansio ishlab chiqarish va savdo ishlari yirik xoldingiga asos soladi[7]. 1991-yili Pull & Bear, 1998-yili Bershka brendlari faoliyatini boshlaydi[10]. 2011-yilda Ortega “Inditex” kompaniyasi boshqaruvidan ketdi[5]. Shu yili 536 million dollarga Madriddagi 43 qavatli Pikasso minorasini sotib oldi[5]. 2017-yilda u dunyoning eng boy odami bo'ldi[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ortega Is Europeʼs Richest Man As Spain Ravaged By Debt(ingl.) // Alex Cuadros, Bloomberg, 14 июля 2012 года.
- ↑ Основатель Inditex стал самым богатым европейцем // Lenta.ru, 14.06.2012.
- ↑ 3,0 3,1 Топ-20 богатейших людей мира — 2011 // Forbes, 10 марта 2011 года.
- ↑ Амансио Ортега Гаона
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Топ-20 мировых миллиардеров: как они богатели — Амансио Ортега // Forbes, 07 марта 2012 года.
- ↑ Forbes опубликовал рейтинг самых богатых людей мира // Forbes, 04.03.2013.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Амансио Ортега Гаона: «отец» доступной одежды для всех // Майский Андрей, hisstory.ru, 16.09.2010.
- ↑ Мода по-быстрому // Сергей Панкратов, Итоги (журнал), № 12 / 614 (18.03.08).
- ↑ 9,0 9,1 Легенды моды — Zara. Самый быстрый модный бренд // Ольга Михайлина, woman.ru.
- ↑ Амансио Ортега — один из богатейших людей мира
- ↑ Dunyoning eng boy odami endi Bill Geyts emas
Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan. | |
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring. |