Ali ibn Nur
Qiyofa
Ali ibn Nur (XV asr) – Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlardan biri. Hirotda faoliyat koʻrsatgan. Navoiyning oʻzi tomonidan tuzilgan birinchi rasmiy devoni “Badoeʼ ul-bidoya”ning nusxalaridan birini koʻchirgan. Bu devon qoʻlyozmasi ToshDSHI SHQM, 3-fondda 216-raqam ostida saqlanadi. Kotib qoʻlyozmaga shunday imzo chekkan: “Kotib al-abd Ali ibn Nur fi asharul avsat min shahri jumodiul avval sana 891 baldat ul-Hirot” (Kotib Ali ibn Nur 891-yil jumodiul avval oyining oʻninchisida Hirot shahrida bu devonni koʻchirib tugatdi (yaʼni milodiy 1486-yil 15-may). Mazkur qoʻlyozma hajmi 216 varaqdan iborat. Qoʻlyozma Hirot xattotlik va badiiy qoʻlyozma sanʼatining noyob namunasi hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat".