Kontent qismiga oʻtish

Aliqambar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aliqambar — 1) Turkiston xalqlari ijodida (oʻzbeklarda — Aliqambar yoki Qambar ota, turkman va qirgʻizlarda — Bobo Qambar, tojiklarda — Qambar yoki Boboi Qambar) chaqmoq va momaqaldiroq chaqiruvchi afsonaviy shaxs, baxshi va sozandalar „piri“, shuningdek musiqa asboblari (mas, dutor)ning afsonaviy ixtirochisi. Oʻzbek va tojik musiqa folklorida koʻpgina yomgʻir chaqirish marosim qoʻshiqlari (mas, „qambar bo-ziy“) Aliqambar nomi bilan bogʻliq. Xorazm afsonalarida Aliqambar xalifa Alinkig otboqari va otboqarlar „piri“. Beruniy yozgan qadimgi turkiy xalqlar mavsumiy bayrami — „gahanbar“ talaffuzning oʻzgarishi natijasida Aliqambarga aylangan degan baʼzi mulohazalar ham mavjud; 2) oʻzbek xalq kuyi. Vazmin lirik raqs, usul jihatidan ufar yoʻllariga yaqin. Ohanglari xorazm yirik ashula yoʻllari (Feruz, Suvoralar), dostrn va maqomlarida cholgʻu naqarotlari sifatida, shuningdek ayrim oʻzbek bastakor va kompozitorlari asarlarida ishlatilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil