Alkillar
Qiyofa
Alkillar — toʻyingan alifatik uglevodorodlarning bir valentli radikallari. Koʻpincha R harfi bilan belgilanadi, baʼzan Alk deb koʻrsatiladi. Alkillar radikallari birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi boʻladi. Birlamchisiga metil CH3-, ikkilamchisiga izopropil (CH3)2CH-, uchlamchisiga uchlamchi butil (CH3)3C- misol boʻla oladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |