Alla (qoʻshiq)
Alla — 1) xotin-qizlarning oʻz bolalari, singil yoki ukalarini uxlatish jarayonida beshik yoki belanchak tebratib aytadigan qo‘shigʻi[1][2]. O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida alla nomi bilan yuritiladi. Odatda oddiy kuylar bilan, baʼzida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish surʼatiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, to‘rtlik; ijro uslubi erkin, badihago‘y. Alla onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois baʼzi alla namunalari yig‘i ohanglariga yaqin bo‘ladi;
2) beshik to‘yi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qo‘shiq. Ijro xususiyatlari bayramona marosim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jo‘rligida kuylanishi mumkin;
3) O‘zbekistonning baʼzi hududlarida alla nomi bilan aytiladigan marosim qo‘shiqlari. Masalan, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-go‘yanda, xalfa) tomonidan badiha uslubida aytiladigan qo‘shiq. Ayrim taxminlarga ko‘ra, alla nomi „Alloh“ so‘zidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nisbat bilan bog‘liq. Anʼanaviy alla xususiyatlaridan o‘zbek bastakorlari (Toʻxtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov) va kompozitorlari (Abdurahim Muhamedov, Ikrom Akbarov, Sulaymon Yudakov) ijodiy foydalanishgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑ "Alla (qoʻshiq)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alaviya M., O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari, T., 1974;
- Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959;
- Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev