Alyuminiy nitrat
Qiyofa
Alyuminiy nitrat, Al(NO)3 – nitrat kislotaning alyuminiyli tuzi. Oq rombik kristall modda. Alyuminiy gidroksid |Al(NO)3 ni nitrat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy nitrat kristallogidratlar A1(NO3)3H2O, A1(NO3)3-6H2O va A1(NO3)3 9N2O holdagina barqaror. U 200° gacha qizdirilganda azot oksidlariga va alyuminiy oksidiga ajraladi. Suvda yaxshi eriydi (100 g suvda 75,5 g), spirda ham eriydi. Alyuminiy nitrat toʻqimachilik sanoatida xurush sifatida, katalizatorlar olishda, neft sanoatida va laboratoriyalarda reaktiv sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |