Allentown
| |||
Shtat tarkibidagi shahar | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | Pensilvaniya | ||
Asos solingan sanasi | 12-mart, 1867-yil | ||
Mer | Metyu Tuerk | ||
Aholi (2020-yil) | 125845 | ||
Zichligi | 2766.35 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | inglizlar, nemislar | ||
Maydoni | 46.64[1] km² | ||
Vaqt mintaqasi | −4 | ||
Pochta indeksi | 18101, 18102, 18103, 18104, 18105, 18106, 18109, 18175,, 18195 | ||
Rasmiy sayti | allentownpa.gov | ||
Xaritada | |||
40°36′0″N 75°29′0″W / 40.60000°N 75.48333°W |
Allentaun – AQShning Pensilvaniya shtatidagi Lexig okrugining markazidagi shahar[2]. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Allentaun Pensilvaniya shtatidagi eng koʻp aholiga ega shaharlar ichida uchinchi oʻrinda turadi. Shahar aholisi esa 125,845 nafarni tashkil etadi. Shaharga 1867-yilda asos solingan.
Shahar Filadelfiyadan 48 mil (77 km) shimolda va Nyu-York shahridan esa 78 mil (126 km) gʻarbda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]1700-yillargacha shahar hududi oʻrnida oʻrmon boʻlgan. Ushbu davrda yashagan Lenape qabilasi vakillari oʻrmon hududida ovchilik bilan shugʻullanishgan. Shaharga ko'chib kelgan koʻchmanchi qabilalar oʻtroq hayot tarziga oʻtgach, shahar turli qismlarga boʻlinib ketgan hamda XVIII asrning oʻrtalarida shaharchalar soni 42 taga yetgan.
Shaharning nomlanishida shahar asoschisi Allenning xissasi ko'proq bo'lgan. Hozirgi kundagi shaharning 7-sonli koʻchasiga uning nomi berilgan.
Amerika inqilobiy urushi davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda joylashgan „Hamilton“ koʻchasida Amerika inqilobiy urushi paytida yaralangan askarlar uchun moʻljallangan kasalxona mavjud boʻlgan. Shuningdek, inqilobiy urush davrida qoʻlgan olingan asirlar uchun „Gordon“ koʻchasida lager barpo etilgan. Urushda gʻalaba qozongan Jorj Vashington va uning qoʻshinlari 1777-yilda Allentaunda bir kecha qolishadi va shu koʻcha keyinchalik „Water street“ nomini oladi.
XIX asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]1810-yilda AQShda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi 700 kishini tashkil etgan. Pennsilvaniya hamdoʻstligi kengashishining 1811-yil 18-martdagi qaroriga muvofiq, shahar Norgempton okrugi tarkibiga qoʻshilgan. Okrugga qoʻshilgach, Norgempton markaziy banki barpo etildi. Lehig daryosi ustidan 160 metr uzunlikka teng boʻlgan „Hamilton“ koʻprigi qurilgan. 1829-yilda shu daryoning sharqiy qismida ham koʻprik qurildi. 1848-yilda daryo boʻylab, temiryoʻl ham qurildi.
XX asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]1905-yilda „Mack Trucks“ kompaniyasi qarorgohini Bruklin shahridan Allentaunga koʻchiradi. Keyinchalik shaharda kompaniyaning 8 ta zavodi qurilgan. XX asr boshlaridan koʻplab suriyaliklar xristianlar shaharga koʻchib kela boshlaydi. 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 5200 ga yaqin aholi asli suriyaliklar hisoblanishadi. XX asrda shahar aholisining katta qismi nemis tilida soʻzlashgan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar manzarasi va aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharning sharqida „The Wards“ binosi joylashgan bo'lib, XIX asr oxirida sanoatlashtirish paytida barpo etilgan. „West End“ savdo tarmoqlari 15-ko'chada joylashgan. Shahar markazidagi eng baland bino — „PPL Tower“ hisoblanib, balandligi 98 metrni tashkil etadi. Shuningdek, shaharda 8500 o'rinli yopiq arena binosi ham mavjud bo'lib, mahalliy hokkey klubiga tegishli. 2015-yilda „Americus Hotel“ va „Marriott hotel“ kabi mehmonxonalar o'z faoliyatini boshlagan.
Togʻlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda bir necha tog' tizmalari mavjud. Ularning o'rtacha balandligi 1000 metrdan 2000 metrgachani tashkil qiladi. Lehig vodiysi hamda Norgempton okruglarini janubiy tog'lar ajratib turadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Köppen“ ma'lumotlariga ko'ra, shahar iqlimi kontinental iqlimiga xos. Yanvar oyining o'rtacha harorati, -1,1 °C ni tashkil etadi. Eng past harorat 1994-yil 21-yanvarda (−26 °C) daraja bilan qayd etilgan. Iyul oyining o'rtacha harorati, 24,2 °C. Eng yuqori harorat 41 °C daraja bilan 1966-yil 3-iyulda qayd etilgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi o‘sish tarixi | |||
---|---|---|---|
Yil | Aholi | %± | |
1790 | 486 | — | |
1800 | 573 | 179% | |
1810 | 710 | 239% | |
1820 | 1 132 | 594% | |
1830 | 1 757 | 552% | |
1840 | 2 493 | 419% | |
1850 | 3 703 | 485% | |
1860 | 8 025 | 1 167% | |
1870 | 13 884 | 730% | |
1880 | 18 063 | 301% | |
1890 | 25 288 | 400% | |
1900 | 35 416 | 401% | |
1910 | 51 913 | 466% | |
1920 | 73 502 | 416% | |
1930 | 92 563 | 259% | |
1940 | 96 904 | 47% | |
1950 | 106 756 | 102% | |
1960 | 108 347 | 15% | |
1970 | 109 871 | 14% | |
1980 | 103 758 | −56% | |
1990 | 105 090 | 13% | |
2000 | 106 632 | 15% | |
2010 | 118 032 | 107% | |
2020 | 125 845 | 66% | |
U.S. Decennial Census[3][4] |
2020-yilgi AQSh aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Allentaunda 125 845 kishi istiqomat qiladi. Ulardan 54,2 foizi ispan, 32 foizi ispan boʻlmagan oq tanli aholi, 10,4 foizi esa mahalliy qora tanli aholi hisoblanadi.
18 yoshgacha boʻlgan aholi 24,8% ni, 18 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan aholi 11,2% ni, 25 yoshdan 44 yoshgacha boʻlgan aholi 29,8% ni, 45 yoshdan 64 yoshgacha aholi 19,1% ni hamda 64 va undan yoshi kattalar 15,1%ni tashkil qiladi. Erkaklarning oʻrtacha daromadi 30,426 dollarni, ayollarniki esa 23,882 dollarni tashkil qilgan. 2010-yil fevral holatiga koʻra, aholining 10 foizi ishsiz hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda yuqori sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan 2 ta davlat maktabi mavjud.
Media
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televideniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Allentaun Filadelfia media bozorining bir qismi hisoblanadi hamda u mamlakatdagi toʻrtinchi eng katta televizor bozoridir. Allentaunda Filadelfiyagi yirik tarmoqlardan 3 tasini joylashgan :KYW-TV kanal 3(CBS), WCAU kanal 10(NBC),WPVI kanal 6(ABC) va WTXF kanal 29(FOX)lardi.
Gazeta va jurnallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Allentaunda ikkita kundalik jurnal bor. Ular „Tonggi chorlov“ va „Vaqt ifodasi“ jurnallaridir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ArcGIS REST Services Directory“. United States Census Bureau. 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
- ↑ Salter, Rosa. Two in tune with the times ** At 175, Allentown Band, America's oldest, preserves best of ntr55nh54tradition. (2003-yil 20-aprel), s. E.01.. „1967: Allentown named Band City-U. S.A“
- ↑ „Census of Population and Housing“. Census.gov. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ „Census Population API“. United States Census Bureau. 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.