Kontent qismiga oʻtish

Alyuminotermiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alyuminotermiya, alyumo-termiya (alyuminiy va yun. therme — issiqlik) — metallar oksidlarini alyuminiy bilan kaytarib metall va qotishmalar olish usuli; biror metall oksidi bilan metall holidagi alyuminiyning kukun aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilsa, 3000° gacha issiqpik ajra-lib chiqadi, ajralib chiqqan ortiqcha issiqlik hisobiga temir oʻz oksididan oson qaytariladi. Bu usulni rus kimyogari N. N. Beketov (1827-1911) 1859-yil kashf etgan. Marganes, xrom, vanadiy, volfram va turli qotishmalar A. usuli bilan olinadi. A.dan poʻlat va choʻyanni pay-vandlashda (termit payvandda, rasmga qarang), yondiruvchi snaryadlarda foydalani-ladi (yana qarang Metallotermiya, Metallarni qaytarish).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil