Kontent qismiga oʻtish

Allohshukur Poshozoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Allohshukur Himmat oʻgʻli Poshozoda
Allahşükür Paşazadə
Tavalludi 26-avgust 1949-yil (1949-08-26) (75 yosh)
Fuqaroligi Ozarbayjon
Mukofotlari
Imzosi

Shayxulislom Hoji Allohshukur Poshozoda (toʻliq ismi:  Allohshukur Hummat oʻgʻli Poshozoda, ozarb. Allahşükür Hümmət oğlu Paşazadə) —Kavkaz musulmonlarining XII Shayxulislomi va Kavkaz musulmonlar idorasi raisi  (Kavkaz musulmonlarining 29-iyul 2003-yildagi Boku shahrida oʻtkazilgan XI qurultoyida bir ovozdan umrbod rais — Shayxulislom sifatida saylandi[1]), Boku davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori.[2]

Allohshukur Hummat oʻgʻli Poshozoda  1949-yil 26-avgustda Ozarbayjonning janubiy shaharlaridan va tarixiy madaniyat markazlaridan biri boʻlgan Lenkoranning Jil qishlogʻida tugʻildi. U bolaligida dunyoviy bilimni Veravul qishloq maktabida, dastlabki diniy taʼlimini esa mashhur din ulamosi Shayx Qudratdan oldi. Shuni qayd etib oʻtish joizki, davrining taniqli diniy olimlaridan hisoblangan Oxund Shayx Qudrat 1905-yilda Ozarbayjonning Masalli viloyatining Babaser qishlogʻida tugʻilgan. U ilk diniy taʼlimini avval dindor sifatida katta obroʻga ega boʻlgan otasi Karbaloyi Ogʻakishidan, keyinchalik esa Masalli ulamolaridan hisoblangan va Mollaoba qishlogʻidan boʻlgan Mulla Mikoyildan olgan. Shayx Qudrat oʻsmir vaqtlarida arab, fors, turk tillarini, shariat, ilohiyot ilmlarini chuqur oʻrganib, tahsilini Sharqning mashhur madrasalaridan hisoblangan Erdebil shahridagi „Mirza Ali Akbar“ madrasasida olgan. XX asrning 30-yillarida uning katta obroʻsidan xavotirlangan kommunist rejimi taʼqiblariga duchor boʻlsa ham Shayx Qudrat islom targʻibidan voz kechmadi. Keyinchalik Axund Shayx Qudratga bir qancha diniy vazifa taklif qilinishiga qaramay, u bu lavozimlarni rad etib, umrini yoshlarga mudarrislik qilish va xayrli ishlar koʻrish bilan oʻtkazdi.[3]

Allohshukurning yoshi hali maktab yoshiga yetmasa ham u qishloqning obroʻli mullalaridan hisoblangan Mulla Izzatdan dars olar, shariat qonunlariga koʻngil berib, islom bilimlaridan bahra olardi. Keyinchalik esa Allohshukur dunyoviy taʼlim olish bilan birga diniy taʼlimini yuksaltirish uchun yashagan joyidan uzoqda boʻlgan Qur’onni, shariatni yaxshi biluvchi vaqtida  Najafda, Mashhadda, Ardabilda mukammal taʼlim olgan olimlardan taʼlim olgan.[3]

Qalbida Allohga  muhabbat boʻlgan Allohshukur Taʼlim olish maqsadida bir necha yil mashaqqat bilan ishladi va nihoyat, maqsadi orqasidan Oʻzbekistonning Buxoro shahriga borib, oʻsha davrda diniy darslarning oliy taʼlim maskani hisoblangan, oʻrta asrlarda tamal toshi qoʻyilgan va qadimiy tarixga ega boʻlgan „Mir Arab“ madrasasiga oʻqishga kirdi. Diniy tayyorgarligi, muqaddas Qur’oni Karimni, shuningdek, arab va fors tillarini oʻrganishga qunt qilishi undan imtihon olgan olimlarni ham hayron qoldirdi. Allohshukur hali talaba boʻlishiga qaramay, bu voqea muqaddas yoʻlning boshlangʻichi edi. Hali oldinda koʻpgina mashaqqatlar bor edi. „Mir Arab“ madrasasida taʼlim olgan davrda mashaqqatli yoʻllarni bosib oʻtsa-da, bu Allohshukurni oʻz yoʻlidan qaytarmadi. Kunduzi taʼlim olib, kechalari esa tirikchilik qilish uchun ogʻir ishlarni bajargan bu oʻsmir talabaning yagona orzusi bor edi: mukammal diniy taʼlim olish. Allohshukur Poshozoda Qur’onni yaxshi oʻzlashtirish, uning tarixini, tafsir ilmini, fiqh va hadis ilmlarini chuqurroq oʻrganish uchun tahsilni davom ettirishi kerak edi. Shu sababli ham u „Mir Arab“ madrasasini muvaffaqiyat bilan yakunlagach, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent  Musulmonlar Idorasiga kirdi, u yerda taʼlim olish bilan birga Toshkent Universitetining Tarix fakultetida ham oʻqishni davom ettirdi.[4]

Allohshukur Poshozoda kelajakning shayxulislomi sifatida Buxoroda taʼlim olgan davrda Sharq tillaridan boʻlgan arab va fors tillarini mukammal bilganidek, ingliz, rus va oʻzbek tillarini ham mukammal oʻrgandi. U ayni vaqtda oʻzbek xalqining hayotiga, tarixiga, madaniyatiga, odat-anʼanasiga katta qiziqishi bor edi. Taʼlimini muvaffaqiyat bilan yakunlagach, ona Vatanga — Ozarbayjonga qaytgan Allohshukur Poshozoda avval Shayxulislom Mulla Aliogʻa Sulaymonzoda (1885-1975) tomonidan 1975-yilda Kavkazorti Musulmonlar Idorasining mas’ul kotibi lavozimiga tayinlandi, uch yildan keyin esa „Tozapir“ masjidi muftiysi va Kavkazorti Musulmonlar Idorasi raisi muovini boʻldi. Yuksak savodi va muhokamalari, sof maʼnaviyati va insonlarga xizmat qilish qobiliyati, shuningdek, prinsipialligi bilan ajralib turuvchi oʻttiz yoshli Allohshukur Poshozoda 1980-yilda Kavkaz (Kavkazorti) Musulmonlar Idorasi raisi vazifasiga oʻtdi, Kavkazning eng yosh oʻn ikkinchi shayxulislomi sifatida katta va mas’uliyatli, ayni vaqtda sharafli lavozimga koʻtarildi.[4]

Shayxulislom Allohshukur Poshozoda  bu oliy va muqaddas diniy vazifaga tayinlangach, faoliyat doirasini yana-da kengaytirib, Kavkaz Musulmonlar Idorasini nafaqat Ozarbayjon va Kavkazda, balki butun dunyoda katta nufuzga ega boʻlgan tashkilotga aylantirdi. Uning koʻp martalik xorijiy safarlari, dunyoning moʻtabar diniy tashkilotlari rahbarlari va mufuzli din xodimlari bilan uchrashuvlari, ilmiy, diniy konferensiyalardagi chiqishlari bu tashkilotning dunyo miqyosida tanilishiga sabab boʻldi.[5]

Siz diniy-ijtimoiy xodim sifatida xalqaro olamda ham katta obroʻga egasiz, Ozarbayjon haqiqatlarining dunyo jamiyatiga yetkazilishi, Kavkazda sulh va omonlikning mustahkamlanishi bilan bogʻliq faoliyatingiz katta olqishga sazovordir. Qur’oni Karim tatbiq etgan haq, adolat va gumanizm gʻoyalari Islom olamining mas’uliyatli muammolarining hal etilishidagi tashlagan qadamingizda oʻz aksini topgan.[5]

— — Haydar Aliyev, Ozarbayjon xalqi Umummilliy lideri

Shayxulislom Allohshukur Poshozoda  bir qator xalqaro ilmiy va diniy tashkilotning — Umumdunyo Islom Kongressi Idora Hay’atining, Yevroosiyo Islom Kengashi Idora Hay’atining va boshqa bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar aʼzosidir. U 2004-yildan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Dinlararo Kengashining hamsadridir. Shayxulislom hazratlari, shuningdek, „Katolik-pravoslav mazhablararo aloqalar komissiyasi“ guruhi aʼzosi (2006), UNESCO qoshidagi Din xodimlarining oliy darajali mashvarat guruhi aʼzosi (2009), BMT Dinlararo Mashvarat Kengashi aʼzosi, Umumjahon Islom Kongressi, Umumjahon xalq rahbarligi, Umumjahon Sulh Kengashi, Yevroosiyo Islom Kengashi, „Vijdonga chaqiruv“ Xalqaro fondi va bir qator boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning rayosat hay’atlari aʼzosi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti qoshidagi Amnistiya komissiyasi aʼzosi, Iordaniya Islom Madaniyati Qirol Akademiyasi haqiqiy aʼzosi (2001), Xalqaro Fiqh Akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Xalqaro Fiqh Tashkiloti taʼsischilaridan biri (2008), Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi musulmon diniy liderlari Mashvarat Kengashi sadri (2009) va KAICIID Xalqaro Dinlararo va Madaniyatlararo Muloqot markazi hamsadridir (2017).[3][4]

Shayxulislom Allohshukur Poshozoda  15-noyabr 1988-yilda sulhparvarlik faoliyatiga koʻra SSSRning Xalqlar doʻstligi ordeni bilan taqdirlandi. 1989-yilda SSSR xalq deputati, keyinchalik mustaqil Ozarbayjon deputati etib saylandi. Boku davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori. 1992-yil 7-sentabrda Checheniston poytaxti Grozniy shahrida oʻtkazilgan Kavkaz Uyi konferensiyasida Ozarbayjon, Dogʻiston, Kabarda-Balkariya, Gruziya, Ingushiya, Checheniston, Qorachoy-Cherkasiya, Adigeyning diniy xodimlari tomonidan Kavkaz xalqlari Oliy Diniy Kengashi sadri etib saylandi. 2003-yilda shayxulislomlik vazifasiga umrbod saylandi.[6] Dunyoning eng nufuzli 500 musulmon shaxsiyatidan biri hisoblanadi.[7] 1991-yilda Boku Islom Universitetini taʼsis etdi. Ashuro marosimlari vaqti qon berish aksiyasini boshlab berdi.

Shayxulislom Allohshukur Poshozoda tashabbusi bilan 2005-yilda „Shayxulislom ordeni“ taʼsis etildi. Bu ordenga sulh, tolerantlik, maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularning taraqqiyoti yoʻlida katta xizmatlari uchun ilk marta Ozarbayjon xalqi Umummilliy lideri Haydar Aliyev loyiq koʻrildi.

Shayxulislom Allohshukur Poshozoda va Oʻzbekiston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bizni yaratgan Alloh Taolodan kelgan bu marhamat toʻla va barakatli kunlarda Oʻzbekistonni doim yuragingizga yaqin tutib, muvaffaqiyatlarimizga sevingan Siz aziz doʻstimiz, xalqlarimiz orasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar rivojiga tuhfa berishingizni yana bir bor e’tirof etishni xohlardik.

— 
Ishonchim komilki, doʻstlik va hamkorlik qadrini bilgan va bu yoʻlda doim xizmat qilgan Siz kabi ma’rifatli shaxslar Oʻzbekiston-Ozarbayjon qardoshligining ramzi sifatida xizmat qiladi.[8][9][10], — Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Aʼzo boʻlgan tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Umumdunyo Islom Kongressi Idora Hay’atining, Yevroosiyo Islom Kengashi Idora Hay’atining va boshqa bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar aʼzosidir.
  • 2004-yildan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Dinlararo Kengashining hamsadri, MDH musulmonlar Mashvarat Kengashi sadri etib saylangan.
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Dinlararo Kengashining hamsadri, „Katolik-pravoslav mazhablararo aloqalar komissiyasi“ guruhi aʼzosi (2006), * UNESCO qoshidagi Din xodimlarining oliy darajali mashvarat guruhi aʼzosi (2009),
  • BMT Dinlararo Mashvarat Kengashi aʼzosi,
  • Umumjahon Islom Kongressi, Umumjahon xalq rahbarligi, Umumjahon Sulh Kengashi, Yevroosiyo Islom Kengashi, „Vijdonga chaqiruv“ xalqaro fondi va bir qator boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning rayosat hay’atlari aʼzosi,
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti qoshidagi Amnistiya komissiyasi aʼzosi,
  • Iordaniya Islom Madaniyati Qirol Akademiyasi vaqtinchalik aʼzosi (1986) va haqiqiy aʼzosi (2001),
  • Xalqaro Fiqh Akademiyasi haqiqiy aʼzosi,
  • Xalqaro Fiqh Tashkiloti taʼsischilaridan biri (2008),
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi musulmon diniy liderlari Mashvarat Kengashi sadri (2009).[3][4]

Ilmiy maqolalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kavkazda Islom
  • Islomda shahidlik
  • Milliy munosabatlar va din
  • Islomda xalq va jamiyat.[3][4]

Shayxulislom Allohshukur  Poshozodaning diniy-ijtimoiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:Vladimir Putin 24-noyabr 2000-yil-4.jpg

Shayxulislomlik darajasi tarixan musulmon dunyosida katta martaba hisoblangan. „Islom shayxi“, „musulmonlar oqsoqoli“, „musulmonlar boshchisi“ maʼnolari dagi „shayxulislom“ laqabi taniqli fiqh olimlari, mashhur soʻfiy murshidlariga  berilgan. Soʻzma-soʻz „shayx“ xoja maʼnosida, „shayxulislom“ esa „Islom xojasi (muallimi)“, „diniy rahbar“ deganidir. Misr va Suriya mamluklari davrida eng moʻtabar muftiylarga „shayxulislom“ deyilgan. Safaviylar davlatida shayxulislom shoh tomonidan tayinlangan bosh qozilardan biri boʻlgan. Bir vaqtlar Istanbul muftiysi ham shayxulislom deb nomlangan. Usmoniylar davrida (XVI asrdan XX asr boshlarigacha) shayxulislom maqomi shunchalar yuksalib, obroʻsi koʻtarilganki, u nafaqat oliy salohiyatli din xodimi, din olimlarining boshchisi hamda moʻtabar davlat shaxslaridan biri hisoblangan. Saroyda eng katta marosimlarga shayxulislom rahbarlik qilgan, sultonni u dafn qilgan valiahddan qasamyodni u olgan va uni taxtga oʻtqizgan, qozilarni ham u tayinlagan. Xalifalik bekor qilinib, Turkiya Respublikasi tashkil topgach, bu mamlakatda shayxulislomlik lavozimi ham bekor qilindi. Lekin bir qator musulmon mamlakatlarida, shu jumladan, Kavkaz mintaqasida bu oliy maqom oʻzgarishlar bilan hozirgacha saqlanib qoldi.[3][4][5][11]

Shayxulislom nomi musulmon oʻlkalarida XI asrdan eʼtiboran muomaladadir. Yuqori qayd qilinganidek, bu nom shariat huquqi ilohiyotchilariga, oliy islom xodimlariga berilgan faxriy tituldir va asosan, faqihlarga berilar edi. „Fiqh“ arab soʻzi boʻlib, lugʻaviy maʼnosi „bilmoq“, „tushunmoq“ demakdir. „Fuqe ha“ esa musulmon huquqini biluvchilarga, fiqh ilmi olimlariga nisbatan aytiladi. Aniqroq qilib aytganda, fiqhiy masalalar bilan shugʻullanuvchi, fiqhdan dars beruvchi va yoki faqat bu sohada muvofiq taʼlim olgan va fiqh jihatdan jamiyatning turli masalalari borasida muhokama yurituvchi shaxs faqih deb nomlanadi. Faqih dini taʼlimga rahbarlik qilish huquqi boʻlgani sababli bu sohada rahbarlik vazifasini bajaruvchi shayxulislom maqomi beriladi. Avvallar bu maqom asosan davlat rahbarlari maslahati, kafolati bilan din rahbarlariga berilardi. Soʻnggi yillarda esa shayxulislom bu maqomga saylov usuli bilan majlislarda saylanadi.[3][4][5][11]

Shayxulislom nomi XIX asr boshlaridan eʼtiboran Kavkazortida Rossiya imperatori tomonidan shia jamiyati rahbariga berila boshlandi. Keyinchalik „Turkmanchoy“ shartnomasidan keyin Ozarbayjonning shimoliy qismini oʻz taʼsir doirasiga olgan chor Rossiyasi Kavkazda diniy masalalarni oʻz nazoratida va shia tariqatiga rahbarlik qilish uchun 1823-yilda shayxulislom vazifasini taʼsis etdi. Lekin koʻp oʻtmasdan chorizm 1832-yilda sunniy tariqatiga diniy rahbarlik uchun muftiy vazifasini ham taʼsis etdi.[3][4][5][11]

Shayxulislom va muftiy 1872-yilgacha alohida faoliyat koʻrsatgan, turli diniy masalalarni nizomlovchi fatvolar bergan. Shu sababli ham ilk Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda shayxulislomlik vazifasini qoʻlga kiritgach, Kavkazda diniy masalalarga mutlaq rahbarlik qila olmasdi. Islom nuqtayi nazaridan mujtahidlik shayxulislomlikdan balandroq maqom hisoblansa ham u davrda yuz bergan siyosiy hodisalarni eʼtiborga olgan chor Rossiyasi shayxulislomning mujtahidga tobeligiga ruhsat bermasdi. Shu sababli diniy hukmlar izohida farqli mavqelar oʻrtaga chiqqanda bu vazifadagilar orasida turli ixtiloflar paydo boʻlgan. Mujtahid Ogʻa Shayx Ali bilan Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda orasidagi ixtilof borgan sari keskinlashishi chor Rossiyasiga muammo tugʻdirgani sababli chor farmoni bilan mujtahidlik bekor qilindi va bu vazifada boʻlgan shaxsning Kavkaz musulmonlari ichida faoliyati rasman taqiqlandi. Shunday qilib Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda Kavkazda diniy masalalarning hal qilinishida toʻliq erkinlik va sheriksiz hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Faqatgina diniy masalalar bilan kiyofalanmagan Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda ayni vaqtda davlat xizmatchisi sifatida ham xizmat qilgan. XX asr boshlarida, yaʼni 1918—1920-yillarda tashkil topgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasida „Mashixati Islomiya“ idorasi rahbari „shayxulislom“ deb nomlanardi. Shuningdek, 1921-yildan 1991-yilgacha sobiq SSSR da Kavkazorti Musulmonlari Islom Idorasining, 1991-yilda hozirgi kungacha esa Ozarbayjon Respublikasida Kavkaz Musulmonlar Idorasi (KMI) rahbariga berilgan nomdir. XIX asr boshlarida, 1823-yilda taʼsis etilgan Kavkazorti Musulmonlari Islom Idorasining markazi Tbilisida joylashgan edi. Tahminan yuz yil davom etgan shayxulislomlik markazi XX asr boshlarida, 1921-yilda Ozarbayjon poytaxti Bokuga koʻchirildi. 1930—1944-yillar orasida shayxulislomlik faoliyati butunlay toʻxtatilsa ham 1944-yilda tiklandi va bugungacha davom etmoqda.[3][4][5][11]

Kavkaz Musulmonlar Idorasining taʼsis etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asr boshlarida Kavkazning (Kavkazorti) Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinishi bilan bogʻliq hududda Islom taʼsislarining strukturasida ahamiyatli oʻzgarishlar sodir boʻldi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, 1823-yilda Kavkaz (Kavkazorti) shialariga boshchilik qilish uchun Tbilisida shayxulislom vazifasi taʼsis etildi. Bundan toʻqqiz yil soʻngra, 1832-yilda Tbilisi shahrida Kavkaz sunniylarining rahbari boʻlgan muftiy vazifasi ham taʼsis etildi. Lekin shayxulislom va muftiy maqomlarining taʼsis etilishi hali Kavkaz (Kavkazorti) Islom Idorasining tashkili degani emasdi. Ular faqat yagona qoidada faoliyat koʻrsatuvchi diniy rahbarlar edi.[3][4][5][11]

Shayxulislom rahbarlik qilgan shia, muftiy rahbarlik qilgan sunniy musulmonlar idoralari chorizmning 1872-yil 5-apreldagi asosnomasi bilan tasdiqlandi va 1917-yil fevraliga qadar bu asosnoma asosida faoliyat koʻrsatardi. Shayxulislom va muftiy chorning Kavkazdagi vakili tomonidan tayinlanardi. Islom idoralarining faoliyati esa chorizm usul-idorasi tomonidan boshqarilardi. Bular davlat idorasining bir boʻlimi hisoblanardi, musulmonlar esa chor mansabdorlari bilan barobar koʻrilardi. Islom ideologiyasini imperiyaning saodati nomiga xayrixoh yoʻnalishga yoʻnaltirish maqsadida chorizm Kavkaz shia va sunniy musulmonlarining boshqarilishi toʻgʻrisida maxsus Nizomnoma ham eʼlon qildi. Ushbu Nizomnomaga koʻra, bu yerga (shialikda) shayxulislomlar, qozilar va oxundlar, sunniylikda esa muftiylar, imom-xatiblar, afandilar, shuningdek har ikki tomonga kiruvchi mullalar, muazzinlar, Islom dinining turli maddohlari, sayyidlar, murshidlar va boshqalar kirar edi. 1920-yilgacha Kavkazda, shu jumladan, Ozarbayjonda musulmonlar ikki darjaga boʻlinardi: shayxulislom, muftiy va b., shia va sunniy musulmon idoralarining, gubernatorlik musulmon majlislari aʼzosi, masjid mullalari.  Shu bilan birga musulmonlar diniy ideologiya, ahkom, amaliy hayot masalalarini hal qilish va ularga diniy, ijtimoiy qiymat berish salohiyatiga koʻra uch guruhga ajratilgan edi: birinchi oliy guruhga Kavkaz idoralarining rahbarlari — shayxulislom va muftiylar, ikkinchi oʻrta guruhga gubernatorlik musulmon masjidlarining aʼzolari va qozilar, uchinchi quyi guruhga esa mahalliy masjid mullalari (oxundlar, imom-xatiblar, muazzinlar, mukabbirlar), amalayi-movtlar (janoza marosimini oʻtkazuvchilar) va boshqalar kirardi. Boku va Ganja (oʻsha vaqtdagi Yelizavetpol) gubernatorliklarining har birida shia va sunniy oqimlariga tegishli boʻlgan, faoliyat koʻrsatuvchi ikki gubernatorlik musulmonlar majlisining raisi joy olgandi. Har majlisda ikki nafar aʼzo va boshqa xodimlar faoliyat koʻrsatardi. Maʼlumotga koʻra 1920-yilgacha kavkazortida 23 nafar shia, 16 nafar sunniy qozisi, 1823-yildan bugungi kungacha esa 12 shayxulislom va 11 muftiy boʻlgan.[3][4][5][11]

Ozarbayjon Shayxulislomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kavkaz Rossiya tomonidan bosib olingach, Islom oʻz tarixida ikkinchi marta regionda hokim din boʻla olmadi. Lekin bu safar vaziyat butunlay boshqacha edi: agar XIII asrda moʻgʻullar tomonidan istilo etilgach, mahalliy musulmon ulamolarining butparast ishgʻolchilarni Islom dinini qabul qilishiga targʻib etish imkoni boʻlgan boʻlsa, XIX asrda buning aksi boʻldi, musulmonlar xristianlikning rasmiy din boʻlgan davlatning tobesi boʻldilar. Shu sababli ulamolar Rossiyaning mintaqadagi siyosatiga manfiy munosabatda edilar. Buni Rossiyaning hokimiyat organlari ham juda yaxshi bilardi. Oʻsha davrning hujjatlarida rus mansabdorlari necha martalab koʻrsatar edilarki, faqat musulmon ulamolarini jiddiy nazorat ostiga olgachgina mintaqaning xristianlashtirilishi jarayoniga kirishish mumkin edi. Bu jarayonni esa Rossiyaning hokimiyat doiralari Eron va Usmoniylar imperiyasi bilan urushlar tugagachgina boshlay olardilar.

  1. Shayxulislom Oxund Muhammadali Husaynzoda (ozar.)
  2. Shayxulislom Oxund Fozil Irevaniy (ozar.)
  3. Shayxulislom Oxund Ahmad Husaynzoda (ozar.)
  4. Shayxulislom Oxund Mirza Hasan Tohirzoda (ozar.)
  5. Shayxulislom Oxund Abdusalom Oxundzoda (ozar.)
  6. Shayxulislom Oxund Muhammadhasan Ismoil oʻgʻli Mavlozoda Shakaviy (ozar.)
  7. Shayxulislom Oxund Muahmmadali Farajulloh Pishnamozzoda (ozar.)
  8. Shayxulislom Oxund Ogʻa Alizoda (ozar.)
  9. Shayxulislom Oxund Mirmuhsin Shayx Ali oʻgʻli Hakimzoda (ozar.)
  10. Shayxulislom Mulla Aliogʻa oʻgʻli Sulaymonzoda (ozar.)
  11. Shayxulislom Oxund Mirgazanfar Ibrohimov (ozar.)
  12. Shayxulislom Allohshukur Poshozoda

Tashabbuschisi va tashkilotchisi boʻlgan xalqaro ilmiy konferensiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1998-yilda „Zamonaviylik va diniy-maʼnaviy qadriyatlar“
  • 2003-yilda „Allohning lutfi, xalq xaloskori“
  • 2004-yilda „Globallashuv va islom“
  • 2005-yilda „Globallashgan dunyoda islom“
  • 2006-yilda „Tolerantlik namunasi — Ozarbayjon“
  • 2006-yilda „Islomda sabr-bardosh“
  • 2010-yilda Bokuda oʻtkazilgan Dunyo Din Xodimlari Sammiti
Fayl:Dmitry Medvedev in Azerbaijan 3-iyul 2008-yil-9.jpg
Allohshukur Poshozoda Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev, Boku Rus pravoslav cherkov yepiskopi Aleksandr va Ozarbayjonning togʻ yahudiylari diniy jamiyati raisi Semyon Ixiilov. Boku, 3-iyul, 2008-yil.
  •  AZE „Shuhrat“ ordeni
  •  AZE „Istiqlol“ ordeni (1999)
  •  AZE „Sharaf“ ordeni
  •  AZE „Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining faxriy diplomi“
  •  Sovet Ittifoqi „Xalqlar doʻstligi“ ordeni (1988)
  •  EGY I darajali „Al-ilm va amal“ ordeni (1992)
  •  EGY „Shuhrat“ ordeni (1994)
  •  RUS Rus Pravoslav Cherkovining birinchi darajali „Muqaddas Vladimir“ ordeni (2001)
  •  RUS Rus Pravoslav Cherkovining „Shuhrat va sharaf“ ordeni
  •  RUS I darajali „Muqaddas Sergey Radonejevskiy“ ordeni
  •  RUS Rossiya Muftiylar Kengashining I darajali „Al Faxr“ ordeni
  •  RUS Boku va Kavkazboʻyi Yeparxiyaning I darajali „Muqaddas Apostol Varfolomey“ ordeni
  •  RUS Shimoliy Kavkaz Musulmonlari Koordinatsiya Markazining I darajali „Ummat oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni
  •  RUS „Dostlik“ ordeni
  •  RUS „Shuhrat“ ordeni
  •  RUS Checheniston Respublikasi Milliy Qahramoni „Koman Turpal“ ordeni
  •  RUS Kadirov ordeni
  •  RUS „Sharaf“ ordeni (2009)
  •  RUS Rus pravoslav cherkovining I darajali „Muqaddas moʻmin Moskva knyazi Danil“ ordeni
  • „Muqaddas Grigoriy“ ordeni
  •  JOR I dərəcəli „Qirol Husayn“ ordeni
  •  SRB „İmperator Buyuk Konstantinning“ oltin tangasi
  •  GEO „Qoʻchqorning oltin terisii“ ordeni
  •  GEO „Sharaf“ ordeni (2001)
  • „İNTERSAFETY“ terrorizm, korrupsiya, ekologiya jinoyatlariga qarshi Xalqaro Xavfsizlik Qoʻmitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mukofotlar Ittifoqining (UNCOPA) „Yarimoy va Yulduz“ ordenining oliy darajasi
  • Xalqaro Ekoenergetika Akademiyasining oltin medali
  • Sulh Fondlari Xalqaro Assotsiatsiyasi, Umumjahon Veteranlar Federatsiyasi va „Xalq xotirasi“ Xalqaro Veteranlar Fondining taʼsis etgan xotira medali (2007)[12]

U toʻgʻrisida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayxning hayot va faoliyati bilan bogʻliq quyidagi kitoblar va yuzlab maqolalar nashr etilgan:

  • Oʻn ikkinci Shayxulislom
  • Marhamatli va shafqatli qalb
  • Shayxulislom: ijtimoiy xodim, olim
  • Bizning bir shayximiz bor
  • Muqaddas umr onlari
  • Shayxulislom Allohshukur Poshozoda: fan va din birligi
  • Kavkaz Musulmonlar Idorasi va Armaniston-Ozarbayjon nizolari
  • İkki asr  Shayxulislomi
  • Alloh lutfi:  25 yil Shayxulislom
  • Shayxulislom-Taqdir
  • Nuri yoʻlning oqil sayyohi
  • Sharaf va Shuhrat choʻqqisi i
  • Shayxulislom: anʼana va zamonaviylik birligi
  • Shayxulislom Allohshukur Poshozodaning orden va medallari (4 tilda)
  • Poshozoda Allohshukur. „İslom dini terrorizmga qarshi“ / „Haq nuri“ gazetasi, 24-30-iyul, 2015.
  • „bizning bir shayximiz bor: Shayxulislom Hoji Allohshukur Poshozoda haqida maqola, intervyu, etyud va sheʼrlar“ (maslahatchi akad. Vasim Mammadaliyev; red. va nashr Ogʻoddin Mansurzoda). Sumqayit, 1999, 266 b.
  • „Qur’oni-Karim“ va Ozarbayjon turkchasi bilan tarjimasi. Mutarjim: Rasul Ismoyilzoda Duzal. Nashriyot: „Qur’oni Karim“ning barcha tillarga tarjima markazi. Eron-Qum, 2000, 614 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Arab tilidan tarjima qilganlar: Ziyo Bunyodov, Vasim Mammadaliyev. Maslahatchi-redaktor: Shayxulislom Allohshukur Poshozoda. „Qismat“ Nashriyot va Poligrafiya (Boku), „Kozan Ofset“ matbaasi" (Ankara), 1997, 606 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Arab tilidan tarjima qilganlar: Ziyo Bunyodov, Vasim Mammadaliyev. Maslahatchi-redaktor: Shayxulislom Allohshukur Poshozoda. „Qismat“ nashriyoti, Boku, 2004, 390 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Arab tilidan tarjima qilganlar: Ziyo Bunyodov, Vasim Mammadaliyev. Maslahatchi-redaktor: Shayxulislom Allohshukur Poshozoda. „Qismat“ nashriyoti, Boku, 2008, 606 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Ozarbayjon tilida izohi. Narimon Qosimoʻgʻli qalami bilan. „Ozarbayjon“ nashriyoti, Boku, 1993, 368 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Ozarbayjon tilida. Arab tilidan tarjima qilganlar: Mammadhasan Gʻani oʻgʻli, Tariyel Bilol oʻgʻli. „Goʻkturk“, Boku, 2000, 604 s.
  • „Qur’oni-Karim“. Ozarbayjon tilida. Arab tilidan tarjima qilganlar: Ziyo Bunyodov, Vasim Mammadaliyev. Maslahatchi-redaktor: Shayxulislom Allohshukur Poshozoda. „Azernashr“, Boku, 1992, 714 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Ozarbayjon tiliga tarjima qilganlar: Ziyo Bunyodov, Vasim Mammadaliyev. „Azernashr“, Boku, 1991, 714 b.
  • „Qur’oni-Karim“. Ozarbayjon tiliga tarjima qilganlar: Ziyo Bunyodov, Vasim Mammadaliyev. „Nurlar“, Boku, 2015, 632 b.
  • „Respublika“ gazetasi, 2013-yil, 8-may.
  • Abbosov Yoqub. „İslom olimlari. Dunyodagi taniqli ozarbayjon mujtahidlar, oyatullohlar, XVI-XX asrlar“. Nurlar, Boku, 2007, 440 b.
  • Abdulloh Adil al-Falah. „Shayxulislom, anʼana va zamonaviylik birligi“. „Qismat“ nashriyoti, Boku, 2009, 142 b.
  • Ahmadov Rashodat. „Ozarbayjonda xalq orasida tarqalgan baʼzi mashhur iboralar va ularga berilgan qiymatlar“ / Davlat va Din (Ilmiy tadqiqotlar toʻplami), № 3 (7), Ozarbayjon Respublikasi Diniy Tashkilotlar bilan ishlar boʻyicha Davlat Qoʻmitasi. Boku, sentabr, 2008.
  • Ahmadov Sayid Ozar. „Tafsir və tafsirning metodlari“. Qum, 2016, 412 b.
  • Al-Bakuviy Mir Muhammad Karim Mir Jafar al-Alaviy al-Husayniy al-Musaviy. "„Kitabu-kəashfil haqoyiq an nukatilayot vad-daqayiq“. (Tafsiri-Qur’oni Sharif). II tom. 1904, 791 b.
  • Al-Bakuviy Mir Muhammad Karim Mir Jafar al-Alaviy al-Husayniy al-Musaviy. „Kitabu-kəashfil haqoyiq an nukatilayot vad-daqayiq“. (Tafsiri-Qur’oni Sharif). I tom. 1904, 745 b.
  • Al-Bakuviy Mir Muhammad Karim Mir Jafar al-Alaviy al-Husayniy al-Musaviy. „Kitabu-kəashfil haqoyiq an nukatilayot vad-daqayiq“. (Tafsiri-Qur’oni Sharif). III tom. 1904, 959 b.
  • Ali ibn Abutolib. „Nahjul-balogʻa“. Boku, 1994, 399 b.
  • Ali Nosir. „Dan yulduzi“. „Adiloğlu“ nashriyoti, Boku, 2002, 136 b.
  • Aliyev Haydar. „Islom sivilizasiyasi Kavkazda“ / Xalqaro xalq simpoziumda nutq. „Ozarbayjon“ gazetasi, 12-dekabr, 1998.
  • Aliyev Ilhom. „Dinlararasi dialog: ikki tomonlama kelishuvdan birga hamkorlik tomon“. Xalqaro Konferensiyada chiqishi. „Sharaf va Shuhrat choʻqqisi“ kitobida, „Qismat“ nashriyoti, Boku, 2009, 184 b.
  • Aliyev Ilhom. „ozarbayjonda multikulturalizm yashaydi, mustahkamlanadi“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 7, (36), Ozarbayjon Respublikasi Diniy Tashkilotlar bilan ishlar boʻyicha Davlat Qoʻmitasi. Boku, 2015.
  • Aliyev Rafiq. „Din. Axloqqa yetaklovchi yoʻl.“. „Abilov, Zeynalov va oʻgʻillari“, Boku, 2005, 80 b.
  • Aliyev Rafiq. „Islom“. (Ikkinci nashr), „Irshad“ Islom Tadqiqotlar Markazi, Boku, 2004, 332 b.
  • Aliyev Rafiq. „Shayxulislom, Ijtimoiy xodim, Olim“. „Abilov, Zeynalov va oʻgʻillari“, Boku, 1999, 100 b.
  • Alloma Shayx Muhammad Hodi Maʼrifat. „at-Tafsir valmufassirin“, birinchi nashr, Mashhad, h. 1418, 312 b.
  • Babayev Xonali. „Nurli qalamlar“. „Fan nashriyoti“, Boku, 2010, 265 b.
  • Babayev Xonali. „Shayxulislom Allohshukur Poshozoda: fan va din birligi“. „Qismat“ nashriyoti, Boku, 2005, 200 b.
  • Bunyodov Ziyo. „Dinlar, Tariqatlar, Mazhablar“. „Ozarbayjon“ nashriyoti, Boku, 1997, 287 b.
  • Farhodov Ali. "Mir Muhammad Karim Al-Bakuviy va „Kashful-Haqayiq“ / Davlat va Din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 1, (30), Boku, 2015.
  • Firudin bey Koʻcherlining shaxsiy arxivi, Boku: „Nurlan“, 2005, 288 b.
  • Gʻaniyev Mohir. „Islomda sulh va urush tushunchasi“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), may-iyun, 2011.
  • Goʻyushov Nasib. „Milliy sanʼatning nazariy tahliliga kirish“. „Nurlan“, Boku, 2006. 325 b.
  • Goʻyushov Nasib. Aynulquzzat Hamedani. Tamhidat. (Soʻz boshi, forschadan ozarbayjonchaga tarjima va sharhlar). „Adiloğlu“, Boku, 2006. 358 b.
  • Hamidulloh Muhammad. „Islomga kirish“. „Qismat“, Boku, 2006, 368 b.
  • Hasanli Anar. „Ozarbayjonda Tolerantlikning asosiy xususiyatlari toʻgʻrisida“ / Davlat va Din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 1, (30), Boku, 2015.
  • Hasanli Sobir. „Imon va fan“. „Fan va hayot“ nashriyoti, Boku, 1998, 128 b.
  • Hasanli Sobir. „Odamdan Xotamga“, (Paygʻambarlarning qisqacha tarixi). Boku, 1993. 99 b.
  • Hasanli Sobir. „Haqqa toʻgʻri“. „Fan va hayot“ nashriyoti, Boku, 1998, 319 b.
  • Hasanli Sobir. „Islom madaniyatida fan“. „Fan va hayot“ nashriyoti, Boku, 1998, 208 b.
  • Hasanli Sobir. „Oʻrta davr (XIII-XVI asrlar) Ozarbayjon diniy-falsafiy fikrida imon va bilim“. Ilohiyot fanlari nomzodi darajasi olish uchun dissertasiya avtoreferati. Boku, 1994, 26 b.
  • Hasanli Sobir. „Paygʻambarlar tarixi“. „Adiloğlu“ nashriyoti, Boku, 2001, 463 b.
  • Hojiyeva Orzu. „Ziyo Bunyodovning ilmiy faoliyati dinshunoslik kontekstida“ / Davlat va Din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 2, (31), Fevral, 2015.
  • Husaynov Sakit. „Ozarbayjonda diniy tolerantlik madaniyati: tarix va zamonaviylik“. „Teknur“, Boku, 2012, 351 b.
  • Ibayev Vafoddin. „Kavkaz Musulmonlar Idorasi va Armaniston-Ozarbayjon nizolari“. „Irshad“ Islom tadqiqotlar markazi, Boku, 1999, 243 b.
  • Imonzoda Anar. „25 yillik birlik sukutining bahralari“ // „Islomiy Birlik“ konferensiyasi materiallari, „Nurlar“ nashriyoti, Boku, 2008, 236 b.
  • Iskandarov Anar, Ismayilov A. „Sharaf va shuhrat choʻqqisi“. „Qismat“, Boku, 2009, 184 b.
  • Iskandarov Anar, Mavlaviy Odil. „Shayxulislom tarixi“. „Fan va taʼlim“, Boku, 2016, 447 b.
  • Iskandarov Anar. „Nuri yoʻlning oqil sayyohi“. Boku, 2009, 168 b.
  • Ismoyilzoda Ilqar „Hujurot“ surasi tafsiriga „Soʻz boshi“. „Ansoryon nashriyoti“, Eron, 2005, 80 b.
  • Ismoyilzoda Ilqor. „Qur’oni-Karim“ning tarjimoni". Qur’on fanlari ensiklopediyasi, 2006, 591 b.
  • Jafarov Jayhun. „Qur’onning ilmiy moʻjizalari. Qur’on va sunnat“. Konferensiya materiallari. IIR ning Ozarbayjondagi Elchixonasi Madaniyat Markazi, Boku, 2006, 261 b.
  • Mammadaliyev Vasim. Amma-juz. „Qur’oni-Karim“ning Amma-juzi tarjima-tafsiri (Z.M.Bunyadov bilan birga). Boku, „al-Xudo“, 1985, 385 b.
  • Mammadaliyev Vasim. "H.A.Poshozodaning „Kavkazda Islom“ asari toʻgʻrisida tushunchalar". Kavkazda Islom. Boku, 2000. 288-289-b.
  • Mammadaliyev Vasim. „Islom dinida taqdiri azal va insonning iroda ozodligi muammosi masalasining qoʻyilishi“ / BDU-ning 75 yilligiga bagʻishlangan konferensiya materiallari. BDU nashriyoti, Boku, 1995.
  • Mammadaliyev Vasim. „Islom va yoshlik“ / Boku Davlat Universiteti ilohiyot fakultteti ilmiy majmuasi, № 05, 2006, mart, s. 31-34.
  • Mammadaliyev Vasim. „Kavkazda Islom yoki Islom dini borasida fikrlar“ / „Xalq gazetasi“, 07.01, 1992.
  • Mammadaliyev Vasim. „Ozarbayjon Kavkazortida Islomning yengilmas qal’asidir“ / „Ziyo“ jurnali (Dubay). May-1996.
  • Mammadaliyev Vasim. „Qur’on va fan“. . „Qismat“ nashriyoti, Boku, 2006, 128 b.
  • Mammadov Abutolib. „Moʻtadillik Islomda birligining sharti sifatida“ // „Islomiy Birlik“ konferensiya materiallari. „Nurlar“ nashriyoti, Boku, 2008.
  • Mammadov Nasrulla. „Qur’oni Karim“ning uslub xususiyatlari". Nafta-Press, Boku, 2008, 374 s.
  • Mansurzoda Ogʻoddin Mansur oʻgʻli. „Jannatda uchrashguncha“. Ilmiy-diniy, adabiy-badiiy publisistik qaydlar. Redaktor va maslahatchi: H.V.Mammadaliyev. Sumqayit, 1998, 420 b.
  • Mansurzoda Ogʻoddin. „El oqsoqoli, xalq elchisi: Shayxulislom Hoji Allohshukur Poshozoda haqida etyudlar“. Redaktor va maslahatchilar: Vasim Mammadaliyev, Gazanfar Pashayev. Sumqayit, 2006, 306 b.
  • Masse Anri. „Islom“, (Tarixiy ocherk). (Ruschadan tarjima qilganlar: J.CJabbarov; A.Alasgarov), Ozarbayjon Ensiklopediyasi Bosh Redaksiyasi, Boku, 1992, 256 b.
  • Mavloyi Odil. „Kavkazda fan dunyosining yulduzlari“ ("Soʻz boshi muallifi A. H. Poshozoda). Boku, 2013, 223 b.
  • Mir Muhammad Karim Mir Jafar al-Alaviy al-Husayniy al-Musaviy Al-Bakuviy. „Kashful Haqoyiq“. (Oyatlarning maʼno va nozikliklari bilan haqiqatlarining tahlili), (Transliteratsiya: Ali Farhadov), I jild, Shayxulislom Allohshukur Poshozoda, „Taqdimot“, Boku, Sharq-Gʻarb" matbaasi, 2014. 551 b.
  • Mir Muhammad Karim Mir Jafar al-Alaviy al-Husayniy al-Musaviy Al-Bakuviy. „Kashful Haqoyiq“. (Oyatlarning maʼno va nozikliklari bilan haqiqatlarining tahlili), (Transliteratsiya: Ali Farhadov), II jild, Boku. „Sharq-Gʻarb“ matbaasi, 2014. 528 b.
  • Mir Muhammad Karim Mir Jafar al-Alaviy al-Husayniy al-Musaviy Al-Bakuviy. „Kashful Haqoyiq“. (Oyatlarning maʼno va nozikliklari bilan haqiqatlarining tahlili), (Transliteratsiya: Ali Farhadov), III jild, Boku. „Sharq-Gʻarb“ matbaasi, 2014. 692 b.
  • Mirhoshimli Rasul. „Imom Husaynning yoʻlidan boring“. („Allohning doʻstlari“ kitobi), Boku, 2005, 225 b.
  • Muhammad Umar Shabro. „Taraqqiyotning islom modeli“, „maqosid“ konsepsiyasi asosida". „Idrok“ Ijtimoiy birligi, Boku, 2013, 98 b.
  • Muhammadli Hasanogʻa. „Dinlararo munosabat, diniy madaniyat yoki tolerantlik“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 1, (30),Yanvar, 2015.
  • Musayev Salmon. „Islomda sabr-bardosh va Ozarbayjon haqiqati“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 3, (7), sentabr, 2008.
  • Nagʻisoylu Mahsun. „Qur’onning eski satrosti tarjimalari haqida“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 2, (31), Fevral, 2015.
  • Narimon Kojaturk ."Turkning xotira kitobi". „Nurlar“ nashriyoti, Boku, 2005, 400 b.
  • Nurullayev Fuad. „Ozarbayjonda Islom va uning eʼtiqod asoslari“. Boku, „Nurlar“, 2013, 312 b.
  • Nurullayev Fuad. „Shayxulislomlik choʻqqisi: Hoji Allohshukur Poshozoda“. Boku, „Nurlar“ nashriyoti-Poligrafiya Markazi, 2014, 271 b.
  • Ogʻayev Mustaqil. „Mammad Amin Rasulzoda va İslom dini“ / „Hikmat“ (Ilmiy tadqiqotlar toʻplami), № 4, 2004.
  • Oyatulloh Sayyid Ali Xamneyi. „Qur’onda islomiy tushuncha siymosi“, İslom Maorifi və İslomiy aloqalar tashkiloti — Tarjima va nashriyot redaksiyasi, Tehron, 1996. 138 b.
  • Oyatulloh Sayyid Muhammad Baqir Sadr / „İslomda ozodlik va taʼminot huquqi“. (Arab tilidan tarjimon Ravshan Islomov), Hikmat (Ilmiy tadqiqotlar toʻplami), № 11, 2007.
  • Oyatulloh Shayx Muhammad Hodi Marifat. „Hujurat“ surasi tafsiriga „Soʻz boshi“, „Ansoryon nashriyoti“, Eron, 2005, 80 b.
  • Poshozoda Allohshukur. „AQSh Kongresiga murojaat“ // 25-dekabr, 2015, 07-yanvar, 2016.
  • Poshozoda Allohshukur. „Azərbaycanda Şeyxülislamlığın tarixi“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 3 (4), dekabr, 2007.
  • Poshozoda Allohshukur. „Birlik bizni yana-da kuchaytiradi“ / „Haq nuri“ gazetasi, 17-23-iyul, 2015.
  • Poshozoda Allohshukur. „Bizning siyosatimiz dinimiz, dinimiz esa siyosatimizdir“. „Haq nuri“ qazetasi, 17-23-oktabr, 2014.
  • Poshozoda Allohshukur. „Din va Dunyo“ mavzusida III Moskva Xalqaro forumdagi chiqishi / „Haq nuri“ gazetasi, 06-12-noyabr, 2015
  • Poshozoda Allohshukur. „Islomda shahidlik falsafasi“ / Hikmət (Ilmiy tadqiqotlar toʻplami). № 10, 2007.
  • Poshozoda Allohshukur. „İslomda ummat va shubiylik“. (Din nazariyasi va tarixiy islomshunoslik), Boku, „Birlik“, 1992, 127 s.
  • Poshozoda Allohshukur. „Kavkazda Islom: tarix va zamonaviylik“. „Azernashr“, Boku, 1991, 224 b.
  • Poshozoda Allohshukur. „Kavkazda Islom: tarix va zamonaviylik“. Boku, Ozarbayjon Davlat Nashriyoti, 1991, 254 s. 95.
  • Poshozoda Allohshukur. „Kavkazda Islomni xarakterlovchi xususiyatlar taqdimoti va siyosat uchun ahamiyati: demokratik taraqqiyot va mayllar“ / / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 3 (7), sentabr, 2008.
  • Poshozoda Allohshukur. „Mustaqil davlatimizni qoʻriqlash u yaratgan sobitlikni mudofaa qilish bir dindor, fuqaro sifatida bizning nomus burchimizdir.“ / „Haq nuri“ gazetasi, 11-17-dekabr, 2015.
  • Poshozoda Allohshukur. „Ozarbayjon xalqining maʼnaviy yuksalish va diyonat kuni“ / „Haq nuri“ gazetasi, 28-yanvar-fevral, 2011.
  • Poshozoda Allohshukur. „Qur’on tafsiri va tarjimasi tarixi“ / „Irshad“, Boku, 1998, 296 s.
  • Poshozoda Allohshukur. „Qur’on tafsiri va tarjimasi tarixi“. „Irshad“, Boku, 1998, 296 b.
  • Poshozoda Allohshukur. „Siyosatchilarning xatosini diniy liderlar tuzatadi.“ / „Haq nuri“ gazetasi, 09-15-oktabr, 2015.
  • Poshozoda Allohshukur. „Taqdir“. „Nurlar“ nashriyoti-Poligrafiya Markazi, Boku, 2016, 256 s.
  • Poshozoda Allohshukur. „Terrorizmga qarshi kurash kuchlari tirilmogʻi darkor“/ „Haq nuri“ gazetasi, 30-oktabr-05-noyabr, 2015.
  • Poshozoda Allohshukur. „Vijdonga chaqiruv“ // Nyu-Yorkda „Vijdonga chaqiruv“ fondining 50 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan xalqaro konferensiyadagi maʼruzasi. „Haq nuri“ gazetasi,, 02-08 0ktyabr, 2015.
  • Poshozoda Allohshukur. Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan marosimdagi maʼruzasi / / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 7 (36), iyul, 2015.
  • Poshozoda Allohshukur. Orden va medallari. Boku, Qismat, 2010, 184 b. (rasmlar bilan).
  • Poshozoda Allohshukur. SSSR Oliy Soveti Raisi Mixail Gorbachevga ochiq maktub / / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 3 (4), dekabr, 2007.
  • Qanbarov Asaf. „Qur’oni Karim“ning yetti harf boʻyicha nozil boʻlishi" / Ilmiy majmua, (Boku Islom Universiteti Zagatala shoʻbasi), № 4 — 2009
  • Qosimov Zokir. „Hazrat Ali va sotsial adolat muammosi“ / Hikmat, (Ilmiy tadqiqotlar toʻplami), Boku, „Kavsar“ nashriyoti, № 4, 2004.
  • Qosimzoda Fuad. „Mislsiz tafakkur sohibi“. Boku: 2002. 48 b.
  • Qosimzoda Fuad. „Yangi qarash talab qilinadi“ / Adabiyot gazetasi, 5 (7) 1991.
  • Quluzoda Muso. „Marhamatli va shafqatli qalb“. Boku, „Sharq-Gʻarb“, 1991, 56 b.
  • Quluzoda Muso. „Ozarbayjon dindorlari sulh va Vatan ozodligi yoʻlida kurashda“ / Davlat va din (İjtimoiy fikr toʻplami), № 3 (4), dekabr, 2007.
  • Rafiqdust Said. „Islom falsafasi takomil yoʻllari“. Ilohiyot fanlari nomzodi darajasi olish uchun dissertasiya avtoreferati. Boku, 1995, 20 b.
  • Sabiriy Ahmad Hamadoniy. „Shahidlar kuni“. „Saboh“ nashriyoti, Boku, 1996, 52 b.
  • Saffar Hasan. Islomda eʼtiqod va vijdon ozodligi (arab tilidan tarjima qilgan J.Alakbarov). Nurlar, Boku, 2012, 231, b.
  • Samadov Elsevar. „Ozarbayjonda din-davlat munosabatlari va diniy taʼlimning shakllanishi“ (monografiya). Boku, 2009, 169, s. 115.
  • Sayyid Aliakbar Ocaqnajad. „Qalbdan sizgan tomchilar“. „Novruz 94“ matbaasi, 2007, 236 b.
  1. Qafqaz Müsəlmanlari İdarəsinin Sədri, 2014-07-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-28
  2. Tarix İnstitutunda növbəti dissertasiya müdafiələri keçirilib, 2016-06-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-28
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 ŞEYXÜLİSLAMLIQ ZİRVƏSİ (PDF), 2017-03-02da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2017-03-02
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 Həyat yolu və fəaliyyəti, 2018-05-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-28
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 On ikinci Şeyxülislam Şeyxülislam Allahşükür Paşazadə – 65
  6. Modern.az - Ömürlük şeyxülislam
  7. Trend-Az - Azerbaijani president included in "500 most influential Muslims of world" book, 2017-09-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-28
  8. Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda: Shavkat Mirziyoev O’zbekistonni yanada yuksak marralarga eltuvchi munosib rahbar[sayt ishlamaydi]
  9. “Islom hamjihatligi: Oʻzbekiston-Ozarbayjon misolida” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2018-05-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-28
  10. Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshozodani qabul qildi[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Nur yolunun müdrik səyyahı
  12. Qafqaz Müsəlmanları İdarəsinin sədri Rus pravoslav kilsəsinin ordeni ilə təltif edilib(Wayback Machine saytida 2015-02-06 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2015-02-06 sanasida arxivlangan). qafqazislam.com, 27.09.2014. (Ozarbayjoncha)