Alisher Fayz
Alisher Fayz | |
---|---|
Tavalludi |
Alisher Bahodirovich Turdiyev 27-yanvar 1984-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Alisher Bahodirovich Turdiyev (1984-yil 27-yanvar, Namangan, Chortoq tumanidan,Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, shoir va bastakor. Shou-biznes sohasida 2005-yildan buyon professional sanʼatkor sifatida faoliyat yuritadi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2012).
1994—2001-yillar davomida „Glier“ nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. 2001-yilda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining Ovoz rejissorligi fakultetiga oʻqishga kirib, 2005-yilda bitiradi. Alisher Konservatoriyada oʻqish jarayonida ustozi Ozodbek Nazarbekov koʻmagida mustaqil ijod qila boshlaydi.
Konsert
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Konsert nomi | Konsert zali | Kunlari |
---|---|---|---|
2008 | "Umidim sendan" | Xalqlar doʻstligi saroyi | 21,22 May |
2009 | "Nigohingga ol" | May | |
2010 | "Senga talpinib" | 18,19,20,21 May | |
2011 | "Yaxshiyam siz bor" | 19,20,21,22 May | |
2012 | "Sening bolangman" | 16,17,18,19 May | |
2013 | "Sen borsanku" | ||
2014 | "Yuragimga yaqinsiz" | 14,15,16,17,18 May | |
2015 | "Dilga yaqin" | 19,20,21,22,23,24 May | |
2016 | "Sevgi hikmati" | 17,18,19,20,21,22 May | |
2017 | "Ko'nglim senda" | 17,18,19,20,21 May | |
2018 | "Vasling izlab" | 9,10,11,12,13 May | |
2019 | "Nigohing nuri" | 19,20,21,22,23,24 Aprel | |
2022 | "Yurak so'zi" | 14,15,16,17,18,19 Dekabr |
Sanʼat sohasidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alisher Fayz ilk bor 2005-yil 15-16-may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekovning „Yuragimda kuylaganim sen“ deb nomlangan konsert dasturida oʻzining „Meni kechir“ nomli taronasini ijro etgan.[1]. 2007-yilda ilk „Koʻngil istab“ nomli qoʻshiqlar toʻplamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi. Alisher Fayzning aytishicha „Fayz“ taxallusi unga ustozi Ozodbek Nazarbekov tomonidan tavsiya qilingan. 2008-yil 21-22-may kunlari „Istiqlol“ sanʼat saroyida „Umidim sendan“ nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi.[2]. Soʻngra 2009-yilda „Nigohingga ol“, 2010-yilda „Senga talpinib“, 2011-yilda „Yaxshiyam siz bor“, 2012-yilda „Sening bolangman“ nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi[2] va hozirgi kunga qadar oʻz qoʻshiqlari bilan yakkaxon konsert dasturlar taqdim etib kelmoqda. Alisher Fayz 2021-yilning, dekabr oyida „Xalqlar doʻstligi“ san'at saroyida „Yurak soʻzi“ deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Ushbu boʻlib, oʻtishi kerak boʻlgan konsert dasturi pandemiya sababli bir necha marotaba qoldirilgan edi. Dastavval xonandaning konsert dasturi 2020-yilning 18—23-aprel kunlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Pandemiya sababli konsert qoldiriladi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan konsert dasturiga ruxsat berilgach, Alisher Fayz 2021-yilning 18—23-may kunlari konsert dasturi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi. Biroq karantin chora-tadbirlari kuchaytirilgach, xonandaning konsert dasturi ikkinchi marotaba qoldirildi. Alisher Fayzning ikki marotaba qoldirilgan konsert dasturi oradan yetti oy oʻtib, 2021-yilning, 14—19-dekabr kunlarida boʻlib oʻtadi.[3].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alisher Fayz hozirda oilali, uch nafar farzandning otasi. Oʻgʻli Xolidbek va qizlari Zinnuraxon va Shirin. Ukasi Xurshid Turdiyev ham xonandalik sohasida faoliyat yuritadi. Katta oʻgʻli Xolidbek oʻn uch yoshda va hozirda futbol sport turi bilan shugʻillanadi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Shoir | Bastakor | Izoh |
---|---|---|---|---|
2022 | To muhabbat | Alisher Navoiy[4] | ||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Alisher Fayz (Biografiya)“. https://timeuz.ucoz.com/ (2014-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Alisher Fayz“. muz.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
- ↑ „Parizoda bilan yarashgan, konserti ketma-ket qoldirilgan, vazirning shogirdi Alisher Fayzning konsertidan reportaj (foto, video)“. https://daryo.uz/ (2021-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.