Kontent qismiga oʻtish

Allergologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allergologiya (allergiya va logos — fan) — tibbiyot fanining bir boʻlimi; allergik kasalliklarning pay-do boʻlishi sabablari, avj olish mexaniz-mi, belgilari, oddini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Allergologiya immunologiya bilan chambarchas boglangan, chunki aller-giya immunologik mexanizmlar asosida kelib chiqadi. Allergologiyaning asosiy qismini klinik Allergologiya tashkil etadi. Allergologiyaning allergik reaksiyalarni oʻrganadigan — autoallergiya, immunopatologiya, shuningdek antitelolar keltirib chiqaradigan qon kasalliklarini oʻrganadigan immunoge-matologiya boʻlimlari bor. Oʻzbekistoning allergolog olimlari birinchi boʻlib Qoraqalpogʻistonda hamda viloyatlarda bolalar va katta yoshdagilar oʻrtasida allergik kasalli-klar tarqalishining hududiy xususiyatlarini aniqladilar (T. B. Yeshanov, L.Ya. Sgibova, N. G. Alayeva, M. D. Daljanov). Oʻzbekiston olimlari 15 hududiy choʻl changi, sanoat va hasharot allergenlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydilar va amalda qoʻllashni tavsiya etdilar (M. M. Haqberdiyev, S. A. Zaxvatkina, N. V. Susina). Don va moʻm kuyasi hamda chivinlarning allergik kasalliklar tarqatishdagi roli aniqlanadi (I. R. Yoʻddoshev, O. I. Yusupova). Katta yoshli bemorlarda atopik bronxial astma va pollinozlarning klinik kechishi xususiyatlarini oʻrganishda oʻziga xos tashhis usullari ishlab chiqildi (O. A. Nazarov, E. I. Salimov va boshqalar). Oʻzbekistonda ixti-soslashgan allergik yordam koʻrsatadigan Respublika Alergologiya markazi (1980-yildan), allergik kabinetlar va boʻlimlar mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil