Alvido, qurol!
1965-yilgi nashr jildi | |
Asl nomi | inglizcha: A Farewell to Arms |
---|---|
Muallif(lar) | Ernest Hemingway |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1929-yil |
Nashriyot | Charles Scribner's Sons |
Alvido, qurol! (inglizcha: A Farewell to Arms) - Ernest Hemingwayning 1929-yilda nashr etilgan romani. Kitob Birinchi jahon urushi davridagi sevgi haqida hikoya qiladi. Roman asosan avtobiografikdir - Xeminguey Italiya frontida xizmat qilgan, jangda yaralangan va Milan kasalxonasida yotgan, u yerda hamshiraga ko'ngil qo'ygan[1][2]
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerikalik arxitektor Frederik Genri Italiyada Birinchi jahon urushida ko'ngilli sifatida qatnashadi. U leytenant unvoni bilan sanitariya bo'limining transport bo'limi komandiri bo'lib xizmat qiladi. Bu yerda Frederik kasalxona hamshirasi ingliz Ketrin Barkli bilan uchrashadi va ular bir-biriga ko'ngil qo'yishadi. Ittifoqchi qo'shinlarning bir qator mag'lubiyatlari va chekinishidan ko'p o'tmay, Frederik o'zining amerikacha lahchasi tufayli Italiya dala jandarmeriyasi tomonidan josuslikda ayblovlar qurboni bo'lmaslik uchun qochib ketishga majbur bo'ladi. Ketrin bilan birgalikda u urushga neytral Shveysariyaga qochib ketadi, bu yerda ular dunyoning shafqatsizligidan va bema'ni qotilliklardan najot topganga o'xshaydi. Ammo ko'rinib turgan baxt qisqa muddatli bo'lib chiqdi - Italiyada homilador bo'lgan Ketrin Shveysariya kasalxonasida tug'riq paytida vafot etadi.
Ekranlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roman ilk bora 1930-yilda Laurence Stallings tomonidan sahnalashtirildi. 1932 va 1957-yillarda filmlar suratga olindi. 1966-yilda 3 qismli kichik serial suratga olindi.
Samuel M. Raimi tomonidan 1987-yilda suratga olingan Evil Dead 2 filmida "Alvido, qurol!" nomli kitobni uchratish mumkin.
Rejissor Richard Attenboroughning 1996-yilda suratga olingan In Love and War filmida Ernest Hemingway'ning Italiyadagi hayotini "Alvido, qurol!" romani voqealari asosida tez yordam avtomashinasi haydovchisi ko'rinishida ko'rish mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „SparkNotes:A Farewell to Arms, Context“. 2011-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-fevral.
- ↑ Litra.ru. „Эрнест Хемингуэй. Прощай, оружие! Предисловие автора“ (24-oktyabr). 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.